Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga muvofiq joriy qilingan va 1992 yil 31 dekabrdagi “Suv uchun to’lovlarni hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomaga ko’ra undiriladi. O’z faoliyatida bevosita suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydanganlik uchun soliq to’laydilar. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun er usti va er osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslari hajmi soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq amalda olingan suvning hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyinga ayning 15 kuniga qadar to’lanadi. Qishloq xo’jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta – joriy yilning 15 dekabriga qadar to’laydilar.
Bu soliq turi 1993 yil 1 yanvardan boshlab er usti manbalari bo’yicha tabaqalashtirilgan holda 15 tiyin/kub.m. (er osti manbalari bo’yicha 20 tiyin/kub.m) miqdorida to’lanadi. 1993 yilda byudjet daromadlarida bu soliqning solishtirma hissasi 0,005%ni tashkil qildi. 1995 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1994 yildagi darajaga nisbatan 50 marta oshirildi, uning solishtirma hissasi 0,6%ga ko’tarildi, 1998 yilda jami byudjet daromadlarining 1,0%ni, 2002 yilda 0,4% tashkil qildi.
Er ostidan foydalanganlik uchun soliq O’zbekiston Respublikasining “Er osti boyliklari to’g’risida” qonuniga muvofiq 1995 yil 1 yanvardan joriy qilingan. Uning byudjet daromadlaridagi solishtirma hissasi 1995 yilda – 0,3%, 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi byudjeti jami daromadlari uning solishtirma hissasi 2,1%, 2002 yilda esa 0,9% bo’ldi.
Er ostidan foydalanganlik uchun soliqni O’zbekiston Respublikasi xududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar. Soliq solish ob’ektlari:
foydali qazilmalar (shu jumladan qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) qazib olish hajmi;
texnologik hosilalar (mineral xom ashyo qazib olish va ularni qayta ishlash chiqildalari) hajmi;
foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lmagan er osti inshootlari hajmi;
rangli toshlar xom ashyosi va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini to’plash uchun berib qo’yilgan er qa’ri uchastkasi maydoni.
Er ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
er qa’rini geologik o’rganuvchi shaxslar;
geologiya, mineralogiya va boshqa alohida ko’riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar;
byudjetdagi muassasalar va tashkilotlar – er osti inshootlari qurganlik va ulardan foydalanganlik uchun;
er egalari va erdan foydalanuvchilar;
metropoliten.
Er ostidan foydalanganlik uchun soliq:
foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen xosilalardan foydalanganlik uchun har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20 kunigacha;
mineral xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmagan holda er qa’ridan foydalanganlik uchun bir yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan kundan keyingi o’n kunlik muddat ichida;
qolgan hollarda yilning har choragida.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy muammolarni hal qilish maqsadlarida atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha keng miqyosli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlarni moliyalash uchun 1997 yil 1 yanvardan ekologiya solig’i joriy qilindi.
Ekologiya solig’ini tovarlar ishlab chiqaruvchilar, ishlar bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar to’laydi. Tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) tannarxi (muomala xarajatlari) soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Ekologiya solig’i 1 foizli stavka bo’yicha to’lanadi.
Ekologiya solig’idan quyidagilar ozod qilinadi:
“Nuroniy” jamg’armasi va uning korxonalari;
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50% nogironlari bo’lgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanadigan xodimlari bundan mustasno).
Ekologiya solig’i yilning har choragida, bu soliq bo’yicha hisob-kitoblarning taqdim etish muddatidan kechiktirmay to’lanadi.
Byudjet daromadlari jami tushumida ekologiya solig’ining solishtirma hissasi 1997 yilda 2,5%, 2000 yilda 2,9%, 2002 yilda 2,4% bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |