O’quv qo’llanma


BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TIShDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYuDJETIDA YuZ BERGAN TUB O’ZGARIShLAR



Download 157,29 Kb.
bet7/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TIShDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYuDJETIDA YuZ BERGAN TUB O’ZGARIShLAR


O’zbekiston, o’zini mustaqil davlat deb e’lon qilib, davlatni tanglikdan chiqarish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va dunyoviy, iqtisodiy va siyosiy mustaqil, qudratli, gullab-yashnaydigan kuchli demokratik davlat qurish dasturini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga kirishdi.


Strategik vazifalarni bajarish davlat taraqqiyotining u yoki bu bosqichi xususiyatlariga qarab taktik vazifalarni hal qilishni ham nazarda tutadi.
Tarixiy tajriba nuqtai nazaridan qisqa, lekin mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida g’oyat muhim bosqich bo’lgan davrdagi davlat byudjeti rivojining bosqichlarini ko’rsatib o’tamiz.
Mustaqillik e’lon qilingan paytda “O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi”1.
Bu davrga kelib davlat byudjeti taqchilligi 80%ga yaqin bo’lib, Ittifoq davlat byudjeti subventsiyalari hisobidan qoplanar edi.
O’zbekiston davlat byudjetining bunday ahvolga tushib qolishi sabablaridan ayrimlarini ko’rsatib o’tamiz.
Ittifoqda davlat korxonalari ikki toifaga bo’linar edi:

  1. bevosita markazga bo’ysinadigan yirik korxonalar (masalan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi kabi mudofaa maqsadlaridagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar);

  2. mahalliy respublika nazoratida bo’lgan korxonalar.

Shunday bo’linishga muvofiq birinchi toifaga kiradigan korxonalar foydasi respublika byudjetini chetlab o’tib bevosita Ittifoq byudjetiga tushar edi. O’zbekiston Respublikasi byudjeti daromadlari, asosan ikkinchi toifaga kiradigan korxonalar foydasi hisobidan shakllanar edi.
Respublika paxta etishtirgan holda uni Ittifoq huquqida va chet ellardagi iste’molchilarga sotishdan foyda olmas edi. “Mamlakatimizdan katta miqdordagi – etishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi – moddiy boylik suvtekinga tashib ketilar edi”2. Foyda Ittifoq davlat byudjetiga borib tushar edi. “Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo’lgan materiallar, jahon bozorida o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi”3.
1988 yilda O’zbekistonda iste’mol tovarlari industriyasini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha tadbirlar tufayli oborot soliqlarida byudjetga tushumlar qisqardi, chunki korxonalar to’laydigan oborot soliqlarining 30% ularning o’z tasarrufida qoldiriladigan bo’ldi.
Oborot soliqlari jami byudjet tushumlarining salkam 1/3 qismini tashkil qilar edi.
Shunday qilib, “shunday ulkan salohiyatga ega bo’lgan mamlakatni kamsitadigan og’ir ahvolga solib qo’yib, u qonuniy, haqli ravishda o’ziga qarashli bo’lgan mablag’ni markazdan dotatsiya sifatida so’rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi”4. Ayni paytda, O’zbekiston Ittifoq iqtisodiy tizimi bilan chambarchas bog’lanib ketgan bo’lib, barcha sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasida o’ziga xos kooperatsiya va mehnat taqsimoti mavjud edi. Ishlab chiqarish barcha tizim ehtiyojlariga mo’ljallangan bo’lsa, ishlab chiqarish maqsadlaridagi tovarlar va iste’mol tovarlarining umumiy miqdori umuman buyruqbozlik iqtisodiyot doirasida belgilanar edi.
Natijada: “izdan chiqqan, bir yoqlama” rivojlangan, paxta yakkahokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot;



  • iqtisodiy rivojlanishning xom ashyoviy yo’nalishi, xom ashyoni oddiy-sodda qayta ishlash quvvatlarining ibtidoiy darajasi, ishlab chiqarishning chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butkul qaramligi;

  • yoqilg’i va g’alla masalasida markazga qaramlik, un, shakar, go’sht, sut mahsulotlari kabi eng muhim oziq-ovqat mollarining, boshqa xalq iste’moli tovarlarining, tayyor mahsulotlarning chetdan olib kelinishiga qaramlik meros bo’lib qoldi.

Respublika iqtisodiy xayotining har bir jihatiga ta’sir ko’rsatadigan barcha asosiy siyosiy qarorlar Ittifoq davlati siyosati nuqtai nazaridan qabul qilinar edi. Shu sababli Ittifoq parchalanganidan keyin O’zbekiston mustaqil iqtisodiyot yuritishning zaruriy institutsional bazasiga va iqtisodiy yo’nalishga ega emas edi.


O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqillik yo’lidagi dastlabki qiyin qadamlari institutsional va huquqiy o’zgarishlarni amalga oshirishdan boshlandi. Xususan, davlat byudjetining texnik ta’minoti Moliya vazirligi tasarrufida qoldirildi, standartlar, mezonlar, davlat byudjeti siyosati Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasini maxsus tuzilmalari vakolati doirasiga berildi.
Mustaqil O’zbekistonda davlat byudjetini qabul qilish va unga qonun kuchini berish mamlakat parlamenti – Oliy Majlis vakolatiga kiradi, Oliy Majlisning byudjet, moliya, bank ishi masalalari bilan shug’ullanadigan maxsus komissiyasi tashkil qilingan.
Davlat byudjetiga ham bir qator o’zgarishlar kiritildi. 1992 yilda davlat byudjetidan xorijiy valyuta, byudjeti mustaqil byudjet tarzida ajratildi. 1996 yilda xalqaro valyuta jamg’armasi taklifi bilan uning mustaqil byudjet bo’lishi bekor qilindi, xarajatlar esa umumiy byudjetda jamlashtiriladigan bo’ldi.
Ayni paytda nobyudjet maqsadli jamg’armalari yuzaga keldi. 1995 yildan ijtimoiy sug’urta jamg’armasi, ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi jamg’arma, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi jamg’armasi, yo’l jamg’armasi, O’zbekiston davlat jamg’armasi, moddiy-xom ashyo bazasini tiklash jamg’armasi, o’z-o’zini boshqarish mahalliy organlarining maxsus jamg’armalari ularning maqsadli yo’nalishi saqlangan holda O’zbekiston Respublikasining jamlanma byudjetiga kiritiladigan bo’ldi. 1999 yilda jamlanma byudjetga to’rtta nobyudjet jamg’arma – pensiya, ish bilan ta’minlashga ko’maklashish, yo’l va Davlat mulki qo’mitasining maxsus hisob-varag’i kiradi.
Davlat byudjetining tuzilmasi bozor islohotlarining barcha yo’nalishlarini aks ettirgan holda tubdan o’zgarmoqda, chunki davlat byudjeti davlatning moliya resurslari markazlashtirilgan jamg’armasini shakllantirish va taqsimlash borasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradigan bosh moliya rejasi hisoblanadi.
O’zbekistonda mustaqillikdan keyin davlat byudjetiga o’z ichki daromadlarini samarali safarbor etish yuz bermoqda. Bunday daromadlar summasi 1991 yildagi Ittifoq davlat byudjetidan berilgan rejali transfertlardan ortiqroqni tashkil etadi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini soliq tushumlari tashkil qiladi. Shu sababdan ham soliq tizimi rivoj topib bormoqda, Davlat soliq qo’mitasi tashkil qilindi, uning asosiy vazifasi davlat soliq siyosatini amalga oshirish, ya’ni soliqlar yig’ilishini ta’minlashdan iborat. Ayni paytda, Milliy bojxona xizmati ham barpo qilindi.
Davlat byudjetining daromad qismida quyidagi o’zgarishlar yuz berdi:



  • daromadlarni tasniflash o’zgartirildi (bevosita, bilvosita soliqlar, resurslar uchun to’lovlar va boshqalar);

  • oborotdan soliq o’rniga qo’shilgan qiymat solig’i va tor doiradagi tovarlar uchun aktsiz solig’i joriy qilindi, bu soliqlar 1992 yilda davlat byudjeti tushumlarining tegishlicha 27,4 va 27,5%ni ta’minladi, jami bo’lib esa soliq tushumlarining deyarli 55%ini tashkil qildi.

Yangi soliq turlari paydo bo’ldi:



  • yuridik shaxslar foydasiga soliqlar;

  • jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan foydasiga soliqlar;

  • mineral – xomashyo resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar;

  • bojxona bojlari.

Foyda solig’i kontseptsiyasi o’zgardi: 1992 yilda bu soliqqa korxonalar daromadlaridan undiriladigan soliq ham qo’shiladigan bo’ldi, bu esa tushumlar miqdorini ancha ko’paytirdi (shu modda bilan yig’ilgan umumiy soliqlar summasini 13%dan 17,6%ga oshirishga imkoniyat yaratdi).





  • mulk solig’i paydo bo’ldi, bu esa e’tirof etilgan xususiy mulk paydo bo’lganligining ifodasi edi.

  • soliq va nosoliq tushumlari nisbatida nosoliq tushumlari sari tuzilmaviy siljishlar yuz berdi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan klassik tizimdan farq qilgan holda O’zbekistonda byudjet moddalarining vazifa jihatidan tasniflash, ya’ni byudjet xarajatlarini yo’nalishlar bo’yicha bevosita taqsimlash saqlanib qoldi, klassik sxemada esa real va transfert xarajatlari alohida ko’rsatiladi.


Xarajatlar tuzilmasida quyidagi o’zgarishlar yuz berdi:



  • davlat xarajatlari, shu jumladan xarajatning yangi moddalari – mudofaa, tashqi iqtisodiy va tashqi siyosat faoliyat xarajatlari paydo bo’lishi natijasida ko’paydi. Xarajatlar tuzilmasida ham nisbatlar o’zgardi, xususan, iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qisqardi (shu jumladan yangi mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllarining paydo bo’lishi, davlatga qarashli xo’jalik yuritish sub’ektlari hissasining kamayishi), ayni paytda ijtisoiy-madaniy tadbirlar va ijtimoiy himoya uchun xarajatlar ko’paytirildi.

Mustaqil O’zbekistonning davlat byudjeti o’z taraqqiyoti yo’lida ikki bosqichni bosib o’tdi, bu bosqichlar fiskal (1991-1995 yillar) va noinflyatsion (1996 yildan hozirgacha) tarzda tavsiflanadi.


Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi g’oyat og’ir kechdi, chunki ma’muriy- buyruqbozlik, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish iqtisodiy tanglik (krizis) sharoitlarida amalga oshirildi. Davlat byudjeti daromadlarini pasayishga olib kelgan yalpi ichki mahsulotning keskin kamayib ketishi, shuningdek daromadlar va xarajatlarning samarasiz tuzilmasi ham byudjet taqchilligiga sabab bo’ldi.
Byudjet islohotlarini o’tkazish zarur bo’lib qoldi, uning birinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoitlar yaratilishi va keyingi barqaror iqtisodiy o’sish negizlari ta’minlanishi lozim edi.
Byudjet islohotlarida ko’yidagi vazifalarni hal qilish nazarda tutilgan:



  • yangi byudjet qonunchiligini yaratish;

  • soliq islohotini o’tkazish va byudjetning xarajat qismini restrukturizatsiyalash;

  • byudjet daromadlari va xarajatlarining balansligiga erishish.

Islohotlarning birinchi bosqichidagi byudjet siyosati iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayta qurish sharoitlarida davlat tomonidan barcha zarur xarajatlarni amalga oshirish uchun daromadlarni ta’minlashi zarur edi.


1995 yilda byudjet islohotlari davomida byudjet siyosatida yangi yo’nalishlar ishlab chiqildi, ular jamlanma byudjetlarni tuzishda amalga oshirila boshladi.
Shu davrda davlat byudjetining daromad va xarajat qismlarini restrukturizatsiyalash amalga oshirildi, byudjet qonunchiligi ishlab chiqildi. Pul islohoti milliy valyuta – “so’m”ni muamalaga
kiritish, pul muomalasini tartibga solish, pul-kredit siyosatini mustahkamlash byudjetning balansligi vazifalarini hal qilishga imkoniyat yaratdi.
Iqtisodiy o’sishning asoslari yaratildi. Byudjet rivojining bu bosqichi noinflyatsion bosqich tarzida tavsiflanadiki, uning davomida quyidagi vazifalarni hal qilish nazarda tutilgan edi:



  • balansli, mukammal bo’lgan byudjetni shakllantirish;

  • soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish va universallash;

  • byudjet xarajatlarini optimallashtirish, xususan xalq xo’jaligi tarmoqlarini qaytarib olinmaydigan moliyalashtirish amaliyotidan ularni investitsiyalashga o’tish;

  • byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish.

Xukumat bu vazifalarni xal qilish uchun investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash, xususiy kapital qo’yilmalari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, mulkdorlar huquqlarini ta’minlash siyosatini olib bormoqda. 1998 yilda O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. Bu kodeksda tadbirkorlik, ishbilarmonlik faolligi, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash soliq siyosatining ustuvor vazifasi ekanligi o’z ifodasini topgan.







1 Islom Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: “O’zbekiston”, 1999, 6 b. 2 Islom Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: “O’zbekiston”, 1999, 4 b. 3 Shu erda
4 Isloim Karimov O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: “O’zbekiston”, 1999, 5 b

  1. Download 157,29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish