87
Ikkinchidan
,
sipoh-u raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqladi.
Do‘st-dushmanni murosa-yu madora martabasida tutdi. Qilmishlarini,
aytgan gaplarini sabr-toqat va chidam bilan o‘tkazdi. Do‘st-
dushmandan kimki menga iltijo qilib kelsa, do‘stlarga shunday
muomala qildiki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday
munosabatda bo‘ldiki, ularning dushmanligi do‘stlikka almashdi.
Amir Temurda biron kimsaning haqi bo‘lsa,
haqini hech vaqt
unutmadi. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsa, uni hech vaqt nazaridan
chetda qoldirmadi. Davlati va saltanati quyoshi ko‘tarilib kelayotgan
vaqtda unga iltijo qilib kelgan yaxshi-yomon odamlar, xoh yaxshilik,
xoh yomonlik qilgan bo‘lsin, saltanat taxtiga o‘tirganidan keyin ularni
xayr-ehsonlari bilan xijolatga qo‘ydi. O‘zini ularning yomonliklarini
unutgandek tutib, yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdi.
Uchinchidan, hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadi. Tuzini
totib, unga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdi. Ish
ko‘rgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshida tutdi.
Sofdil kishilar,
sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohi doim ochiq edi. Nafsi yomon
himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisidan quvib yubordi.
To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘ziga
rom qildi. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga
intildi.
Shu paytda piridan xat keldi. Ular bunday yozibdilar: «Buyuk zafarlar
sohibi Amir Temurga, Olloh uni hamisha qo‘llasin, ma’lum
bo‘lsinkim, (uning) saltanati korxonasi Tangri taolo korxonasining bir
(kichik) nusxasidurki, unda turli mansabdagi xodim va xizmatkorlar,
noiblar, eshik og‘alari bordir, ularning har
biri martabasiga yarasha
o‘z yumushi bilan mashg‘uldir, hech biri o‘z martabasidan chetga
chiqmaydi va doimo Ollohning amriga muntazir turadi. Shunday ekan,
sen hamisha hushyor va ehtiyotkor bo‘l, toki vazirlar, lashkarboshilar,
amaldorlar, ish yurituvchilar, sipohsolorlardan hech biri o‘z martabasi
chegarasidan chiqmasun va doimo sening hukmingni kutib turishsun.
Har toifa va har qavmni o‘z martabalarida tutginki, (bu bilan)
saltanating nizomga kelib, davlat intizomga kirgay. Agar har narsani
va har kimni o‘z
martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan
ko‘p xalal-u ziyon yetgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan
mavqeini, har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga
muvofiq ish yuritishing kerak.
Saltanatini o‘n ikki toifadagi kishilar bilan mustahkamladi.
88
Saltanatining martabasi bo‘lmish to‘ra-tuzuklar va qonun-
qoidalarni ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdi. Bu o‘n ikki toifani
saltanati falakining o‘n ikki burji va davlati korxonasining o‘n ikki oyi
deb hisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: