AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA TANNARH
Ishdan maqsad: Iqtisodiy ko‘rsatkichlar ichida tashish tannarxi eng asosiysi xisoblanib, u transport ishini bajarish uchun qilingan xaqiqiy xarajatlarni yig‘indisini o‘z ichiga oladi shu sababli ham uni atroflicha o‘rganish ko‘zda tutilgan.
Umumiy ma'lumotlar: Avtomobil transportida, tashish bilan bog‘liq bo‘lgan xamma xarajatlar, tannarxni aniqlashda etiborga olinmaydi, yaniy yuklarni ortish va tushirish, yo‘l qurilishi va ta'mirlash xarajatlari, shu bilan birga transport vositalarini nazorat qilish (davlat avtomobil nazorati) xarajatlari tannarxga kiritilgan emas.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayrim soliq va ajratmalar tannarxga kiritiladi, bularga: mol-mulk solig‘i, transport, mexnat ta'minoti solig‘i va amartizatsiya ajratmasi soliqlaridan iboratdir.
Shunday qilib, tannarx deb, xamma xarajatlarni bir birlik transport maxsulotiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar yig‘indisiga aytiladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi.
S = Seks * 10 / R
Bu yerda: Seks - xamma xarajat turlari yig‘indisi, so‘m
R - yillik transport maxsuloti miqdori, tkm, pkm
Avtomobil transportida xamma xarajat turlari (Seks) yetti modda xarajatlaridan iborat bo‘lib, ularga: xaydovchi va konduktorlarning asosiy va qo‘shimcha ish xaqi sotsial-sug‘urta ajratmasidan (ZP) transport vositalari uchun yoqilg‘i xarajati (St) moylash va artish materiallari xarajati (Ssm), transport vositalarini texnik qarovi va tamirlash xarajati (Sto, tr), avtomobil g‘ildiraklari uchun qilingan xarajat (Ssh), transport vositalarinnig amartizatsiya ajratmasi (Av) va ustama xarajatlardan (Snach) iborat.
Shuni ta'kidlash lozimki, to‘la xo‘jalik va o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta'minlash sharoitida, ayrim xarajatlar: yoqilg‘i, material va zapas qismlarini iqtisod qilinganligi va avtomobil g‘ildiraklarini meyoridan ortiq yurganligi uchun to‘lanadigan mukofotlar, tannarxdan chiqarilib, moddiy rag‘batlantirish fondlarida etiborga olinadi.
Avtomobil korxonalarining amaliy faoliyatida, tannarxni aniqlashda keng tarqalgan usullardan, yaxlitlangan tannarxni aniqlash qo‘llaniladi. Bu usulda, tannarx o‘zgaruvchan, o‘zgarmas va shartli o‘zgarmas - xaydovchilarni ish xaqi orqali aniqlanadi.
O‘ZGARUVChAN (Sper) xarajat deb, avtomobilni yurgan yo‘liga bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga aytiladi. Bularga yoqilg‘i, moylash va artish, texnik qarov av tamirlash, avtomobil g‘ildiraklariga qilingan xarajat, hamda to‘la tiklash amartizatsiya xarajatlari kiradi.
O‘ZGARMAS (Spost) xarajat deb, avtomobilni yurgan yo‘liga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga aytiladi. Bunga faqat ustama xarajat kiradi.
S = S per + Spost + ZPv *10 / R so‘m/10 tkm. pkm
Tashish tannarxiga kiruvchi xarajat turlarini, bir birlik transport maxsulotiga to‘g‘ri keladigan qiymatini va ularning foizlardagi ulushini, tashish tannarxini kalkulyasiyasi deyiladi.
Buning uchun xamma xarajat turlari aloxida aniqlanadi.
Xaydovchi va konduktorlarning ish xaqi va ish xaqi fondidan ajratmasi bilan. Bu ajratma o‘z navbatida: sotsial sug‘urta fondiga, profsoyuz tashkilotiga, ish bilan taminlanganlik fondiga va byudjet ajratmalaridan iboratdir.
FZPv = (OZPv + DZPv)* Ks
Bu yerda: Ks - ish xaqi fondidan ajratma koeffitsienti, Ks - 1,3
Transport vositalari uchun yoqilg‘i xarajati.
St = (Ti+Tr+Tz+Tv) *St
Bu yerda; T - avtomobilning yurgan masofasi uchun yoqilg‘i sarfi, l.
Tr - transport maxsuloti uchun qo‘shimcha yoqilg‘i sarfi, l Tz - qish kunlari uchun qo‘shimcha yoqilg‘i sarfi, l.
Tv - korxona ichida bo‘ladigan yoqilg‘i sarflari, l.
St - yoqilg‘i baxosi, so‘m.
Moylash va artish materiallari xarajati.
Ssm.i = Tob*Nsm.i * Ssm.i / 100
Bu yerda; Tob - umumiy yoqilg‘i sarfi, l.
Nsm i - i - turi bo‘yicha moylash va artish materiallari meyori, l Ssm i - moylash va artish materiallarining i- turini baxosi, so‘m
Transport vositalarining texnik qarovi yoki tamirlash fondi, uch qismdan; zapas qismlarga va materiallarga qilingan xarajatlardan va tuzatish ishchilarining ish xaqi va ish xaqi fondi ajratmasidan iborat. Shu bilan birga bu xarajat moddasiga, transport vositalarini qisman tiklash va amartizatsiya ajratmasi xam kiradi.
Sto,tr h Zz/ch +Zmat +ZPrr +Akr
Sto,tr = Sto,tr *10 / R
Avtomobil g‘ildiraklarini tiklash va tamirlash xarajatlari
Ssh = Lum * Nsh * n * K1
Bu yerda; Nsh -avtomobil g‘ildiraklarini tiklash va tamirlash meyori, so‘m; n - g‘ildiraklar soni,
K1-avtomobilning ishlash sharoitini etiborga oluvchi koeffitsienti,
Transport vositalarini to‘la tiklash amartizatsiya ajratmasi
Av = Ba * Lum * Nv
Bu yerda; Ba - transport vositasining avvalgi yoki balans qiymati,
Nv - to‘la tiklash amartizatsiya meyori, %
Sa = Av * 10 / R
Ustama xarajat Snak = Ass* Nnak so‘m/10tkm, pkm
Bu yerda; Ass - tranport vositalarining soni,
Nnak - transport vositalarining turi va markasiga qarab belgilangan ustama xarajat meyori, so‘m
Shunday qilib, umumiy transport vositalarini ishlatish xarajati
Seks = FZPv + St + Ssm + Sto,tr + Ssh +Av+Snak
To‘la xo‘jalik xisobi va bozor iqtisodiyoti sharoitida, yuqorida keltirilgan xarajatlarga, mol-mulk solig‘i ustama xarajat moddasida, taransport solig‘ini to‘la tiklash amartizatsiya moddasida ishtirok etadi. Bu soliq - xarajatlar, korxona sof foydasini aniqlashda, yani daromad solig‘i bazasini aniqlashda etiborga olinadi.
2.1.Xar xil omillarning tannarxga tasiri va uni aniqlash.
Tannarxga tasir qiluvchi omillar asosan to‘rt guruxga bo‘linadi:
nchi gurux -ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish, yani yangi takomillashtirilgan transport vositasini joriy qilish, texnik qarovi xizmati texnologiyasini takomillashtirish.
nchi gurux - ilg‘or tashish protsessi texnologiyasini joriy qilish.
nchi gurux - ishlab chiqarish va mexnatni tashkil qilishni yaxshilash.
nchi gurux - moddiy resurslarni iqtisod qilish.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi gurux omillarini joriy qilish orqali, tannarxni kamayishidan keladigan samara
E = (S1 - S2) * Rg
Bu yerda; S1 va S2 - bir birlik ransport maxsulotiga to‘g‘ri keladigan xarajat, tadbirlarni joriy qilishdan oldingi va keyingi xarajatlar.
Rg - yukaylanma, tadbirlarni joriy qilinganidan keyingisi, tkm, pas.km.
Tannarx moddasini o‘zgarishi xisobiga tannarx kamayishini quyidagi formula orqali aniqlanadi.
S = (Jci -1 / Jr ) *Usi
Bu yerda; Jci -malum bir modda xarajatini o‘zgarishi indeksi, Jr - gruzooborotni o‘zgarish indeksi, Usi - umumiy xarajatdagi, i- modda xarajatini ulushi, %
Masalan, avtobus korxonasidamexnatni ilmiy tashkil kilish, evaziga tannarxni kamayishini aniklang. Agarda joriy kilingan tadbirlar natijasida, rejadagi 656450 m.pass.km. o‘rniga xakikatda 720126 m.pass.km.ga. teng bo‘lsa, xaydovchilarni ish xaki rejadagi 256700 m.so‘m. o‘rniga xakiykatda 266000 m.so‘mgacha oshgan bo‘lsa va xaydovchilarni ish xaki, umumiy xarajatdan 37,8 % ga teng bo‘lsa
yechim: 1. Xaydovchilarni ish xakini o‘zgarish indeksini aniklaymiz.
Jc = 266000 : 256700 = 1,036
Yo‘lovchiaylanmasi o‘zgarish indeksi
Jr = 720126 : 656450 = 1,097
Tannarxning kamayishini aniqlaymiz
S = (1.036 / 1.097 - 1) *37.8 = 2,11%
Do'stlaringiz bilan baham: |