AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: AVTOTRANSPORT KORXONALARI IQTISODIYOTIDA TRANSPORT
MAXSULOTI
1. Ishdan maqsad: Transport maxsulotlarini va o‘lchov birliklarini aniqlash hamda hisoblash usullari bilan tanishish.
2. Umumiy ma'lumotlar: Iqtisodiyotni qayta qurish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida, xalq xo‘jaligini va xalqlarni yuk va yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan talabini qondirish, avtomobil transportida, har xil transport xizmati ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish lozim.
Avtomobil transporti xalq xo‘jaligida, ko‘zga ko‘rinarli maxsulot ishlab chiqarmasada, u eng asosiy tarmoqlardan biridir, chunki bu tarmoq ishlab chiqarish jarayonida boshlovchi va yakunlovchi vazifani bajaradi, shu bilan birga boshqa hamma tormoqlarni bir meyorda ishlashini taminlaydi.
Avtomobil transporti korxonalarining maxsuloti, tashilgan yuk va yo‘lovchilar miqdorini masofaga bo‘lgan ko‘paytmasi bilan, bajargan transport xizmati (avtomobil-soat) bilan o‘lchanadi.
Transport maxsulotlarini aniqlash va rejalashtirishda har xil usullardan: balans, normativ, iqtisodiy-matematik, chiziqli programmalashtirishlardan foydalaniladi. Korxonalarni amaliy faoliyatida ko‘proq balans va normativ usullari qo‘llaniladi.
Balans usuli, xalq xo‘jaligining ayrim tormoqlari, iqtisodiy noxiya (tuman) va viloyatlarda transport maxsulotini rejalashtirish, maxsulot ishlab chiqarish va istemol qilish malumotlariga asoslanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan maxsulotlarni qanchasi shu xududda iste'mol qilinadi, qanchasi ortiqcha, yoki yetishmaydi, ya'ni boshqa yerlardan keltirish lozim; Oldingi yildan qolgan maxsulot miqdori va kelasi yilga o‘tadigan maxsulotlar xajmi kabi malumotlar bo‘lishi shart.
Balans usuli; material, ishchi kuchi va moliya resurslari balansidan iboratdir. Avtomobil transportida esa transport balansi tuziladi.
Transport balansi quyidagi malumotlar asosida tuziladi:
Ishlab chiqarilgan maxsulotni qancha qismi avtomobil transportida tashiladi, tashish masofasi, tuman ichida korxonalarni o‘z transport vositalari bilan tashiladigan qismi va boshqalar.
Masala. Iqtisodiy noxiyani (tuman) paxta tolasi balansini tuzing va tashish xajmi va transport maxsulotini aniqlang, agarda quyidagi malumotlar berilgan bo‘lsa. Ishlab chiqarilgan paxta tolasi - 550 m.t., oldingi yildan qolgan tola - 50 m.t., tumanda ishlatiladigan tola miqdori - 150 m.t., yil oxirida qoladigan - 75 m.t., tuman ichida korxonalarni o‘z transport vositalari bilan tashiladigan tola xajmi - 25 m.t. Umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti bilan 75 % tola tashiladi. O‘rtacha tashish masofasi - 35 km ga teng.
yeChISh. 1. Transport balansini aniqlaymiz.
TB = (550 + 50) - (150 + 75) = 600 - 225 = 375 m.t.
Umumiy tola tashish xajmi.
Qt = 375 - 25 = 350 m.t.
Shu jumladan avtomobil transportida tashiladigan tola xajmi
Qt.x = 350 • 75 : 100 = 262,5 m.t.
4. Transport maxsuloti xajmi.
R = Qt.x *1 = 262,5 • 35 = 9187,5 m. t.km
Avtomobil transportida, transport maxsuloti asosan texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali rejalashtirish qo‘llaniladi. Bu usulni moxiyati shundaki, ayrim transport vositalarini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar darajasi va avtomobillar soni asosida, tashish mumkin bo‘lgan maxsulot xajmi va transport maxsuloti aniqlanadi.
Qi = Wai * A * qH; P = Qi * 1
Bu yerda: Wai - yil moboynida bir avto-tonnaga to‘g‘ri keladigan yuk tashish xajmi, t
A - avtomobillar o‘rtacha soni, dona
qn - avtomobilni yuk ko‘tarish qobiliyati, t
Do'stlaringiz bilan baham: |