O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Sakkizinchidan, 
saltanat ishlarida, sipoh-u raiyatga bog‘liq 
masalalarda boshqalarning so‘z va fe’liga qarab ish tutmasin. Vazirlar, 
amirlar biron kimsa haqida yaxshi-yomon so‘z aytar ekanlar, eshitsin. 
Lekin amal qilishda butun haqiqat ayon bo‘lmaguncha 
shoshmay, mulohaza bilan ish tutsin. 
To‘qqizinchidan, 
podshoh haybati sipoh-u raiyat ko‘nglida 
shunday o‘rnashgan bo‘lishi kerakki, uning amr-farmoniga hech kim 
qarshilik qilishga jur’at etolmasin; itoat va tobe’lik qilsin, isyon 
ko‘tarmasin. 
O‘ninchidan, 
podshoh nima qilsa, o‘z erkicha qilsin, nima desa 
o‘z so‘zida qat’iy tursin, chunki podshohlarning hukm hurmatidan 
boshqa bahramandliklari yo‘kdir. Xazina, lashkar, raiyat, saltanat-
bularning barisi uning hukmi bilandir. 
O‘n birinchidan, 
saltanat ishlarida, hukm yurgizishda podshoh 
o‘zini yagona bilib, hech kimni o‘ziga saltanat sherigi qilmasin. 
O‘n ikkinchidan, 
podshoh majlis ahlidan ogoh va hushyor 
bo‘lsinkim, ular ko‘pincha ayb axtarib, gapni tashqariga tashiydilar, 
podshohning so‘zidan, ishidan vazirlarga, amirlarga xabar berib 
turadilar. Masalan, shunga o‘xshash bir voqea Amir Temurning o‘zi 
bilan (ham) ro‘y bergandi. Uning xos majlisidagi bir qancha 
suhbatdoshlari vazirlar va amirlarining josuslari bo‘lib chiqqandi. 
Mamlakatni idora qilish tuzuklari 
Din-u shariat ishlari tuzukini tartibga keltirganidan keyin, 
saltanat ishlarining tuzukini tuzishga kirishdi. Saltanat ishlarini qonun 
va qoidalar, to‘ra va tuzukka solib, saltanati martabayu e’tiborini 
saqladi. Saltanat obro‘-martabasini saqlash tuzuklari quyidagilardir. 
Birinchidan, saltanati 
qonun-qoidalarini 
islom 
dini 
va 
kishilarning eng xayrlisi (hazrati Muhammad)ning shariatiga bog‘lab, 
izzat-u hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga 
muhabbat bildirish asosida tuzdi. Saltanat martabasini to‘ra va 
tuzuklar asosida shunday saqladiki, uning ishlariga aralashishga hech 
bir kimsaning qurbi yetmasdi. 


87 
Ikkinchidan

sipoh-u raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqladi. 
Do‘st-dushmanni murosa-yu madora martabasida tutdi. Qilmishlarini, 
aytgan gaplarini sabr-toqat va chidam bilan o‘tkazdi. Do‘st-
dushmandan kimki menga iltijo qilib kelsa, do‘stlarga shunday 
muomala qildiki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday 
munosabatda bo‘ldiki, ularning dushmanligi do‘stlikka almashdi. 
Amir Temurda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt 
unutmadi. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsa, uni hech vaqt nazaridan 
chetda qoldirmadi. Davlati va saltanati quyoshi ko‘tarilib kelayotgan 
vaqtda unga iltijo qilib kelgan yaxshi-yomon odamlar, xoh yaxshilik, 
xoh yomonlik qilgan bo‘lsin, saltanat taxtiga o‘tirganidan keyin ularni 
xayr-ehsonlari bilan xijolatga qo‘ydi. O‘zini ularning yomonliklarini 
unutgandek tutib, yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdi. 
Uchinchidan, hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadi. Tuzini 
totib, unga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdi. Ish 
ko‘rgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshida tutdi. Sofdil kishilar, 
sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohi doim ochiq edi. Nafsi yomon 
himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisidan quvib yubordi. 
To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘ziga 
rom qildi. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga 
intildi. 
Shu paytda piridan xat keldi. Ular bunday yozibdilar: «Buyuk zafarlar 
sohibi Amir Temurga, Olloh uni hamisha qo‘llasin, ma’lum 
bo‘lsinkim, (uning) saltanati korxonasi Tangri taolo korxonasining bir 
(kichik) nusxasidurki, unda turli mansabdagi xodim va xizmatkorlar, 
noiblar, eshik og‘alari bordir, ularning har biri martabasiga yarasha 
o‘z yumushi bilan mashg‘uldir, hech biri o‘z martabasidan chetga 
chiqmaydi va doimo Ollohning amriga muntazir turadi. Shunday ekan, 
sen hamisha hushyor va ehtiyotkor bo‘l, toki vazirlar, lashkarboshilar, 
amaldorlar, ish yurituvchilar, sipohsolorlardan hech biri o‘z martabasi 
chegarasidan chiqmasun va doimo sening hukmingni kutib turishsun. 
Har toifa va har qavmni o‘z martabalarida tutginki, (bu bilan) 
saltanating nizomga kelib, davlat intizomga kirgay. Agar har narsani 
va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan 
ko‘p xalal-u ziyon yetgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan 
mavqeini, har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga 
muvofiq ish yuritishing kerak. 
Saltanatini o‘n ikki toifadagi kishilar bilan mustahkamladi. 


88 
Saltanatining martabasi bo‘lmish to‘ra-tuzuklar va qonun-
qoidalarni ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdi. Bu o‘n ikki toifani 
saltanati falakining o‘n ikki burji va davlati korxonasining o‘n ikki oyi 
deb hisobladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish