O’quv qo’llanma


Qo’shilgan qiymat solig’i



Download 157,29 Kb.
bet13/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

Qo’shilgan qiymat solig’i – tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish), ularni sotish hamda O’zbekiston Respublikasi xududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo’shilgan qiymatning bir qismini byudjetga olish shaklidir.
Qo’shilgan qiymat solig’i 1992 yildan ilgarigi oborot solig’i va sotish solig’i o’rniga joriy qilingan. Soliq stavkalariga har yili o’zgarishlar kiritiladi. 1992 yilda 30% bo’lib, byudjet daromadlarida solishtirma hissasi jami tushumlarning 27,4%ni tashkil qildi; 1993 yilda 25%, uning 6% korxonalar ixtiyorida qoladigan bo’ldi, ya’ni amalda 19% soliq tarzida to’landi; 1995 yilda 17% bo’lib, davlat byudjeti daromadlaridagi hissasi 19,1%ni, 1996 yilda 18% bo’lib, byudjet daromadlaridagi hissasi 17,7%ni tashkil qildi.
1998 yildan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20% qilib belgilandi va u hozirgacha o’zgarmagan, 1998 yilda jami tushumlarda uning solishtirma hissasi 25,3%, 2002 yilda 28,6% bo’ldi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar doirasi juda keng. Mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishidan qat’i nazar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra yuridik shaxs hisoblanadigan, ishlab chiqarish va o’zga tijorat faoliyati bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlar ushbu soliq to’lovchilari hisoblanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i etkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan iste’molchi (xaridor) realizatsiya qiladigan mahsulot narxiga kiritiladi. Mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda hisob- kitoblarni osonlashtirish uchun qo’shilgan qiymat emas, balki ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo’yicha jami oboroti soliq solish ob’ekti qilib olinadi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan ob’ekt hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi xududida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborot hisoblanadi (qo’shilgan qiymat solig’i to’lashdan ozod qilingan va o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadigan oborot bundan mustasno).
Realizatsiya bo’yicha soliq solinadigan oborot miqdori realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qo’llaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, aktsiz solig’ini hisobga olgan holda ularga qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmasdan belgilanadi.
Soliq qonunchiligida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha bir qator imtiyozlar belgilangan. Ularning ro’yxati O’zbekiston Respublikasining barcha xududi bo’yicha yagona bo’lib, mahalliy hokimiyat organlari qarori bilan o’zgartirilishi mumkin emas.
Aslida bilvosita soliq bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati yakunlariga nisbatan betaraf. Lekin imtiyozlar berish korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi, chunki boshqa korxonalarga nisbatan yuqori tannarx bo’lgan hollarda ham mahsulot narxini pasaytirishga, teng sharoitlarda esa qo’shimcha foyda (soliqdan ozod qilish summasi miqdorida) olish imkoniyatini beradi. Soliqning muhim unsuri – uning stavkasidir.
Joriy qilingan 1992 yilda 30%lik stavka belgilangan bo’lsa, hozir uning stavkasi 20%ni tashkil qiladi.
Ayrim ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlari bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i 15%li stavka bo’yicha to’lanadi. Stavkalar va bunday tovarlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan qiymati ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga kiritiladigan tovarlar uchun to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i (qo’shilgan qiymat solig’ining byudjetga beriladigan badallarni belgilashda hisobga o’tkaziladigan summasi) o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisob-kitob qilish va byudjetga to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 1997 yil 29 dekabrdagi 383-sonli «Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida»gi yo’riqnomasi (kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar) bilan belgilanadi.
Aktsiz – bilvosita soliq turi bo’lib, tovar yoki xizmatlar narxiga ustama tarzida undiriladi, uni oxirgi iste’molchilar to’laydilar. Aktsizlar davlat umumiy soliq siyosatining tarkibiy qismiga kiradi va davlat byudjetini ko’paytirish, ayrim tovarlarni (tamaki, alkogol mahsulotlar) iste’mol qilish, ayrim turdagi korxonalarning atrof muhitga zararli oqibatlari bilan bog’liq ijtimoiy xarajatlar o’rnini to’ldirish shuningdek avtomobil yo’llarini qurish va uni saqlash xarajatlarini qoplash mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadlarida qo’llaniladi.
Odatda, aktsiz miqdori na tovarning qiymati bilan, na uni ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari bilan bog’liq emas, bu soliq davlatning soliq siyosatiga qarab belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida aktsiz solig’i birinchi marta 1992 yilda, O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 1 martda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar to’laydigan soliqlar to’g’risida» qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasining qonunlari bilar kiritilgan va respublika iqtisodiyotning bozor iqtisodiyotga o’tishi bilan bog’liq keyingi o’zgartirishlarni hisobga olgan holda joriy qilingan.
Aktsiz solig’i summasi bilvosita soliq ko’rinishida byudjetga to’lanadigan (undiriladigan) sof daromadning bir qismi bo’lib, qo’shilgan qiymat solig’i undirish bazasida hisobga olinadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i kabi aktsizlar ham byudjet daromadlarini shakllantirishda katta o’rin tutadi. Masalan, 1992 yilda 40%li stavkada aktsiz solig’ining solishtirma hissasi jami tushumlarning 27,4%ni tashkil qildi. Mahsulotlar turlari bo’yicha tabaqalashgan aktsiz solig’i stavkalari alohida narxlarda qiymatga nisbatan foizlarda belgilanadi.
Aktsiz solig’i olinadigan tovarlar ro’yxati va stavkalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va 50%dan 100%gacha boradi. 1993 yildan paxta tolasi uchun aktsizlar joriy qilindi va uning shu yilgi solishtirma hissasi aktsiz soliqlaridan olingan tushumlarning 15,7%ni tashkil qildi. 1994 yildan neft, gaz kondensati, zaruriy kundalik ehtiyoj tovarlariga aktsiz soliqlari joriy qilindi. 1995 yilda aktsiz soliqlaridan jami tushumlarning solishtirma hissasi jami tushumlarning 27,0%ini, 1996 yilda 20%ini, 2002 yilda 26,9%ni tashkil qildi.
1999 yil sentyabridan boshlab aktsiz solig’i undiriladigan mahsulotlar qatoriga guruch ham kiritildi va u bo’yicha aktsiz solig’i stavkasi 33% qilib belgilandi.
Aktsiz solig’i to’lovchilar barcha mulkchilik shaklidagi aktsiz to’lanadigan o’zlari ishlab chiqargan tovarlarni realizatsiya qiluvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardir. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va aktsiz to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmagan holdagi (aktsiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik (jisman) xajmi soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Agar tovar ishlab chiqaruvchi aktsiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshirish paytida tarkib topgan, lekin amalda qilingan xarajatlardan kam bo’lmagan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Aktsiz solig’i byudjetga, agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aktsiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan keyin uch kundan kuchiktirmay o’tkazilishi lozim.
Soliq to’lovchi aktsiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni soliq bo’yicha ro’yxatdan o’tgan joyidagi tegishli soliq organiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20 kunigacha taqdim etadi.
Aktsiz to’lanadigan import tovarlar uchun bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofiq belgilangan boj qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Aktsiz to’lanadigan import tovarlar uchun aktsiz solig’i bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to’lanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aktsiz solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 1997 yil 19 dekabrdagi 379- sonli «O’zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqariladigan tovarlar bo’yicha yuridik shaxslar tomonidan aktsiz solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida” va 1999 yil 23 sentyabrdagi 821-sonli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi xududiga keltiriladigan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqariladigan ayrim turdagi tovarlarga aktsiz solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida» yo’riqnomalari bilan (kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) belgilanadi.

Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish