O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshketn Moliya instituti
A. Vohobov, Z. Srojiddinova
O’ZBEKISTON RESPUPLIKASINING DAVLAT BYuDJETI
O’quv qo’llanma
Toshkent – 2002
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti. O’qo’v qo’llanma
\ A. Vohobov, Z. Srojiddinova. Toshkent Moliya instituti 2002, 115b.
Mazkur o’qo’v qo’llanmasi bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to’g’risida eng to’liq tasavvur beradi. Davlat byudjeti jarayonlarining tashkiliy – huquqiy asoslari, uning hozirgi holati, tuzilmasi, dinamikasi va uni boshqarish usullariga alohida e’tibor beriladi.
Qo’llanma iqtisodiy oliy o’quv yurlari talabalari, aspirantlari, o’qituvchilari va mutaxassislarga mo’ljallangan.
“ MOLIYa” KAFEDRASI
Toshkent Moliya instituti xuzuridagi oliy o’quv yurtlararo o’quv – uslubiy kengash qarori asosida nashr qilinmoqda.
Ilmiy muharrir: akademik M. Sharifxo’djaev
Taqrizchilar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari” fakulteti dekani i.f.d., prof. T. Malikov;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazarligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i B. Musaev.
Toshkent Moliya instituti, 2002
DAVLAT BYuDJETINING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYaTI, VAZIFALARI VA FUNKTsIYaLARI
Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasining shakllanishi va rivojlanishida tarixiy taraqqiЄtning har bir bosqichida muayyan siЄsat doirasida amalga oshiriladigan davlat tomonidan tartiblash muhim rol o’ynaydi.
Davlatning o’z vazifa va funktsiyalarini bajarishiga, o’z iqtisodiy va ijtimoiy siЄsatini amalga oshirishiga imkon beradigan qurol, dastaklardan biri – davlat byudjetidir.
1868 yilda chor Rossiyasi xukumati Turkistonda moliya qo’mitasini tashkil etganidan keyin birinchi marta davlat xazinasi xonning shaxsiy xazinasidan ajratildi, bu qo’mita davlat daromadlari va xarajatlari to’g’risida nizom (davlat byudjeti to’g’risida nizom) ishlab chiqdi.
1924 yilda davlat hokimiyatining qaroriga muvofiq va O’zbekistonning Ittifoq tarkibiga kirishi bilan O’zbekiston Respublikasining birinchi davlat byudjeti tuzilgan. 1924 yildan to 1991 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti Ittifoq davlat byudjeti tartibiga kirgan. 1991 yildan O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil byudjetiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |