Temir yo‘l transporti korxonasining moddiy zahiralarini boshqarish
Zahira - bu har qanday iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish, almashish, taqsimlash, iste’mol, moddiy boyliklarning teng bo‘lmasligini silliqlovchi majburiy elementidir. Zahirani mavjud bo‘lishiga korxona iqtisodiyotidagi ham ijobiy ham salbiy jihat sifatida qarash mumkin. Ortiqcha zahiralar katta moliyaviy resurslarni talab qiladi.
Endi zahiralar qanday funksiyalarni bajarishini ko‘rib chiqamiz.
1. Jamlash funksiyasi – zahiralarning asosiy vazifasi. Masalan agar yozda mahsulotga bo‘lgan talab yuqori bo‘lsa, qish davrida yozdagi talabni qanoatlantirish maqsadida, ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarur. Demak, ishlab chiqarish mahsulotlarini jamlash zahiralarni etishmasligidan kelib chiquvchi yo‘qotishlardan qochishga imkon beradi.
2. Inflyasiyadan himoyalanish funksiyasi. Korxona bankka naqd pulni joylashtirib, yaxshi qaytarilishini olishga qodir. Zahiraning qiymati bankka joylashtirilgan pullarga nisbatan tezroq o‘sishi mumkin. Demak, zahiralar yaxshi investitsiya bo‘ladi, ammo saqlash harajatlari va xatarni hisobga olish zarur.
3. Harajatlarni boshqarish funksiyasi. Buyurtma miqdorini o‘zgarishi buyurtma miqdorini diskontlar olish maqsadida variatsiyalashdan iborat bo‘ladi, ammo zahirani ko‘paytirgan holda biz boshqa loyihalarga sarmoyalar kiritish imkoniyatini kamaytiramiz.
Zahiralar quyidagicha tasniflanadi:
Ishlab chiqarish zahiralari – korxonada shakllantiriladigan to‘xtamaydigan uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlashga mo‘ljallangan zahiralar (rezervlar).
Tovar zahiralari – korxona omborlari, muomala sohasida (yo‘ldagizahiralar, savdo korxonalaridagi zahiralar) bo‘lgan tayyor mahsulot zahiralari (rezervlar).
Joriy zahiralar – navbatdagi mol etkazib beruvchilar o‘rtasidagi moddiy oqimlarning uzluksiz xarakatlanishini ta’minlovchi zahiralar.
Ishlab chiqarish va tovar zahiralarining katta qismni tashkil qiladi. Ularning miqdori buyurtmaning navbatdagi partiyasi kelib tushishi paytida juda katta va uning tugash paytida eng kichikdir.
SHuningdek zahiralarni quyidagi turlarini keltirish mumkin:
1. Tayyorlash zahiralari – mahsulotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish va iste’molchiga chiqarishga tayyorlash zaruriyatida ishlab chiqarish va tovar zahiralaridan ajratiladigan zahiralar.
2. Kafolatli zahiralar – ishlab chiqarish (savdo)ni ekazib berishlarning davriyligi yoki partiyalar miqdorini rejalashtirilgandan chetga chiqishi, iste’molning intensivligini o‘zgarishi, ehtiyojajasini o‘zgarishi, etkazib berishlarni ushlanib qolish va boshqalar kabi ko‘zda tutilmagan noqulay holatlar vujudga kelgan holda to‘xtovsiz ta’minlash uchun mo‘ljallangan miqdori bo‘yicha doimiy zahiralardir. Korxonaning normal sharoitlaridagi faoliyati davomida ushbu bu zahiralar daxlsiz hisoblanadi.
3. Mavsumiy zahiralar – ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarish resurslarini iste’mol qilish, tashishning mavsumiy xarakterga ega bo‘lganda tashkil qilinadigan zahiralar.
4. Ko‘chma zahiralar – bitta bazaviy davrning oxiri va hisobot davrining boshidagi moddiy resurslar zahiralarining qoldiqlari.
Zahiralarni boshqarishning ko‘rib chiqilayotgan tizimida iqtisodiy maqsadga muvofiq zahiraning eng katta miqdori eng katta istalgan zahira hisoblanadi. Bunga erishishda buyurtmaning navbatdagi partiyasi etkazib berilishi kerak bo‘lgan yoki navbatdagi buyurtma qilinayotgan zahira miqdori zahiraning chegaraviy darajasi deb yuritiladi. Zahiraning me’yori ishlab chiqarish (savdo) korxonalarida mahsulotni ishlab chiqarish (sotish)ni uzluksiz ta’minlash uchun bo‘lgan mehnat predmetining hisoblab chiqilgan eng kichik miqdoridan iborat.
Zahira turlaridan har biri quyidagicha o‘lchanishi mumkin:
a) mahsulotning aniq turi zahiralarni ta’minlanganlik darajasini belgilash uchun tabiiy aks ettiriladi (dona, kv. m);
b) qiymat shaklida aks ettirilganda zahiraning umumiy miqdori va mahsulotlarni sotilishi, harajatlar va boshqa ko‘rsatkichlar bilan solishtirish uchun qancha resurslar va qanday narxlar bo‘yicha zarurligini bilish kerak;
v) ta’minlangan kunlarda (tabiiy aks ettirilishdagi zahiralarning kerakli hajmi bir kunli o‘rtacha harajatga bo‘linadi)
Korxonalarda quyidagi zahira darajalari bo‘lishi mumkin:
maksimal darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi va maksimal joriy zahiralar yig‘indisi;
o‘rtacha darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi va yarim joriy xarajatlar yig‘indisi;
minimal darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi zahiralar yig‘indisi.
Zahiralar hajmini partiyalar hajmini o‘zgartirish yoki etkazib berishlar orasidagi vaqt intervalini o‘zgartirish orqali tartibga solish mumkin. Ayrim hollarda ham partiyalar hajmini va ham intervalni o‘zgartirish amaliyotini qo‘llash mumkin. Zahiralarni tartibga solishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud:
Qat’iy belgilangan buyurtma (partiya) miqdoriga asoslangan tizim nisbatan oddiy va keng tarqalgan tizim hisoblanadi. Unda buyurtma miqdori va partiyalar soni o‘zgarmas kattalik bo‘lib, navbatdagi etkazib berish intervallari o‘zgarib turadi. Navbatdagi partiyaga buyurtma omborxonadagi zahira miqdorining belgilangan me’yor darajasiga etishi, ya’ni «buyurtma nuqtasi»ga etishi bilan beriladi. Demak, ushbu tizimda navbatdagi partiyalar orasidagi intervallar moddiy boyliklarning ishlab chiqarish yoki iste’moldagi sarfi (iste’moli) intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tizimda «buyurtma nuqtasi»ga mos keluvchi zahira miqdorini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
qbnz = qkt+rt
bunda
|
qbnz
|
- «buyurtma nuqtasi»ga mos keluvchi zahira miqdori;
|
|
qkt
|
- kafolatli va tayyorlash xarakteridagi zahiralar miqdori;
|
|
r
|
- materiallarning o‘rtacha kunlik sarfi;
|
|
t
|
- zahirani to‘ldirish uchun ketuvchi vaqt, tayyorlov davri.
|
Qat’iy belgilangan buyurtma davriyligiga asoslangan tizimda moddiy boyliklar omborxonaga o‘zgarmas vaqt oraliqlarida etkaziladiyu, bunda partiya miqdori turlicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |