Atoqli va turdosh otlar; - sifat: sifatning ma’nosi va so’roqlari; - olmosh: kishilik olmoshlari, 1, 11, 111 shaxs kishilik olmoshlarining birlik va ko’plikda qo’llanilishi;-yordamchi so’zlar; va, lekin, biroq, ammo, shuning uchun, bilan, uchun, singari so’zlardan foydalanish;- nutq madaniyati, stilistika;
- o’zbekcha nutqda senlash va sizlash (gapning egasi va kesimida bunday ma’noning ifodalanishi);- kishi nomlari, qavm -qarindoshlik nomlarida -jon, xon, -oy, - bonu kabi xurmat va ehtirom qo’shimchalarining qo’llanilishi;- hurmat-extirom, do’q -po’pisa ohangi;-kishi nomlari, qavm -qarindoshlik nomlaridan oldin hurmat -ehtirom ifodalovchi so’zlarni qo’llash, egalik qo’shimchalarining xurmat - ehtirom yaqinlik ma’nolarida qo’llanilishi;- matnda narsa - buyum, shaxslarni atab keluvchi otlarni qo’llash vkishilik olmoshlari bilan almashtirish;- ayni bir fikr - axborotni sodda va qo’shma gaplar bilan ifodalash,- til haqidagi umumiy ma’lumotlar;
- adabiy nutq va so’zlashuv nutqi: adabiy nutqning yozma va og’zaki ko’rinishlari;-tillarning rang -barangligi; ko’p tillilik tushunchasi; - tillarning bir - biriga ta’siri, so’zlarning bir tildaa ikkinchi tilga o’tishi.
9-sinfni bitiruvchilar yil oxirida bayon, insho, ish qog’ozlari, referat, ma’ruza, maqola, xabar, ma’lumotnoma yoza olishlari, yozma ish uchun material to’play bilishlari, ao’plangan materiallarni tizimga sola olishlari, sodda va murakkab reja tuza olishlari, yozma ishga epigraf va ma’lum asardan tsitatalar tanlay olishlari, qiziqarli epizod qo’sha olishlari, xatboshilarni to’g’ri belgilashlari, dialoglarii to’g’ri ajratishlari, dialogning muallif so’zi qismida qahramonning ruhiyatini ochuvchi, uni tavsiflovchi so’zlarni bera olishlari, gaplarni va matn parchalarini (murakkab sintaktik butunlikglarni) o’zaro bog’lovchi leksik - grammatik vositalarni to’g’ri qo’llay olishlari, uslubiy sinonimlardan foydalana olishlari, murakkab sintaktik butunliklarning tarkibiy qismlarini to’g’ri shakllantira bilishlari lozim.
Mustaqil ishlar.
1 Amaliy malaka va ko’nikmalar integratsiyasi tushunchasini sharhlab matn tuzing.
2.So’z tarkibi, o’zak va qo’shimchalar mavzusida nazorat testlari tuzing
3. So’z yasovchi va so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar mavzusida nazorat testlari tuzing.
4.Grammatika: mustaqil so’z turkumlari (fe’l, ot, sifat, son, ravish, olmosh) va yordamchi so’zlar imlosiga oid nazorat testlari tuzing.
5.-fe’l: felning ma’nosi va so’roqlari; bo’lishli va bo’lishsiz fellar mavzusida nazorat testlari tuzing.
6. Atoqli va turdosh otlarga oid nazorat testlari va kichik grammatik matn tuzing.
7. MYaBT-4 matn yaratish moduli ish tartibini tushuntirib, matn yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |