1. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari nimalardan iborat?
A.
Iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari;
inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so’zsiz e’tirof etish va himoya qilish;
hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
B.
Qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik
jihatdan ishonchli himoyalanganligi; hokimiyatning uchga bo’linishi va
hokimiyatlarning o’zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; siyosiy va
mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;
C.
So’z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o’zaro
majburiyatlari va burchlari; sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;
odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.
D.
Barcha javoblar to’g’ri.
2. Fuqarolik jamiyati qanday funksiyalarni bajaradi?
A.
Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayot sohasini
davlat
va
boshqa
siyosiy
strukturalarning
asoslanmagan
qat’iy
muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta’minlaydi; Fuqarolik jamiyati uyushmalari
asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o’zini – o’zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va
rivojlantiriladi; Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha
siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko’rinishga keltirishga ko’mak beradi;
buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va
referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo’llab-quvvatlash
aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo’yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok
etish.
B.
Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va
erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini
ta’minlashga qaratiladi; Fuqarolik jamiyati o’z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat
funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar
berishga ega bo’lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa
talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va
tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin.
C.
Fuqarolik jamiyati kommunikasiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat
organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu
manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo’ladi;
Fuqarolik jamiyati o’z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi
vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam
beradi, jamiyat hayotini yashashini ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini
yaratadi.
D.
Barcha javoblar to’g’ri
3. Quyidagi tasniflardan qaysi biri fuqarolik jamiyatiga tegishli?
A.
Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va huquqiy davlat sharoitida davlat
tasarrufida bo’lgan erkin va teng huquqli individlarning o’zaro munosabatlaridagi
plyuralizmdan tashkil topadi.
B.
Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va huquqiydavlat sharoitida davlat
tasarrufida bo’lmagan erkin va teng huquqli individlarning o’zaro
munosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi.
C.
Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va huquqiy davlat sharoitida davlat
bilan hamkorlik qiladigan erkin va teng huquqli individlarning o’zaro
munosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi.
D.
Barcha javoblar to’g’ri.
4. G’arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi nimalardan iborat:
A. Jamiyatning asosiy birligi – siyosiy qaramlikdan holi bo’lgan, o’z huquqlaridan
foydalanishga qobil bo’lgan shaxs; turli tuman manfaatlarni ifodalash va amalga oshirish
zaruriyati asosida shakllanadigan jamoat tashkilotlari va harakatlar; nodavlat ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar va institutlar (xususiy mulk, mehnat, tadbirkorlik va hokazo);
B. Davlatdan mustaqil bo’lgan ishlab chiqaruvchilar (xususiy firmalar va boshqalar);
jamoat birlashmalari va tashkilotlari; saylovchilar uyushmalari, turli klublar va to’garaklar;
munisipal, ya’ni o’zini o’zi boshqarish organlari; ta’lim va tarbiyaning nodavlatsohasi;
nodavlat ommaviy axborot vositalari;
C. Siyosiy partiyalar, qonun chiqaruvchi va vakillik organlari atrofidagi davlat bilan
fuqarolik jamiyatini (bog’lovchi bo’g’in» sifatidagi) turli lobbi tashkilotlari; tadbirkorlar,
fermerlar tashkilotlari, kasaba, iste’molchilar uyushmalari, ilmiy va madaniy tashkilotlar,
sport jamiyatlari va boshqalar; oila; diniy tashkilotlar va boshq.
D. Barcha javoblar to’g’ri.
5. Bozor munosabatlarining rivojiga fuqarolik jamiyati qanday ta’sir ko’rsatadi?
A.
korrupsiyaga qarni kurashda qo’l keladi;
B.
tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytiradi;
C.
davlatga ko’mak beradi;
D.
barcha javoblar to’g’ri
6. Qaysi javob fuqaroviylikni aniqroq ifoda etadi?
A.
biror bir davlatga oid bo’lish;
B.
pasportga ega bo’lish;
C.
huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy layoqatlilik
D.
barchasi to’g’ri
7. Fuqarolik jamiyati shakllanishiga nimalar asos qilib olindi?
A.
Adolat tamoyillariga izchil rioya qilish qoidasi.
B.
Turli dinlarning erkin faoliyat yuritishi.
C.
Xorijiy mamlakatlar bilan yaqin aloqalar.
D.
Investisiyalarni ko’proq jalb etish.
8. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar qanday vazifalarni bajaruvchi
demokratik institut sifatida namoyon bo’lishlari maqsadga muvofiq?
A.
Xalq bilan hokimiyatni bog’lovchi bo’g’in sifatida.
B.
O’z manfaatlarini amalga oshiruvchi vosita sifatida.
C.
Davlat manfaatlarini himoya qiluvchi bo’g’in sifatida.
D.
Mahalliy aholi manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida.
9. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga ko’ra, huquqiy
madaniyatli inson – bu...
A.
Huquqiy bilimga ega bo’lgan kishi; huquqiy bilimlarni amaliyotda tadbiq
eta oladigan kishi; fuqarolarning qonunchilik tashabbusi;
B.
Huquqiy bilimga ega bo’lmagan kishi; fuqarolarning iqtisodiy tashabbusi;
C.
Huquqiy bilimga ega bo’lgan kishi; fuqarolarning qonunchilik tashabbusi;
D.
Huquqiy bilimlarni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishi; fuqarolarning
qonunchilikda ishtirok etmasligi;
10. O’zbekistonda ijroiya hokimiyatini amalga oshiruvchi asosiy hokimiyat tizimi
qaysi organ?
A.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
B.
Oliy Majlis
C.
Sud
D.
Yuqori palata
11. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar kim tomonidan ko’rsatilishi
mumkin?
A.
Tashabbukor guruhlar
B.
siyosiy partiyalar
C.
davlat hokimiyati ijro organlari
D.
Barcha javoblar to’g’ri
12. AQSh, Buyukbritaniya, Avstraliyada qaysi prinsip sabab davlatning fuqarolik
jamiyati hayotiga aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.
A.
Jamiyat manfaatlarini ustuvorligi
B.
Inson manfaatlarining muhimligi
C.
Demokratik qadriyatlarning ustunligi
D.
Shaxs erkinligi oliy qadriyat ekanligi
13. Ijtimoiy innovasiya to’g’risidagi qarashlar ilk bor qaysi olimlar qarashlarida
uchraydi?
A.
Piter Druker
B.
Maykl Yang
C.
Robert Oven, Karl Marks
D.
A va В
14. Tadqiqotlarga 2020 yilga kelib dunyo aholisining necha foizi shaharlarda
yashaydi?
A.
50%
B.
52%
C.
54%
D.
56%
15. Ijtimoiy innovasiyalar ko’llanilishi nechta ustuvor jarayonlar mavjud?
A.
5 ta
B.
4 ta
C.
3 ta
D.
2 ta
16. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining kuyidagi institutlari shakllanib
bormoqda:
A.
Jamoatchilik fikrini o’rganish institutlari, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari
B.
Oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi mahsus tashkilotlar, milliy-
madaniy markazlar;
C.
А va В javoblar tug’ri
D.
To’g’ri javob yo’q
17. Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgan
sari davlatning qaysi vazifalari nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlariga o’tib boradi?
A.
davlat organlarini boshqarish;
B.
o’zini o’zi boshqarish, davlat organlarini nazorat qilish;
C.
davlat organlari rahbarlarini shakllantirish.
D.
hamma javoblar to’g’ri
18. Taraqqiyotning “o’zbek modeli” ma’no-mazmunini nechta tamoyil tashkil
etadi?
A.
7
B.
6
C.
5
D.
4
19. O’zbekistonning tadrijiy rivojlanish yo’lini tanlaganligi qanday ijobiy
oqibatlarga olib keldi?
A.
Iqtisodiy jarayonlar tezlashuviga.
B.
Islohotlarni sekinlashuviga.
C.
Islohotlarning inqilobiy usuliga.
D.
Iqtisodiy va ijtimoiy to’fonlardan asrab qoldi.
20. Fuqarolik jamiyati institutlarinishakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qaysi
qonunlarga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish taklifi kiritilmoqda?
A.
“Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari to’g’risida”gi Qounun
B.
“Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to’g’risida”gi Qonun, “O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati
to’g’risida”gi Qonun va “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonun
C.
“O’zbeksiton Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi
va siyosiy partiyalar to’g’risida”gi
D.
A va B
21. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga kiritilgan
o’zgartirishlarning mazmun-mohiyatiga quyidagilardan qaysi biri taalluqli emas?
A.
Bosh vazir lavozimiga nomzod ko’rsatish va uni tasdiqlashning yanada
demokratik prinsiplarini ifodalaydigan yangi tartib o’rnatilmokda.
B.
Oliy Majlisga Bosh Vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi
berilmokda.
C.
Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul
qilish huquqi prezident vakolatlari doirasidan chiqarilmoqda.
D.
Prezidentning Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilish huquqi
mustahkamlanmoqda.
22. Vatan ravnaqi g’oyasini amalga oshirish quyida keltirilgan qanday omillarga
bog’liq?
A.
Hozirgi ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik,
jamiyatni boshqarishda ommaviy tashkilotlarning (xususan, mahallaning)
mavqyeini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tamoyillari nihoyatda muhim.
B.
Hayotda demokratik tamoyillarning ustuvorligi, muqobil partiyalar,
jamiyatning barcha jabhalarini erkinlashtirish, davlatning islohotchilik funksiyasi,
aholi siyosiy ongi va madaniyatini oshirish katta ahamiyatga ega.
C.
Bozor
munosabatlariga
xos
muqobil
mulkchilikning
shakllanishi,
iqtisodiyotning tarkibiy tizimidagi o’zgarishlar, kichik va o’rta biznes,
ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tashqi
iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish bunda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
D.
Tarixiy merosimizning tiklanishi, aholi intellektual salohiyatini oshirish, fan
va ilmiy muassasalar, san’at va adabiyotni rivojlantirish, komil insonni tarbiyalash
bo’yicha milliy ta’lim dasturining qabul qilinishi va izchil amalga oshirilishi,
xalqaro madaniy aloqalarni kuchaytirish ham Vatan ravnaqiga xizmat qiladi.
E.
Barcha javoblar to’g’ri
23. Insonning ma’naviy darajasining eng yuqori darajasii aniqlang
A.
Yuksak ma’naviyatlilik
B.
O’rtacha ma’naviyat
C.
Quyi ma’naviyat
D.
Past ma’naviyat
24. Daxldorlik hissini belgilovchi omillar to’g’ri berilgan qatorni toping.
A.
Insonga atrofdagi odamlarga, oilaga, maxallaga daxldorlik;
B.
Millatga daxldorlik; oilaga, qonunlarga daxldorlik;
C.
Insonga, ishiga, o’zligiga daxldorlik;
D.
barcha javoblar to’g’ri.
25. Partiya tizimlari shakllanishiga qaysi omillar eng ko’p ta’sir ko’rsatadi?
A.
jamiyat ijtimoiy tarkibi, tabiati; mamalakat qonunchiligi; sosiologik-
madaniy an’analar;
B.
hokimiyat tizimi; hokimiyatlar bo’linishi;
C.
manfaat guruhlari; norasmiy tashkilotlar; bosim guruhlari.
D.
Barcha javoblar to’g’ri
26. Miqdor ko’rsatkichlariga ko’ra qanday partiyaviy tizimlar ajratib ko’rsatiladi?
A.
bir, ikki, ko’p partiyaviy tizimlar;
B.
majoritar, yetakchi, minoritar partiyaviy tizimlar;
C.
raqobatli va raqobatsiz partiyaviy tizimlar;
D.
Barcha javoblar to’g’ri
27. Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanishi uchun:
A.
fuqarolik jamiyatiga xos qonunlar va imtiyozli soliq siyosati bilan qo’llab-
quvvatlaydi;
B.
yetarli darajada faoliyat ko’rsatishlari uchun mablag’lar bilan ta’minlab turadi,
moliyalashtiradi;
C.
ularni ishchan va faol kadrlar bilan ta’minlab turadi, ularni yaxshi ishlashlarini
doimo nazorat etib boradi.
D.
Barcha javoblar to’g’ri
28. Nodavlat notijorat tashkilotlar davlat va uning organlari uchun:
A.
davlat va hukumat qarorlarini bajarishga yordamlashadi, davlat rejalarini
bajarishga ko’maklashadi, qonunlar bajarilishini nazorat qiladi;
B.
fuqarolarni qonunlarni bajarishlarini nazorat qiladi, ularni davlat vazifalarini
bajarishlari uchun safarbar etadi;
C.
ijtimoiy guruhlar va tabaqalar manfaatlarini bir tizimga solib, davlat organlariga
yetkazib turadi.
D.
Barcha javoblar to’g’ri
29. Nodavlat notijorat tashkilotlar deganda nimani tushunasiz?
A.
”nodavlat notijorat tashkiloti turli xil ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifoda
etib, u o’z faoliyatida foyda olishni emas, balki, o’ziga a’zo bo’lgan kishilarning
madaniy, ma’naviy, ijtimoiy manfaatlarini qondiradi”;
B.
”nodavlat notijorat tashkiloti - davlatga qarashli bo’lmagan jamoat birlashmasi
bo’lib, uning asosiy maqsadi foyda olish emas, balki turli ijtimoiy guruhlarning o’zini
o’zi boshqarish organi sifatida demokratiyani rivojlantiruvchi omillardan biridir”;
C.
”nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan
ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari
a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir”.
D.
Barcha javoblar to’g’ri
30. «Ijtimoiy fikr» - ...
A.
jamoatchilik fikrini o’rganuvchi nodavlat tashkilot
B.
jamoatchilik fikrini o’rganuvchi davlat tashkiloti
C.
hokimiyat fikrini o’rganuvchi nodovlat tashkilot
D.
hokimiyat fikrini o’rganuvchi davlat tashkiloti
31. Til, ma’naviyat, milliy o’zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar
yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil
subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik
birligini anglatadi. Tushunchani aniqlang.
A.
millat
B.
davlat
C.
xalq
D.
e’tiqod
32. O’zbekiston ko’p konfessiyali mamlakat hisoblanadi va uning aholisi ... diniy konfessiyaga
e’tiqod qiladi.
A.
16 ta
B.
15 ta
C.
18 ta
D.
17 ta
33. Xilma-xil diniy e’tiqodda bo’lgan kishilarning olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor
va hamjihat bo’lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo’lida xizmat qilishi nimani anglatadi?
A.
Diniy bag’rikenglik
B.
Vijdon erkinligi
C.
Kosmopolitizm
D.
Vatanparvarlik
34. Kim jamiyat hukumatsiz mavjud bo’la olmasligi, lekin mavjud qonunlar
fuqarolarga hukumat faoliyati ustidan nazorat olib borish imkoniyati berishini
ta’kidlaydi?
A.
Monteskye
B.
Lokk
C.
Gobbs
D.
Russo
35. Jamoatchilik surishtiruvi maqsadi ...
A.
jamoatchilik qiziqishini uyg’otgan muammoni atroflicha va batafsil tadqiq
etish
B.
davlat xokimiyatini boshqarish
C.
fuqarolik jamiyatini shakllantirish
D.
davlatning siyosiy tizimini o’zgartirish
36. Ijtimoiy sheriklik-bu:
A.
O’quv yurtlari va sport muassasalari o’rtasida tuzilgan shartnoma;
B.
Savdo tashkilotlari bilan biznes vakillari o’rtasida tuzilgan shartnoma;
C.
Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-
huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga
daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi
hamkorligi;
D.
Davlat organlari bilan madaniyat muassasalari o’rtasidagi hamkorlik.
37. XX asrning o’rtalarida kim tomonidan konsensus nazariyasi yaratilgan?
A.
T.Parsons va Yu.Xabermas
B.
R.Dal va T.Parsons
C.
Yu.Xabermas va X.Arend
D.
X.Arend va R.Dal
38. Qaysi faylasuflar odamlar o’rtasidagi murosa va tinchlik ijtimoiy-iqtisodiy
hayotda shartnoma va kompromissga erishish asosida ta’minlanishi lozim degan
fikrni ilgari surgan?
A.
Leybnis va Kant
B.
Gegel va Shpengler
C.
Marks va Engels
D.
Nisshe va Rozenau
39. Kim o’zining asarlarida ijtimoiy shartnoma odamlar o’rtasida yo’qotilgan
ijtimoiy munosabatlarning uyg’unligini, o’zaro kelishuv va tinchlikka intilishni
qayta tiklaydi.
A.
Russo
B.
Monteskye
C.
Gobbs
D.
Lokk
40. Qaysi olim o’z asarlarida yollanma ishchi va ish beruvchi kapitalist o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar Adam Smit ilk bor tahlil qilgan?
A.
Smit
B.
Furye
C.
Ouen
D.
Prudon
Do'stlaringiz bilan baham: |