Saltanatni rivojlantirish yo‘lidagi kengashi.
Badaxshon
shohlari
Amir
Temur
itoatiga
kirgach,
Xuttalonga qarab yurdi. Bu mamlakatga kelgach, qaynog‘asi amir
Husaynning qo‘rsligidan Po‘lod Bug‘a va Sher Bahrom undan ajralib,
o‘z ulusiga ketib qolishgan edilar.
Amir Temur bu yerdan ko‘chib, Dashti ko‘lanka jilg’asiga borib
tushdim, u yerdan Jeta va Ilyos Xoja lashkarlari ahvolini bilib kelish
uchun ayg‘oqchilar jo‘natdi. Ular o‘n kundan keyin xabar keltirdilar,
74
Jeta amirlari: birinchisi-Kuch Temur Bekkichik o‘g‘li, ikkinchisi-
Temur No‘bkon, uchinchisi Sariq bahodir, to‘rtinchisi-Shingum,
beshinchisi-hojibekning inisi Tug‘luq Xoja yigirma ming otliq askar
bilan Xalotiy va Puli sangin oralig‘ida turgan edilar.
Ular Amir Temur turgan yer va lashkari qay ahvolda ekanligini
bilib kelish uchun oldiga elchi jo‘natdi. Elchini chalg‘itish maqsadida
lashkarni ikki marta qayta-qayta uning oldidan o‘tkaztirdi, so‘ng
elchiga ruxsat berdi.
Keyin kengash o‘tqazib, uning ortidan ketma-ket qo‘shin tortib
borishga qaror qildi. Lekin lashkarlar bu borada u bilan hamjihat
bo‘lmadi. Lashkarlarni atrofiga birlashtirish uchun ba’zilariga
muruvvat, mehribonlik qildi, boshqalari bilan kelishishga intildi, yana
bir guruhini esa molu dunyo bilan o‘ziga qaratib olmoqchi bo‘ldi.
Yaxshi so‘z, ahd-u paymon va va’dalar bilan qolganlarining ko‘ngliga
tasalli berdi.
Shu payt xabar keldiki, ilgari uing navkarlari bo‘lgan Tug‘luq
Sulduz va Kayxusrav Jetaning olti ming otliq askariga boshchilik
qilib, uning ustiga kelmoqda edilar. Bu xabar lashkarlar o‘rtasida
tarqalgach, ularning ittifoqsizligi yanada kuchayib, sarosimaga tushib
qoldilar. Lekin amir Jaku, Iygu Temur, amir Sulaymon va amir
Jaloliddin Amir Temurning yonida qoldilar.
Amir Temur saltanatning mustaqilligi va mustahkamligi
borasida kengashlar o‘tkazdi. Kengashlari o‘zini shavkatli, buyuk
amir deb hisoblagan va boshqa amirlardan ham ulug‘roq bilayotgan
amirlarni itoat ettirib, bo‘ysundirishga qaratilgandi.
Amir Temur Movarounnahrni urush-talashdan tinchitdi. Uning
qahramon askarlari to‘la kuch-quvvatga kirdi. Har tomonga Barlos
ulusining nomi va dong‘i taraldi. Amir Temurning himmati bilan
Chig‘atoy qo‘shinlari va tumanlarining ovozasi olamga yoyildi. Jami
elu xalq, qo‘shunot va tumonot hamda ko‘chmanchilar uning
hukmronligi ostiga o‘tdi.
Amir
Temur
Turonzamin
viloyatini
zabt
etib,
g‘animlar vujudining xas-xashagidan tozalaganidan keyin, ba’zi
uluslarning amirlari unga itoat bilan bosh egishni istamadilar va har
biri o‘z qabilalari oldida hech kimdan qo‘rqmasligini ko‘rsatmoqchi
bo‘lganday, kibr-u havoga berildilar. Amirlardan ba’zilari ularning
yonini olib, unga: «Bu davlatga barimiz sherik bo‘lganimizdan keyin,
ularni ham davlatga sherik deb bilaylik»,-dedilar. Lekin ularning
75
gaplari Amir Temuring saltanat yuritishidagi g‘ayratiga ta’sir qilmadi.
O‘z-o‘zicha: «Xudo bitta, uning sherigi yo‘qdir. Shunday bo‘lgach,
Olloh taoloning muqaddas mulki-yer yuziga egalik qiladigan podshoh
ham bitta bo‘lishi kerak»,-deb o‘ylar edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |