Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi



Download 20,18 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi20,18 Kb.
#20430

Aim.uz

Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi

Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo'jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi, O'zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo'lib, korxonalari mustaqil xo'jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismiarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko'pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to'xtab qoldi. Shu boisdan, O'zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi.

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O'zbekiston iqtiso-diyotda tarkibiy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yoilaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat budjcti va aholi jamg'armalari hisobidan ajratildi. 1994-2003— yillarda iqtisodiyotgajalb etilganjami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

Xalq xo'jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsi-yasini jalb qilish choralari ko'rildi. «Chet el investitsiyaiari to'g'risida», «Chet ellik investorlarhuquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el invest is iyas in i O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investisiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliyava iqtisodiy tashkilotlar, qarzberuvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog'i— yildan-yilga o'sib bordi. 1994-2003— yiilarda respublika iqtisodiyotida o'zlashtirilgan chet el investitsiyaiari hajmi 14 mlrd. AQSH dolfarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2003— yilda 2087 taga yetdi. 2005— yilda oldingi yilga nisbatan iqtisodiyotga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 1,5 baravar ko'paydi.



Yoqilg'i mustaqilligi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqil]igiga erishishi yaqqol misoldir. 90—yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan, mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning tagzamini - mamlakatda 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni borligi edi.

Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quwatiga ega bo'lgan Ko'k-dumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996— yilga keiib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to'xtadi, neft mustaqiIIigiga erishildi. 1991— yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2000— yilda bu ko'rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrdatabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o'sdi. O'zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.



Mashmasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994— yilda barpo etilgan O'zbekiston-Isroil «O'zlz mash» qo'shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelii yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug'i, deb e'tirof etildi.

1992— yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996— yillarda Asaka shahrida «O'zDEU avto» zavodi barpo etildi va «Damas», «Tiko», «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 1996- yilda 25,3 ming, 1997- yilda 64,9 ming, 1998- yilda 54,4 ming, 1999- yilda 58,4 ming, 2004- yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «O'zDEU» zavodida 1999-2003— yillarda «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yoiga qo'yildi. O'zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «UzDEU avto» zavodi 10 yil (1996-2006— yil iyun) davomida 571580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.

Samarqandda avtobus va yuk mashinaiari ishlab chiqarishga ixti-soslashgan «Sam Koch avto» zavodi qurildi. 2000— yilda «Sam Koch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.

Respublikamizda avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchi o'nlab yangi korxonalar bimyod etildi. Hozirgi paytda «O'zDEU» zavodi uchun zarur bo'lgan butlovchi qismlarning 20 foizi O'zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda.

Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, O'zbekiston qishloq xo'jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo'jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o'tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida 2000— yilda 954 ta, 2001- yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo'lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.

Gaz-kimiyo va yengil sanoat. 1995— yil oktabroyida O'zbekiston bilan AQSH ning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o'rtasida Sho'rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi. Qurilish ishiari 1997-2001 - yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishida lmlrd. AQSH dollari hajmida sarmoya o'zlashtirildi. 2001— yil dekabrda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga i 25 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yengil va to'qimachilik sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanib bor-moqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O'zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to'qimachi», «Qabul-Farg'ona», «Oq saroy to'qimachi» qo'shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004— yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xafq ist'emol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o'rinlari yaratildi. Agar 1991— yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2004— yilda bu ko'rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.

Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo'ng'irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo'l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi.

Don musiaqilligi. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e'tibor berildi. Xo'jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo'ldilar. Respublikada don mustaqifligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo'li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog'i 1991— yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000— yilda 42 foizga o'sdi.

Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash yo'H izchillik bilan amalga oshirildi. Agar 1991— yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumladan, 609,5 ming tonna bug'doy tayyorlangan bo'lsa, 2003—yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bug'doy yetishtirildi. O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi.

Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.

Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o'zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalarberdi. 1991-2002— yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. 1990— yilda respublika bo'yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992— yilda 94,7 foizga, 1993— yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995— yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996— yildan boshlab barqaror o'sish ta'minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997— yilda 106,5 foizga, 1998- yilda 105,8 foizga, 1999- yilda 106,1 foizga, 2000- yilda 106,4 foizga, 2001- yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003- yilda 108,4 foizga, 2004- yilda 109,4 foiz, 2005— yilda 7,3 ga o'sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko'paydi, iste'mol buyumlari importi kamaydi.

Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995— yillarda pasayib bordi, 1996— yildan boshlab o'sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996- yilda YalM 101,7 foizga, 1997- yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999- yilda 104,4 foizga, 2000— yilda 104 foizga, 2001- yilda 104,5 foizga o'sdi. 2004-2005 yillarda bu ko'rsatkich 7 foizdan oshib bordi.

Natijada, 2001— yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991- yilga nisbatan 103 foiz o'sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo'lib O'zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko'rsatkichlari izchil o'sib borayotgan mamlakatdir. 2005— yilda iqtisodiyotning o'sish ko'rsatkichi 2000— yilga nisbatan 30,1 foizini 1991— yilga taqqoslaganda esa 28,2 foizni tashkil etdi. Natijada, O'zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 50 foizdan oshdi, tashqi savdoda 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishildi.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o'zgarib, aholi turmush saviyasi o'sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, izchil o'sish sur'atlari odamlar-ning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan-yilga yaxshila-nishiga zamin bo'lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi salmoqli darajada o'sdi. Birgina 1999— yilda 4,5 ming km gaz tarmog'i-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog'i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.

Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta'minlan-gan O'zbekiston Havo yo'llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mam-lakati bilan havo aloqalarini o'rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 mil-Hondan ko'p yo'lovchiga xizmat qildi.



Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rib borildi. Shu maqsadda, miqdori muntazam o'zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'fovlari keng qo'llanildi.

Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to'lovlar miqdori 2000— yilda 187,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Faqat 2000— yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari - mahalla yig'inlari orqali 54,2 mlrd. so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turarjoylar, 19,5 ming o'rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o'rinli maktablar, 15,3 ming o'rinli akademik litseylar, 126,5 ming o'rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va gazlashtirish bo'yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000— yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko'tarildi.

Yosh oilalarni qo'llab-quwatlash dasturi amalga oshirilmoqda.

Respublikada aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko'rsatishning rivoj-langan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.

Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatmoqda.

1994— yilda aholining dori-darmonga bo'Igan ehtiyoji respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo'g'i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003— yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko'rsatkich 25 foizgacha o'sdi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning bosh-qaruv tizimi tubdan o'zgartirildi, xo'jalik yiiritishning bozor iqtisodi-yotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o'tib oldi, makro-iqtisodiy va moliyaviy barqaroriikka erishildi, iqtisodiy o'sishni ta'min-lovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo'Igan munosabati tubdan o'zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o'ziga bog'lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko'payib bormoqda.




Aim.uz


Download 20,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish