Jismoniy shaxslar daromadiga soliqlar - har qanday soliq tizimining ajralmas qismi. O’zbekiston Respublikasida bu soliq turi 1991 yil mart oyidan boshlab 1991 yil 15 yanvarda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi fuqarorlaridan, ajnabiy fuqarorlardan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida» Qonuniga muvofiq amalga kiritilgan.
1992 yildan boshlab umumiy yillik daromad asosida hisoblanadigan bo’ldi. Ґozirgi davrda amalda bo’lgan jismoniy shaxslardan daromad solig’i undirish mexanizmida jami manbalardan olingan daromadlarga soliq solinishi nazarda tutiladi. Natijada byudjet tushumlarida aholidan olinadigan daromad solig’ining solishtirma hissasi o’sdi va 1992 yilda 7,5% bo’lsa, 1998 yilda 12,6%ni, 2002 yilda esa 12,1%ni tashkil qildi. 1993 yildan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxslar daromadlariga soliq joriy qilindi.
Soliq kodeksida daromadlari yuqori bo’lmagan soliq to’lovchilar uchun soliq yukini engillashtirish nazarda tutilgan. Masalan, 1998 yildan boshlab soliqning minimal stavkasi (12%) eng kam ish haqining 4 baravarigacha miqdordagi daromadlarga tatbiq qilindi.
Jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofot pullari va boshqa daromadlari summasidan soliq quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Soliq undiriladigan jami daromadlar miqdori (bir eng kam ish haqi miqdori chegirilmagan holda)
|
Soliq summasi
|
Eng kam ish haqining 4 baravar miqdorigacha
|
Daromad summasining 12 foizi
|
Eng kam ish haqining to’rt baravari miqdoridan (+1 so’m) sakkiz baravari miqdorigacha
|
Eng kam ish haqining to’rt baravari miqdoridan olinadigan soliq + to’rt baravardan oshadigan summaning 25 foizi
|
Eng kam ish haqining sakkiz baravari miqdoridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdordan
|
Eng kam ish haqining sakkiz baravari miqdoridan olinadigan soliq + sakkiz baravardan oshadigan summaning 36 foizi
|
Jismoniy shaxslar daromadlaridan to’lanadigan soliqni hisoblab, chiqarish va byudjetga to’lash tartibi O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 1998 yil 11 iyundagi 444-sonli «Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida»gi yo’riqnomasi (1,2,3-sonli tuzatishlar va qo’shimchalar) bilan belgilanadi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to’lovchilar hisoblanadi.
Soliq solish ob’ekti – soliq solinadigan daromad jami yillik daromad bilan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan chegirmalar o’rtasidagi farq tarzida hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to’lovchi olishi lozim bo’lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag’lar, shu jumladan:
mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlar;
jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi.
Jismoniy shaxs moliya yili davomida har bir ishlab daromad olgan oy uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida chegirma qilinish huquqiga ega.
Mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bo’yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalari bo’yicha oladigan daromadlari kiradi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadga foizlar, dividendlar bo’yicha olingan daromad, mol- mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, daromad olish maqsadida tavakkal qilib o’z mulkiy javobgarligi ostida yakka tartibda amalga oshiradigan, qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |