O‘quv qo‘llanma


Yuk egalariga transport xizmati ko‘rsatish sifatini majmuaviy



Download 1,03 Mb.
bet25/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

6.2. Yuk egalariga transport xizmati ko‘rsatish sifatini majmuaviy
baholashning uslubiy asoslari

Transport xizmati sifatini yuqori darajada ta’minlash uchun birinchi navbatda iste’molchilarning etkazib berish sifatiga qo‘yayotgan talablari va mezonlarini o‘rganish kerak. Buning uchun esa ulardan mazkur masalaga oid fikrlarini so‘rab bilish, anketalashtirish, ularning turli nisbiy baholashlarini, ya’ni boshqacha aytganda, transport xizmati sifatiga bo‘lgan talablarning qanday shakllanishi va o‘zgarishini o‘rganish lozim bo‘ladi. Bunda bozorga oid omillar ta’sirini hisobga olish ham muhim rol o‘ynaydi.


Iste’molchilarning transport xizmati sifatiga qo‘yayotgan talablari kelib chiqishi, ya’ni shakllanishi manbalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. transport korxonalarining turli funksional bo‘limlari tomonidan yig‘ib borilayotgan statistik axborotlari, ya’ni korxonalarning ichki axborotlari;

  2. transport xizmati iste’molchilari va notransport manbalarning (ilmiy-tadqiqot va marketing markazlari, davlat tashkilotlari va sh.k.) axborotlari.

Ta’kidlash lozimki, iste’molchi korxonalar va aholining transport xizmatiga bo‘lgan talablari nafaqat ularning iqtisodiy, texnik va texnologik imkoniyatlari oshishiga, bundan tashqari, aloqador sohalar (aloqa, transport yo‘llari, mashinasozlik, axborot tizimlari) holatiga ham bog‘liqdir. Transport xizmatiga bo‘lgan talab shakllanishida Davlat boshqaruvining ham ahamiyati muhim. Uning ta’siri bojxona va litsenziyalash tizimlari, ekologik sinovlar, ijtimoiy siyosat kabi yo‘nalishlarda sezilarli darajadadir.
Ko‘pchilik iste’molchilar uchun transport xizmati bahosi (narxi) va unga ketayotgan xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki yuklarni etkazib kelish xarajatlari ko‘pchilik korxonalar uchun mahsulot ishlab chiqarish tannarxining asosiy qismini tashkil etadi va olinayotgan foyda darajasini bevosita belgilaydi.
Adabiyotlar va turli ilmiy-tadqiqotlar natijalari yoritilgan nashrlarni tahlil etish asosida yuk va yo‘lovchilarni etkazish sifat mezonlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin ( - rasm).

  • ko‘rsatilayotgan transport xizmatining narxi;

  • yuk va yo‘lovchilarni etkazib berish ishonchliligi;

  • yuklarni etkazib berish texnologiyasi va boshqarilishining turli

tashish sharoitlari va iste’molchilar talablariga moslashuvchanligi;

  • xizmat ko‘rsatishning har tomonlama to‘laligi va ehtiyojni qamrab olishi;

  • axborotlashganligi;

  • erishish (olish) osonligi (mushkul emasligi).

Yuklarni etkazib berishning turli variantlari samaradorligi birinchi navbatda transport xizmati narxi bilan belgilanadi. Chunki iste’molchining transportga bo‘lgan xarajatini kamaytirish uning sarf-xarajat borasidagi muhim talablaridan biridir. Bunda eng kam xarajat doirasida yoki xarajatlar ma’lum darajadan oshmaydigan transport xizmati varianti ma’qul deb topiladi.
Yuk va yo‘lovchilarni etkazib berish xizmati narxi barcha transport operatsiyalarini bajarishga ketgan xarajatlar hajmi bilan aniqlanadi. Bunda transport xarajatlari turli yo‘llar bilan aniqlanishi mumkin. Eng oddiy usul – bu hozirgacha bajarilgan transport xizmatlari haqidagi ma’lumotlar asosida kutilayotgan transport xarajatlari darajasini belgilashdir. Mazkur usul qo‘llanilayotgan variantlar soni katta va bunday ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar aniq bo‘lgan hollarda ishlatilishi mumkin. Boshqa bir murakkabroq usul – bu xarajatlarni, ularning barcha turlari bo‘yicha kalkulyasiyalash (bir birlik transport xizmatiga keltirish)ga asoslanadi. Bu usuldagi hisob-kitoblar transport operatsiyalarini bajarish tannarxining tuzilmasi va tarkibini bilishni taqozo etadi va aniq natijalarga erishishga imkon beradi.


Erishish osonligi

- rasm. Yuklarni etkazib berish tizimining sifat mezonlari

Transport xizmati sifatini tizimli boshqarish maqsadlari uchun sifatni baholashning ikkita usulini ajratish maqsadga muvogiq:


- sifatni natural baholash usuli, bir nechta ko'rsatkichlar umumiy majmuaviy ko'rsatkichlarda solishtirma xajmlar yordamida bog'langan bo'lsa, bunday baholashning natijasi bir son bilan – sifatning majmuaviy nisbiy ko'rsatkichi bilan ifodalanadi
- sifatni baholashning qiymat usuli transport xizmati sifatining natural darajasining unga erishish bilan bog'liq xarajatlar va natijalarni nisbatini tahlil qilish va sifatni yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlarning samaradorligini hamda joriy faoliyatning iqtisodiy natijalarini optimallashtirishni o'z ichiga oladi.
Har qanday mahsulotning sifat ko'rsatkichlari, shu jumladan transportning ham odatda ikki guruhga bo'linadi: ishlab chiqarish va iste'mol sifati.

-rasm. Temir yo’l transpo’rtida sifat ko’rsatkichlari tizimi va o’zaro aloqasi


Ishlab chiqarish sifati ko'rsatkichlari - bu transport kompaniyasining ichki ko'rsatkichlari (harakat tarkibining unumdorligi ,turli texnologik operatsiyalarni bajarishning davomiyligi va boshqalar). Transportda ishlab chiqarish sifat ko'rsatkichlari ikkiga yirik guruhlarga bo'linadi: texnik vositalar sifati va ekspluatatsiya ishlari sifati. Ishlab chiqarish sifatini oshirishdan, birinchi navbatda, transport kompaniyasining o'zi manfaatdor bo’ladi. Iste'molchilar esa bilvosita manfaatdor, chunki ishlab chiqarish sifatining yuqoriligi tashish tannarxini yoki uning narxini pasaytirishga olib keladi.


Iste'mol sifatiga, asosan mijozni qiziqtiruvchi sifat ko'rsatkichlar kiradi. Transport kompaniyasi bunday o'sishdan shunday manfaatdorki, ishlab chiqarish sifatining yuqoriligi tashishga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi. Transportda iste'mol sifati ko'rsatkichlari odatda yuk egalari va yo'lovchilarga transport xizmati sifati ko'rsatkichlari deb hisoblanadi.
Shunday qilib, transportdagi barcha sifat ko'rsatkichlari bir-biriga izchil ta'sir ko'rsatadigan uchta guruhga bo'linadi (-rasm).
1. Temir yo'l texnikasining sifat ko'rsatkichlari, uning texnik parametrlarini saqlagan holda belgilangan ish xajmini bajara olish qobiliyatini tavsiflaydi.
2. Ekspluatatsiya ishi sifat ko'rsatkichlari, bevosita yuk egalarining qiziqishlarini namoyon qiluzchi va temir yo’l transportning texnik vositalaridan foydalanish sifatini tavsiflaydi(masalan, ekspluatatsiya ishning o'sishi tufayli tannarxning pasaysa, transport mijozlarga katta chegirmalarni berish va h.k.).
3. Transport xizmati ko’rsatishda sifat ko'rsatkichlarining oshishdan bevosita mijozlar manfaatdorligini aks ettiradigan ko'rsatkichlar.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish