Ona tili o’rganishda ilmiylik va tushunarlilik printsipi. Ta’limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo’lishi printsiplari o’zaro bog’langan, bir - biriii to’ldiradigan didaktik kategoriyalardir.Ta’limning ilmiyligi printsipi o’quv materialini hozirgi zamon o’zbek tilshunosligi fani yutuqlari asosida bayon qilishni taqozo etsa, ta’limning bolalar uchun tushunarli bo’lish printsipi o’quv materiallarini bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, ularning umumiy taraqqiyoti hamda bilish imkoniyatlariga moslab bayon qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantiqi bu printsiplarni o’zaro aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo’yadi. Mazkur printsipga ko’ra ona tilidan har bir sinfda o’rganila-digan material hajm va mazmun jihatidan bir -biridan farq qiladi
Maktabda ona tili fani o’zbek tilshunosligida qo’lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi. Bu printsip o’quvchilarni hozirgi o’zbek tilishunosligida qat’iy xal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Shubhasiz, o’zbek tilshunos-ligida mavjud bo’lgan barcha bilimlarni bolaga berishning iloji yo’q. Biz bolaga, asosan, o’zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og’zaki va yozma nutqda bemalol foydalanish, to’g’ri yozish, to’g’ri o’qish, to’g’ri fikrlash va to’g’ri so’zlash uchun unga zarur bo’lgan bilimlarnigina berish imkoniyatiga egamiz, holos. Demak, maktab ona tili kursi o’quvchilarni yuqorida tilga olingan malakalar bo’yicha o’ta zaruriy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi.
Ilmiylik printsipini tushunarlilikdan ajratib bo’lmaydi. Bu ikki printsip bir -birini to’ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlay-digan yagona printsip sanaladi. Sababi, ilmiy bilimlar tushunarli bo’lmasa, o’quvchi uni o’zlashtira olmaydi,
Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash uchun quyidagilarni xisobga olish lozim:
- fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy jihatdan asoslangan maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta o’zlashtirishlarini ta’minlash uchun etarli miqdorda asosli materiallar bilan tahlil qilish;
- o’rganilayotgan o’quv matsrialining oldin o’rganilgan mavzular bilan bog’liqligiga amal qilish; bolalarii keyingi mavzularni o’zlashtirishga tayyorlash; til asoslari, tushunchalarni o’zaro chog’ishtirib o’rganish;
-ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo’l qo’ymaslik, o’quv materiali-ni bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki hamda yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga bo’ysundirish;
-o’quv topshiriqlarini o’quvchilarning ruhiy (psixologik) xususiyatlari va imkoniyatlariga mo’ljallab tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |