6.5. Yuk egalariga transport xizmati ko‘rsatish sifatini majmuaviy
baholash usullari
Yuqorida keltirilgan transport sifati ko'rsatkichlari bitta umumiy, sifat darajasini bir son bilan baholash imkonini beruvchi majmuaviy ro’rsatkichga keltirish kerak bo’ladi. Majmuaviy sifat ko'rsatkichidan yuk egasi tashuvchini tanlash imkoniyati sifatida foydalanishi mumkin, bunda u nafaqat tashish narxiga, balki tashihning turli variantlarini baholagan holda transpo’rt xizmatlarining sifati darajasiga ham e’tibor qaratadi.
Transport kompaniyasi raqobatchilarning faoliyatini tahlil qila turib bozorda muvaffaqiyatning asosiy omillari va raqobat ustunliklarni aniqlash uchun boshqa kompaniyalari tomonidan ta’minlanayotgan sifat darajasini taqqoslashi mumkin.
Majmuaviy sifat darajasini aniqlash kelgusida uni tashish narxi va sifatning oshishidagi ustama yoki uning pasayishidagi chegirmalar bilan taqqoslash uchun zarur bo’ladi
Transport xizmatlarini ko‘rsatishni majmuaviy baholashni ikkita usul bilan aniqlash mumkin: additiv (lot. additives – qo‘shiladigan) va multiplikativ (lot. multiplico – ko‘paytiraman, oshiraman).
Additiv baholashni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
bu erda – umumiy tizimda transport xizmati ko‘rsatishning ayrim sifat ko‘rsatikichlarining solishtirma xajmlari,
Ushbu usuldan foydalanishni beshta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lgan qisqartirilgan tizim misolida ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlar quyidagi
-jadvalda berilgan:
-jadval
Yuk egalariga transport xizmatlarini ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichlarining solishtirma xajmlari xaqida ma’lumot
Ko‘rsatkich
|
Ko‘rsatkich ma’lumoti
|
Ko‘rsatkichning solishtirma xajmi
|
Etkazib berishning bir maromdalik (ritmichnosti) koeffitsienti
|
0.79
|
0.29
|
Tashishga bo‘lgan talabning to‘liq qondirilishi
|
0.97
|
0.23
|
Etkazib berishning muddatiga rioya qilish darajasi
|
0.87
|
0.2
|
Tashilgan yuklarning saqlanganlik darajasi
|
0.81
|
0.17
|
Tashishning majmuaviylik darajasi
|
0.72
|
0.11
|
Transport xizmatlari ko‘rsatishning majmuaviy sifat ko‘rsatkichi
|
0.843
(0.839)
|
-
|
Ma’lumotlarni hisoblaymiz.
Additiv baholash:
Multiplikativ baholash:
Hisob natijalari bir biriga yaqin sonni tashkil etdi, lekin bu holda multiplikativ baholash additiv baholashga nisabatan pastroq ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
Endi ko‘rsatkichlardan biri (etkazib berishning bir maromdaligi) nolga teng bo‘lgan holatni ko‘rib chiqamiz.
Additiv baholash:
Multiplikativ baholash:
SHunday qilib, multiplikativ baholash agar, ko‘rsatkichlardan bittasi nolga teng bo‘lsa, majmuaviy sifat ko‘rsatkichi ham nolga teng bo‘lishini ko‘zda tutad, ya’ni sifat yo‘q degan ma’noni bildiradi.
U yoki bu baholash usulini tanlash yuk egalari talabining xususiyatlari va tahlil maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim holatlarda mijozlar uchun u yoki bu ko‘rsatkich unchalik ahamiyatga ega bo‘lmaydi uning bajarilmasligi ega tashuvchini tanlash kabi hal qiluvchi qarorni qabul qilishga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda ko‘rsatkichning boshlang‘ich varianti bilan solishtirganda sifat ko‘rsatkichlarining ayrimlarining pasayishini ko‘rsatuvchi additiv baholash ancha ahamiyatga ega bo‘ladi.
Agar nolga teng bo‘lgan ko‘rsatkich mijoz uchun muhim bo‘lsa va tashuvchini tanlashdagi asosiy kriteriylardan hisoblansa unda multiplikativ baholash ancha ob’ektiv bo‘ladi.
Additiv usulning asosiy kamchiligi bir parametr bo‘yicha sifat darajasi boshqasi hisobiga “kompensatsiyalanadi”, shuningdek parametrlar nolga teng bo‘lgan holatda sifatning integral ko‘rsatkichi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida additiv usul hisoblash davomida oraliq tahlillar imkoniyatini yaratadi.
Transport xizmatlarining majmuaviy sifat ko‘rsatkichlari usuli transport turlari, transport korxonalari, vaqt davrlari, hududlar va mamlakatlar bo‘yicha sifat darajalarini taqqoslash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |