O’quv qo’llanma


Byudjetni rejalashtirishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat



Download 157,29 Kb.
bet5/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

Byudjetni rejalashtirishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:





  • byudjet masalalarini yagona huquqiy normalar bilan tartibga solinishi;

  • byudjet mablag’lari yo’nalishining aniq adresli va maqsadli xarakteri;

  • yillik byudjetni rejalashtirishning uzluksizligi;

  • moliyaviy ko’rsatkichlarning (me’yorlar, soliq stavkalari, smetalar) barqarorligi;

  • balans usuli.

Byudjetni rejalashtirish davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjetni rejalashtirish turli darajadagi byudjetlarni tuzish va ijro etish tartibi, uning me’yoriy-


huquqiy bazasi va tashkiliy asosi tarzida byudjet jarayonini, shuningdek mamlakat byudjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi masalalarini ham o’z ichiga oladi. Byudjet bo’yicha rejalashtirish asoslari mamlakat konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi.
Byudjet jarayoni byudjetni rejalashtirishning asosiy shakli sifatida hokimiyat organlarining davlat byudjeti va unga kiradigan byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish, shuningdek ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni tasdiqlash bo’yicha qonun xujjatlari bilan tartibga solingan faoliyatidan iborat.
Byudjet jarayoni byudjet faoliyatining 4 bosqichini qamraydi:



  • byudjet loyihasini tuzish;

  • byudjetni ko’rib chiqish va tasdiqlash;

  • byudjetni ijro etish va uning ijrosini nazorat qilish;

  • byudjet ijrosi to’g’risida hisobot tayyorlash va uni tasdiqlash.

Byudjet orqali tartibga solish, ya’ni moliya resurslarini turli darajadagi byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlash byudjet jarayonining tarkibiy qismini tashkil qiladi.


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:



  • tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari loyihalarini tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar xokimlariga, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga;

  • byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet so’rovi yuboradi.

Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet so’rovi olingandan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjet loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari qarorlar qabul qilingandan keyin uch kunlik muddat ichida:



  • tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun tuman va shahar xokimlariga;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablag’lari olishga buyurtmalar tuzish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet so’rovlari yuboradi.

Viloyatga bo’ysinadigan shaharlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar xokimlari byudjet so’rovi olingandan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tarkibi va muddatlarini belgilash yuzasida qarorlar qabul qiladi.
Tuman va shahar xokimliklarining moliya organlari ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning byudjetlaridan byudjet mablag’lari olish asosli buyurtmalar tuzish uchun – shu shahar va tuman byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’larini oluvchilarga byudjet so’rovlari yuboradi.
Byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Kelgusi moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olishga buyurtmalar:



  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga;

  • Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan – joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar loyihalari quyidagi tartibda taqdim etiladi:





  • tumanlar va shaharlar xokimliklari moliya organlari tomonidan mahalliy xokimiyat vakillik organlari belgilangan tartibda va muddatlarda biroq joriy yilning 25 iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi va joriy yilning 15 sentyabrigacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti loyihasini byudjet mablag’lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalari va Davlat byudjetining tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi.


Kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasi:

  1. byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini;

  2. umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur byudjetlarning daromadlari, shu jumladan, byudjet dotatsiyalari va byudjet subventsiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini;

  3. Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining aylanma kassa mablag’i me’yori miqdorlarini;

  4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zahira jamg’armasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari zahira jamg’armalarining nazarda to’tilmagan xarajatlarini qoplashga tegishli byudjet mablag’lari yo’naltirilishi mumkin bo’lgan doiradagi miqdorlarini;

  5. Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;

  6. davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamg’armaning eng yuqori miqdorlarini o’z ichiga oladi.

Kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi yoki uning topshirig’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o’z ichiga olgan byudjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va 15-sentyabrgacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

  1. mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilga yakunlarining prognoz bahosi;

  2. o’tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;

  3. kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat byudeti loyihasini tuzishda asos bo’lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari;

  4. mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari loyihasi;

  5. mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga sharhlar;

  6. davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati to’g’risida ma’lumotlar;

  7. kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasi.

Byudjetnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Davlat byudjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Davlat byudjetiga muvofiq:



  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari – Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin ikki xaftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqolpog’iston Respublikasi Sho’qorg’i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyat vakillik organlari tomonidan;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari - Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin bir xaftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;

  • shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman bo’ysinuvidagi shaharlar byudjetlari belgilangan muddatlarda mahalliy xokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.

Davlat byudjeti daromadlari O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida” qonuni, soliq, bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlariga va boshqa qonunchilik xujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.


Davlat byudjeti mablag’lari tasdiqlangan byudjet ajratmalari doirasida, xarajatlar smetasiga muvofiq byudjet mablag’larini oluvchilar tomonidan moliya yili davomida bosqichma-bosqich, muayyan davrga va tegishli summaga tayinlash sertifikatini rasmiylashtirish yo’li bilan;



  • Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

  • Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjetdan yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha tegishli moliya organi tomonidan sarflanadi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


Davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankining topshirig’iga binoan bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda:



  • turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi;

  • turli darajadagi byudjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;

  • byudjet mablag’lari oluvchilardan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning tushumi va sarfi to’g’risida ma’lumotlarni talab qilib oladi;

  • qonun xujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag’lari xarakati to’g’risida ma’lumotlar oladi;

  • o’z vakolatlari doirasida byudjet mablag’lari oluvchilarning moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko’rib chiqadi.


Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’riisdagi hisobot O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to’g’risidagi hisobotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish