O‘quv qo‘llanma


Temir yo‘lda tashish jarayonlarini operativ boshqarish



Download 1,03 Mb.
bet23/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

5.4. Temir yo‘lda tashish jarayonlarini operativ boshqarish

Tashish jarayonlarini tezkor boshqarish deganda ish smenasi yoni sutka davomida hal qilinishi lozim masalalar ustidagi amallar tushuniladi, ya’ni tashishlarning joriy rejalari bajariladi. Bunda biz transport-texnologik jarayonni dispetcherlik ishlari orqali boshqarish va nazorat qilishni nazarda tutamiz.


Temir yo‘l transportida harakat miqdori katta bo‘lgan bir yo‘llik uchastkalarda poezdlar harakatini boshqarish birmuncha murakkab bo‘lib alohida e’tiborni talab etadi. Avtoblokirovka bilan jihozlangan bunday bir yo‘llik uchastkalarda dispetcherlik nazorati tizimi qo‘llanadi. Uning vazifasi poezd dispetcheriga bir yo‘llik uchastkada belgilangan harakat yo‘nalishi, blok-uchastkalarning, oraliq stansiyalarda bosh va qabul-jo‘natish so‘llarining bandligi, stansiyalarda kirish va chiqish signallari, hamda temir yo‘lni kesib o‘tish joyining avtomatlashgan qurilmalari holati haqida ma’lumot berib turishdan iborat.
Peregondagi har bir qurilmadan ma’lumot ma’lum chastotali kod ko‘rinishida jo‘natilib, oraliq stansiya navbatchisining xonasida o‘rnatilgan tabloda tegishli nazorat lampochkasi yonadi. Dispetcherlik punktida qabul qilingan chastotali signallar kuchaytiriladi, shifrlashdan ochilib anglvchi stansiya, hamda nazoratdagi ob’ekt holati aniqlanadi. Dispetcher xonasida o‘rnatilgan tablo-matritsada uchastka va undagi stansiyalar, signallar, blok-uchastkalar chizma shaklda va nazorat lampochkalari orqali ko‘rsatilgan bo‘lib, dispetcher uchastkadagi poezd holatini ko‘rib nazorat qilib turadi.
Dispetcherlik nazorati tizimi poezdlar harakatini muntazam kuzatib borish, avtoblokirovkada inshoot va qurilmalarining nosozliklari va o‘tish joylarining holati haqida ma’lumot olib turish imkonini beradi. SHu qatorda poezdlar harakatini intervalli boshqarish uskunalarining chidamliligini ta’minlash va yaxshi ishlatish uchun texnik tashxislash tizimi g‘o‘llanib, uning yordamida uskuna va qurilmalar holati avtomatlashgan holda nazorat qilindi. Zamonaviy dispetcherlik nazorati tizimlarida barcha ma’lumotlar va ob’ektlarning holati kompyuterlar orqali qabul qilinib, harakatni avtomatik boshqarish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.
"O'TY" AJ darajasida temir yo'l tarmog'ida tashish jarayonini tezkor boshqarish yuk tashishni tashkil etish boshqarmasiga bevosita bo'ysunadigan yagona dispetcherlik markazi (EDTS) tomonidan amalga oshiriladi.
Dispetcherlik smenasining ishini tashishni tashkil etish boshqarmasi bosh dispetcheri boshqaradi. Bosh dispetcher temir yo'l tarmog'i yo'nalishlarini nazorat qiluvchi tashishni boshqarish dispetcherlari ishini, ularning yuk va yo'lovchilar tashuvchilari dispetcherlik apparati, shuningdek, O'zR va qo'shni davlatlarning temir yo'l transportining boshqa infratuzilmalari bilan o'zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
Tezkor rejimda EDTC dispetcherlik smenasi quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- temir yo'l tarmog'i va tashishlarni boshqarish boshqarmfsi topshiriqlari bo'yicha poezd va yuk ishlari rejalariga muvofiq temir yo'llarning ishini nazorat qilish. Buning uchun bir hil harakat tarkibining kelayotgan bo'sh harakatlanishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, ayrim turdagi taqchilligi va boshqalaridan ortiqcha sharoitda bir-birining o'rnini bosadigan vagonlardan oqilona foydalanish bo'yicha tartibga solish choralari qo'llaniladi;
- temir yo'llarning tarmoq yo'nalishlarida poezd lokomotivlari parkining ishini tashkil etish. Shu bilan birga, lokomotivlardan belgilanmagan joylarda foydalanishga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, lokomotiv brigadalarining ishlash va dam olish rejimini buzilishi bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
- konteyner poezdlari harakatini nazorat qilish;
- yo'lni kapital ta'mirlash bo'yicha "okno" ning o'z vaqtida o'tkazilishini nazorat qilish; vaqtincha lokomotivsiz qoldirilgan poezdlar mavjudligi va ularni yo'nalishlarga yo'naltirish bo'yicha ishlarni tashkil etish;
- "O'TY" AJ rahbariyatining tezkor rejalari va topshiriqlarini bajarish bo'yicha qo'shni davlatlarga tegishli yuklangan va bo'sh vagonlar bilan ishlashni tashkil etish»;
- poezd holatini tahlil qilish, vagonlarni yuklashni ta'minlash, vagonlarni tushirishni tashkil etish, harakat grafigi va poezdlarni shakllantirish rejasini bajarish, O'zR temir yo'llari va qo'shni davlatlar o'rtasida poezdlarni o'tkazish bo'yicha tezkor rejalarni bajarish; temir yo'llarni ortish resurslari bilan ta'minlash (yuklashga yaroqli harakat tarkibining tegishli turlari) va boshqalar.
Yuk tashishni tashkil etish boshqarmasi dispetcherlik apparati vazifalari
-rasmda ko'rsatilgan.

-rasm. Dispetcherlik apparati funksiyalari


Dispetcherlik smenasi yuk tashish jarayonini tashkil etish bilan bog'liq barcha bo'limlar , shuningdek "O'TY" AJ boshqaruv apparati tarkibiy bo'linmalari bilan quyidagi masalalar bo'yicha o'zaro hamkorlik qiladi:


- tashish jarayonining uzluksizligini ta'minlash;
-texnik vositalar va qurilmalardan foydalanish, shu jumladan, uzilishlar va muvaffaqiyatsizlik holatlarida normal ish rejimini tiklash;
- poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan texnogen xarakterdagi nostandart vaziyatlarda;
- yo'l, aloqa tarmog'i va inshootlari, signalizatsiya qurilmalari, markazlashtirish va blokirovkalash, elektrifikatsiya va elektr ta'minotini ta'mirlash va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun "okno" ni taqdim etish va o'tkazishni kelishish;
- ta'mirlash va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun xo'jalik poyezdlarini o'tkazishni tashkil etish;
- harakat xavfsizligi va boshqa nostandart vaziyatlarda eksplutatsiya ishlarida qiyinchiliklarni bartaraf etish, poezd va vagon oqimlarini tashkil etish bo'yicha tezkor chora-tadbirlarni qabul qilish;
- texnik vositalar va poezdlar harakati xavfsizligi ta’minlanmaganligi sababli poezdlarni o'tkazishdagi qiyinchiliklar to'g'risida tegishli bo'linmalar va boshqarmalarning navbatchi xodimlarini real vaqt rejimida axborot bilan ta'minlash.
Tashishlarni tezkor holda tartibga solishda butun jarayonni berilgan rejaning bajarilishiga yaqin ushlab turiladi. Shu sababdan tashish jarayonlarini dispetcherlik usul va vositalari, mobil va boshqa vositalardan foydalanib uzluksiz nazorat qilib borish kerak.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida tashish jarayonlarini nazorat qilishning yangi usullari qo‘llanmoqda.
GPS (Global position System) - vaqt, masofa va transport vositasining joylashuvini aniqlab boruvchi sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi. Deyarli har qanday havoda, (shu jumladan, qutb hududida),har sayyoramizning qanday nuqtasida, shuningdek, yaqin fazoda ob’ektlarini o‘rnini va tezligini aniqlab beradi. Tizim AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, amalga oshirilgan va faoliyat yuritmoqda.
Tizimni qo‘llashning asosiy prinsipi shundaki, sun’iy yo‘ldoshdan harakatlanuvchi tarkibgacha bo‘lgan masofaning ma’lum koordinatalarini o‘lchash orqali joylashuvini aniqlanadi. Masofa sun’iy yo‘ldoshdan yuborilayotgan signalning GPS vaqti antenna orqali qabul qiluvchi vaqt orqali hisoblanadi. YA’ni, uch o‘lchovli koordinatalarda masofani aniqlash uchun GPS qabul qiluvchi qurilmasi GPS tizimi vaqti va kamida 3ta sun’iy yo‘ldoshgacha bo‘lgan masofani bilishi shart. SHu tarzda, koordinatalarni va qabul qiluvchi qurilmaning balandligini aniqlash uchun kamida to‘rtta sun’iy yo‘ldoshdan keladigan signallardan foydalaniladi.
Sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasini yaratish g‘oyasi o‘tgan asrning 50-yillarida tug‘ildi. Sovet ittifoqi tomonidan erning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirilgandan so‘ng, Richard Keshner boshchiligidagi amerika olimlari sun’iy yo‘ldoshdan uzatilayotgan signallarni kuzatish davomida bir qator afzalliklarni aniqladilar, ya’ni, sun’iy yo‘ldosh erga yaqinlashgani paytda qabul qilinayotgan signal chastotasi kuchayishi va erdan uzoqlashganda uning pasayishi namoyon bo‘ldi. Kashfiyotning mazmuni shundan iborat ediki, er yuzidagi o‘z koordinatalarini aniq bilgan xolda sun’iy yo‘ldoshning joylashuvi va tezligini hisoblash mumkinligi, va aksincha, sun’iy yo‘ldoshning joylashuvini aniq bilgan xolda erdagi o‘z tezligimiz va koordinatalarimizni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Bu g‘oya 20 yildan so‘ng amalga oshirildi. 1973 yilda DNSS dasturi ishga tushirildi, keyinroq uning nomi Navstar-GPS, so‘ngra GPS deb yuritila boshladi. Birinchi sinov sun’iy yo‘ldoshi orbitaga AQSH tomonidan 1974 yil 14 iyulda uchirildi. GPS tizimi ishini ta’minlash va er yuzini to‘liq qoplash imkonini beruvchi 24ta sun’iy yo‘ldoshdan oxirgisi 1993 yilda orbitaga uchirildi. SHu tarzda, GPS tizimi bor quvvatda ishlay boshladi.
Avval boshida GPS – global navigatsiya tizimi xarbiy maqsadlarda ishlab chiqilgan edi. Lekin, 1983 yilda Sovet Ittifoqi hududiga uchib o‘tgan, bortida 269 nafar yo‘lovchisi bor Koreya Avialiniyalariga qarashli samolyot urib tushirilgandan so‘ng AQSH prezidenti Ronald Reygan bu navigatsiya tizimidan fuqarolar uchun ham qisman foydalanishga ruxsat berdi.

-rasm. GPS tizimi sun’iy yo‘ldoshining orbitada ko‘rinishi



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish