O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mamlakatlarni fath etuvchi tuzuklari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Mamlakatlarni fath etuvchi tuzuklari. 
Amir Temur mamlakatlarni fath etguvchi tuzuklarida baxtli 
farzandlari va jahonni idora etguvchi qudratli nabiralariga ma’lum 
qildiki, Tangri taolo dargohidan umidi shulki, ko‘plab farzandlari, 
avlodu zurriyotini saltanat taxtiga o‘tirg‘izib, mamlakatlarni idora 
etdi. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish bobida o‘zi qo‘llagan 
ishlarni bir necha Tuzukka bog‘ladi va saltanatni boshqarish haqida 
qo‘llanma yozib qoldirdi, toki farzandlari, avlodi va zurriyotidan 
bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritdi. Mehnatu 
mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan, Tangrining 
inoyatiyu hazrati Muhammadning, unga Tangrining marhamatlari va 
salomlari bo‘lsin, tole’i baland xalqining sharofati, onhazratning 
ulug‘vor avlodi, qimmatli sahobalariga beg‘araz muhabbati, do‘stligi 
orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqladilar. 


77 
Bu tuzuklardan saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida 
foydalandilar, toki Amir Temurdan ularga yetadigan davlat va saltanat 
zarar-u tanazzuldan omon bo‘lgay. 
Endi Amir Temurning nomdor baxtiyor farzandlari va 
mamlakatlarni zabt etguvchi iqtidorli nabiralariga yo‘l-yo‘rig‘i shulki, 
u o‘n ikki narsani o‘ziga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdi. 
Shu o‘n ikki tuzuk yordamida mamlakatni qo‘lida tutib, saltanatini 
boshqardi va saltanat taxtiga zeb-u ziynat berdi. Ular ham ushbu 
tuzukka amal qildilar. Amir Temurning va o‘zlarining davlatu 
saltanatlarini ehtiyot qilishlarini nasihat qildi. 
Tuzuklar jumlasidan o‘z davlati va saltanatiga bog‘lagan birinchi 
tuzugi shulki, Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning 
shariatiga dunyoda rivoj berdi. Har yerda va har vaqtda islom dinini 
qo‘llab quvvatladi. 
Ikkinchi (tuzuki) shulki, o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar 
bilan mamlakatni qo‘lida tutib, saltanatini boshqardi. Davlat, saltanat 
ustunlarini o‘shalar bilan quvvatlab, majlislarini shular bilan 
ziynatladi. 
Uchinchi (tuzuki) shulki, maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik 
va hushyorlik, ehtiyotkorlik bilan g‘anim qo‘shinlarini yengib, 
mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Saltanat ishlarini murosayu 
madora, muruvvat, sabr-toqat va chidam bilan yurgizdi. Ko‘p narsani 
bilib tursa ham o‘zini bilmaslikka soldi, do‘st-u dushman bilan 
murosayu madora qildi. 
To‘rtinchi (tuzugi)-davlat ishlarini to‘ra va tuzukka asoslangan 
holda boshqardi. To‘ra va tuzukka tayanib, saltanatda o‘z martaba va 
maqomini mustahkam saqlab turdi. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat, har 
biri o‘z lavozim va martabasidan mamnun holda xizmatida bo‘lib, 
undan ortig‘iga da’vogarlik qila olmadi. 
Beshinchi (tuzugi)-amirlar va askarlarni martaba-yu unvonlar, 
oltin-kumush bilan xushnud etdi. Bazmlarda ularga (munosib) o‘rin 
berdi, shuning uchun ular janglarda jonlarini fido qildilar. Dirham va 
dinorlarni ulardan ayamadi. Ularning yumushlarini yengillashtirish 
uchun mehnat-u mashaqqatlarini o‘ziga yukladi va ularni tarbiya etdi. 
Amirlar, sipohsolorlar, bahodirlar bilan ittifoq bo‘lib, ularning 
mardlig-u mardonavorligiga tayanib, shamshir zarbi bilan yigirma 
yetti podshohning taxtini egalladi. Eron, Turon, Rum, Mag‘rib, Shom, 
Misr, Iroqi arab, Iroqi ajam, Mozandaron, Gilon, Shirvon, 


78 
Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Jeta Dashti, Dashti qipchoq, Xorazm, 
Xo‘tan, Qobuliston, Boxtarzamin, Xindiston kabi mamlakatlarga 
podshoh bo‘lib, hukm surdi. 
Saltanat to‘nini kiygach, o‘z to‘shagida rohatda uxlash huzur-
halovatidan voz kechdi. O‘n ikki yoshidan jahongashtalik qismati 
bo‘ldi, ranj-u mehnatlar tortdi. Har xil tadbirlar qo‘lladi, (g‘anim) 
favjlarini sindirdi. Amirlar va askarlarning isyonlarini ko‘rdi, ulardan 
achchiq so‘zlar eshitdi. Lekin sabr-u bardosh bilan o‘zini eshitmagan, 
ko‘rmaganga solib, ularni tinchitdi. Qilich ko‘tarib jang maydoniga 
otildi va viloyatlar, mamlakatlarni bo‘ysundirib, dunyoda nom 
chiqardi. 
Oltinchi (tuzugi)
-
adolat va insof bilan Tangrining yaratgan 
bandalarini o‘zidan rozi qildi. Gunohkorga ham, begunohga ham 
rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardi. Xayr-ehson 
ishlari bilan odamlarning ko‘nglidan joy oldi. Siyosat va insof bilan 
sipohlarini, raiyatni umid va qo‘rqinch orasida tutib turdi. Fuqaro va 
qo‘l ostidagilarga rahmdillik qildi, askarlariga in’omlar ulashdi. 
Zolimdan mazlumning haqqini oldi. Zolim yetkazgan moddiy va 
jismoniy zararlarni isbotlaganidan keyin, uni shariatga muvofiq ikkisi 
o‘rtasida muhokama qildi va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga 
jabr-zulm yetkazmadi. 
Amir Temurga yomonliklar qilib, boshi uzra shamshir 
ko‘targanlar, ishiga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, agar ular iltijo 
bilan tavba-tazarru qilib kelsalar, hurmatlab, yomon qilmishlarini 
xotiradan o‘chirdi. Martabalarini oshirdi. Ular bilan muomalada 
shunday yo‘l tutdiki, agar xotiralarida unga nisbatan shubhayu 
qo‘rquv bo‘lsa, butunlay unutishar edi. 
Yettinchi (tuzugi)
-
sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil-u donolar, 
muhaddislar, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u 
hurmatlarini o‘rniga qo‘ydi. Shijoatli kishilarni do‘st tutardi, chunki 
Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi. Ulamo bilan suhbatda bo‘ldi 
va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindi. Bularning himmatlaridan 
ulush tilab, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos 
qildi. Darvish, faqir va miskinlarni o‘ziga yaqin tutdi, ularning 
ko‘ngillarini og‘ritmadi va biron talablarini rad etmadi. Buzuqi, og‘zi 
shaloq, g‘iybatchi odamlarni majlisiga yo‘latmadi, so‘zlariga amal 
qilmadi. Biror kimsaga nisbatan tuhmat-u g‘iybat qilsalar, quloq 
solmadi. 


79 
Sakkizinchi (tuzugi)-azm-u jazm bilan ish tutdi. Biror ishni 
bajarishni o‘ylasa, butun zehni, vujudi bilan berildi, bitirmagunicha 
undan qo‘lini tortmadi. Har neki desa, unga o‘zi amal qildi. Hech 
kimga g‘azab bilan qattiq muomalada bo‘lmadi va hech bir ishda 
tanglik qilmadi. Odam Atodan boshlab to Xotamgacha va undan to 
hozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning qonunlarini va turish-
turmushlarini donolardan so‘rab-surishtirdi. Har qaysilarining yo‘l-
yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini 
xotirasida saqladi va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan o‘rnak olib, 
ularga amal qildi. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini 
surishtirdi va davlat-u saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan 
saqlandi, naslni buzuvchi, ocharchilik, vabo kasali keltiruvchi zulmu 
buzuqchilikdan saqlanishni o‘ziga lozim bildi. 
To‘qqizinchi (tuzugi)-raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldi, ulug‘larini 
og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdi. Har yerning tabiati, 
har el va shaharning rasmu odatlaridan voqif bo‘lib turdi. Har bir o‘lka 
va shahar axlining ashrof-ulug‘lari bilan do‘st tutindi. Tabiatiga to‘g‘ri 
kelgan, o‘zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladi. Har bir 
diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdi. Har bir mamlakatning 
ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushini, qilish-
qilmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarni xatga bitib, unga bildirib 
turishlari uchun diyonatli, to‘g‘ri yozuvchi kishilarni belgiladi. 
Bordiyu egri yozganlari Amir Temurga bildirilsa, ularni jazoladi. 
Hokimlaru sipohdan qay birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini 
eshitsa, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdi. 
O‘ninchi (tuzugi)-turku tojik, arabu ajamning turli toifa va 
qabilalaridan bo‘lgan va o‘ziga nisbatan xayrixohlik qilgan 
kishilarning ulug‘lariga hurmat ko‘rsatdi, qolganlarini ham o‘z holiga 
yarasha siyladi. Yaxshilariga yaxshilik qildi, yomonlarini esa o‘z 
yomonliklariga topshirdi. 
Kim Amir Temurga do‘stlik qilsa qadrladi, do‘stligini unutmadi 
va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdi. Kimki uning 
xizmatini qilsa, uning xizmati haqqini ado etdi. Kimki Amir Temurga 
dushmanlik qilsa-yu, keyin pushaymon bo‘lib, iltijo bilan himoya 
istab, tiz cho‘kib huzuriga kelsa, dushmanligini unutib, muruvvat va 
do‘stlik ko‘rsatdi. Chunonchi, ulus amiri Sher Bahrom avval unga 
hamroh edi, boshiga ish tushganda uni tashlab ketdi va dushmanlariga 
qo‘shilib, unga qarshi qilich ko‘tardi. Oxiri bergan tuzim haqqi tiz 


80 
urib, yana iltijo qilib keldi. Asl er yigit ekani va jang-jadal bilan 
suyagi qotgan mardlardan bo‘lganligi sababli yomon ishlarining 
hammasidan ko‘z yumdi. Huzuriga kelgach, o‘zini hurmatlab, 
martabasini oshirdi. Uni mard-u mardonaligi uchun kechirdi. 
O‘n birinchi (tuzugi)-farzandlar, qarindoshlar, yor-u birodarlar, 
qo‘shnilar va Amir Temur bilan bir vaqtlar do‘stlik qilgan barcha 
odamlarni davlat-u ne’mat martabasiga erishganida unutmadi, (molu 
mulk va naqd pul bilan) haqlarini ado etdi. O‘z farzandlari, qavm-u 
qarindoshlaridan qarindoshlik mehrini uzmadi. Ulardan noravo ish 
o‘tgan bo‘lsa, darhol (qo‘l-oyog‘ini) bog‘lab, o‘ldirishga buyurmadi. 
Har kimni (turish-turmushning past-u balandlarida) turli yo‘llar bilan 
sinab bilib oldi va ularga shunga yarasha muomala qildi. Hayotning 
ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, ulardan saboq olib, tajribasini oshirdi. 
Shuning uchun do‘st-u dushman bilan kelishib yashadi. 
O‘n ikkinchi (tuzugi)-do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda 
sipoxlarni hurmat qildi, chunki ular boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy 
dunyo moli uchun sotadilar. O‘zlarini ma’raka-maydonga, halokatga 
otib, jonlarini qurbon qiladilar. 
Agar g‘anim sipohidan biror kimsa o‘z valine’matiga sidqidildan 
xizmat qilib, urush kunlarida unga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham, 
bunday odamga nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdi. Qoshiga (panoh 
istab) kelganda, uni qadrlab, ishonchini qozondi, vafodorligi va 
haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish