Ona tili o’rganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish printsipi. Bilimlarni qabul qilish va o’zlashtirishda barcha sezgi a’zolarining faoliyatini to’g’ri uyushtirish katta ahamiyatga ega. Sezgi a’zolari qanchalik ko’p ishtirok qilsa, bilish shuncha osonlashadi.
Innovatsion texnologiyalar ona tili o’rganishning muhim qonuniyati sanaladi. Chunki tildagi mavhum tushunchalarning mohiyatini anglash bu priptsipdan keng foydalanishni taqozo etadi. O’quvchi ko’rish orqali narsa -hodisa, ularnnng tildagi ifodasi xususida aniq tushunchaga ega bo’ladi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanish printsipiga ko’ra til hodisalarini o’rganish, kuzatish, sezishdan boshlanadi. Bola turli nutq tovushlari, so’zlar, gaplarni talaffuz etish, eshitish, yozish, ko’rish orqali sezadi. Kuzatish vositasida bolalar ongida til hodisalari to’g’risida xissiy aniq tasavvur hosil bo’ladi. O’qituvchi bolalarni til hodisalariii sezishdan ularning mohiyatini anglashga, til hodisalarini tasavvur etishdan grammatik tushunchalarni atroflicha o’zlashtirishga qarab olib boradi.
Innovatsion texnologiyalar muhim axborot manbaidir.Chunki o’quvchi.Ona tili darslarida tabiiy yoki aniq buyumlardan ( anor, olma, bino maketi v.h.), grafik materiallar (chizma, jadval, elektron slayd kabi)dan; tasviriy sanat, musiqa, kino, televidenie kabi vositalardan foydalanadi. Ona tili mashulotlarida texnik vositalardan foydalanish dars samaradorligiga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, tasviriy san’at namunalari o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqiii rivojlantirishda muhim vosita sanaladi. Shuni nazarda tutib, ona tili o’qituvchisi til kabinetini mazkur vositalar bilan ta’minlash chorasini ko’rishi, ayniqsa rasmli al’bomlar tashkil etishi, rasmli tarqatma materiallarni ko’paytirishi lozim.
Innovatsion texnologiyalardan barcha turdagi darslarda va darsning barcha bosqichlarida unumli foydalansa bo’ladi. O’quv materialini mustahkamligi va takrorlash jarayonida ko’proq reproduktiv xarakterdagi ko’rgazmali qurollardan foydalansak, yangi bilimlar berishda izlanuvchanlikni talab qiladigan ko’rgazmali qurollar ishga solinadi. Demak, ko’rgazmalilik printsipini amalga oshirish orqali o’quvchilarning qayta xotirlashga asoslangan faoliyatinn ham, qisman izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatni ham uyushtirish mumkin.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanish me’yorida qo’llanilishi lozim. Haddan tashqari orgiqcha ko’rgazmali vosita o’quvchilarni toliqtiradi; fikrni asosiy masaladan chetlashishga olib keladi; o’quv materiali uchun ajratnlgan vaqtning etishmasligiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |