5-BOB. Temir yo‘l transportining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni boshqarish
5.1. Transport korxonasining ishlab chiqarish quvvati ko‘rsatkichlari
Transport korxonasi ishlab chiqarish quvvati ko‘rsatkichlari deganda korxonaning ish rejimi va qo‘llaniladigan texnologiyasiga muvofiq ishchi kuchi va mehnat vositalaridan to‘la foydalanish natijasida erishishi mumkin bo‘lgan smena, sutka yoki oy davomida ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotning maksimal xajmi tushuniladi. Transport korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin20:
A. Natural ko‘rsatkichlar:
- transport vositalari soni
- transport vositalarining umumiy yuk ko‘tara olish qobiliyati;
- transport dvigatelining umumiy quvvati;
- transport tarmog‘ining uzunligi yoki asosiy ishlab chiqarish faoliyati egallagan maydon(hudud)
- material va ehtiyot qismlar iste’moli xajmi
B. Shartli-natural ko‘rsatkichlar:
- yo‘lovchi aylanmasi;
- yuk aylanmasi;
- keltirilgan yuk aylanmasi;
- ortish-tushirish ishlari xajmi.
V. Qiymat ko‘rsatkichlari:
- ma’lum davr uchun (daromad, xarajat, foyda) qiymat ko‘rinishidagi ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatkichlari
- asosiy kapital yoki asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati.
Korxonaning faoliyat natijalari faqat birgina ko‘rsatkich bilan o‘lchanishi yoki aniqlanishi mumkin emas. Korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini to‘liq va ob’ektiv ravishda tavsiflovchi ko‘rsatkich bu natural ko‘rsatkichlardir. Qiymat ko‘rsatkichlari natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati, xususan ularning faol qismi korxonaning texnik darajasini va ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflaydi, lekin u bir nechta kamchiliklarga ega. Korxonaning asosiy kapitali uzoq muddat davomida yig‘ilib boriladi, turli vaqtlar davomida asosiy fondlar narxining o‘zgarishi ularni ushbu ko‘rsatkichlar orqali taqqoslashni murakkablashtiradi. Vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni ularni qayta tiklash qiyati bilan qayta bahlashning o‘tkazilishi ushbu kamchilikni to‘g‘irlash imkonini beradi, lekin qayta baholash davrlari o‘rtasida u yana yuzaga keladi.
Asosiy fondlar tarkibidagi, asosan ularning sifat tavsifidagi farqlar ham katta ta’sir etadi. Barcha ko‘rsatkichlar orasida ma’lum bo‘lgan muvofiqlik mavjud, lekin u doimo ham qat’iy va aniq namoyon bo‘lmagan.
Xarakat tarkiblarining masalan lokomotivlarning sifat tavsifi ham bir xil emas, narxning o‘zgarishi doimo ham uning sifat ma’lumotlarining yaxshilanishi bilan proporsional emas, masalan, lokomotivlarning ayrim tipi va seriyalari unumdorligi. SHuning uchun ko‘rib o‘tilgan ko‘rsatkichlar asoslangan holda korxonaning quvvatini to‘liq tavsiflay olmaydi.
Transport korxonasining ishlab chiqarish quvvati – tashish salohiyatini to‘laroq tavsiflovchi maxsus ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkazish, tashish va qayta ishlash qobiliyatini bildiradi. “Transport salohiyati” termini mazmuniga ko‘ra “tashish qobiliyati” tushunchasiga mos keladi va u transport tarmog‘ining yuk va yo‘lovchi oqimlarini qamrab olish imkoniyatini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Tashish qobiliyati o‘tkazish, tashish, qayta ishlash qobiliyati bilan aniqlanadi, lekin umumiy holda ushbu ko‘rsatkichlarning xech biriga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘tkazish qobiliyati odatda ish texnologiyasi va xarakat xavfsizligida qabul qilingan, doimiy qurilmalardan samarali foydalangan holda sutka (yoki sutka soatlari) davomida ko‘rib o‘tilayotgan ob’ekt orqali o‘tadigan, belgilangan massadagi avtomobil, poezd va boshqa transport birliklarining maksimal soni bilan aniqlanadi. O‘tkazish qobiliyatini aniqlashda hisob-kitoblar suv yo‘li, avtomobil yo‘li va temir yo‘l liniyasi transport tarmog‘ining doimiy qurilmalari bo‘yicha olib boriladi. O‘tkazish qobiliyati darajasi aeroport, daryo va dengiz portlari, temir yo‘l stansiyalari – transport tarmog‘ining infrastruktura elementlari imkoniyatini tavsiflaydi.
Transport infrastruktura ob’ektlarining o‘tkazish qobiliyati turlicha va taxminan21:
bir izli temir yo‘l liniyalari bo‘yicha sutkada 24ta dan 65ta juftgacha poezdni;
ikki izli temir temir yo‘l liniyalari bo‘yicha sutkada bitta yo‘nalishda 73ta dan 200tagacha poezdni;
yo‘lovchi temir yo‘l diametrlari bo‘yicha bir soatda bitta yo‘nalishda 20ta dan 25 gacha poezdni;
avtomobil yo‘llari bo‘yicha bir soatda yo‘lning bir polosasi orqali 500tadan 1500 tagacha avtomobillarni o‘tkazadi.
Aniq tarkibli ob’ektlar bo‘yicha o‘tkazish qobiliyati darajasi yana ham turlicha va ular:
yo‘lovchi stansiyalari bo‘yicha – bir soatda 100 ming passajirgacha
saralash stansiyalari bo‘yicha sutkada 10-15 mingta vagongacha
aeroportlar bo‘yicha bir soatda 1100-1200 yo‘lovchiga etadi.
Transport kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatining o'ziga xos ko'rsatkichlari, uning transport imkoniyatlarini aniq aks ettiradigan, o'tkazish qobiliyati, tashish qobiliyati va qayta ishlash qobiliyatining ko'rsatkichlari. Tarkibdagi «transport potentsiali» atamasi «tashish hajmi» tushunchasiga to'g'ri keladi, bu transport tarmog'i orqali yo'lovchilar va yuk oqimini rivojlantirish imkoniyatlarini umumlashtiruvchi ko'rsatkichdir. Tashish hajmi transportning o'tkazish qobiliyati, transport qobiliyati va qayta ishlash qobiliyati bilan belgilanadi, ammo umuman olganda, ushbu ko'rsatkichlarning har biri bilan mos kelmaydi.
Tashish qobiliyati deganda mazkur transport korxonasi tomonidan, transport vositalari soni, ularning yuk ko‘tara olish qobiliyati, tezligi, ortish-tushirish punktlarida turish vaqtlaridan qat’iy nazar tashilgan yuk (yo‘lovchi) xajmi tushuniladi
Qayta ishlash qobiliyati deganda o‘tayotgan yuk jo‘natmalari o‘zining tuzilishini o‘zgartiradigan, poezdlar tuziladigan yoki tarqatiladigan, yuk partiyalari shakllanadigan omborlar, prichallar,saralash tepaligi (gorka)kabi ob’ektlarning ishlab chiqarish quvvati tushuniladi
YUqorida keltirib o‘tilgan transport inshootlari va qurilmalarining o‘tkazish qobiliyati ularning tashish va qayta ishlash qobiliyati bildiradi.
Transport korxonasining umumlashtiruvchi ishlab chiqarish quvvati sifatida yuk tashish qobiliyati aytish mumkin, chunki uning dinamikasi aniqlashda ishlatilayotgan transport quvvatlarining faol qismi (transport vositalari) va passiv qismi (doimiy qurilmalar) bir vaqtning o‘zida hisobga olinishi zarur. Ushbu umumlashtiruvchi ko‘rastkich EHMlarda matematik moddelshtirish asosida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |