Saltanatni o‘z tasarrufida saqlash uchun tuzgan tuzuklari.
Amir Temur o‘n ikki tuzukni o‘ziga shior qilib olganidan keyin
katta ishonchu salobat bilan saltanat taxtiga o‘tirdi. O‘z tajribasidan
sinab bildiki, agar qay bir podshoh shu o‘n ikki narsaga ega bo‘lmas
ekan, saltanatdan bebahra qolur.
Birinchidan,
podshoh o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini o‘zi bilib
qilsin, ya’ni sipoh va raiyat podshoning aytgan so‘zini, qilgan ishini
85
o‘zi aytadi, o‘zi qiladi, hech kimning bunga daxli yo‘q, deb bilsin.
Shunday bo‘lgach, podshoh biror kimsaning saltanat martabasiga
sherik bo‘lgudek qilib aytgan gapiga va qilgan ishiga ergashmasin.
Garchi yaxshi so‘zni hammadan ham eshitish zarur bo‘lsada, lekin
boshqalar so‘zda va saltanat ishlarida podshohga sherik yoxud undan
ustun bo‘lmasliklari shart.
Ikkinchidan, s
ulton har narsada adolatparvar bo‘lsin, qoshida
insofli, adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo‘lsa, odil
vazir uning chorasini topsin. Ammo agar vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt
o‘tmay saltanat uyi qulaydi. Chunonchi, amir Husaynning zolim bir
vaziri bor edi. U sipohu raiyatga nohaq jarimalar solar edi. Oradan
ko‘p vaqt o‘tmay o‘sha noinsof vazirning shumligidan amir
Husaynning saltanat uyi xarob bo‘ldi.
Uchinchidan,
butun mamlakatda buyruq va taqiqlashlar
podshohning o‘z ixtiyorida bo‘lishi lozim. Podshoh har ishda o‘zi
hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o‘zgartira
olmasin.
To‘rtinchidan,
podshoh o‘z qarorida qat’iy bo‘lsin, ya’ni har
qanday ishni qilishga qasd qilar ekan, uni bekor etmasin va to
bitirmagunicha undan qo‘l tortmasin.
Beshinchidan,
podshoh hukmi joriy etilishi zarur, ya’ni qanday
hukm chiqarishidan qat’i nazar, amalga oshirilishi kerak. Biron kimsa
garchi hukmni zararli deb bilgan bo‘lsa ham, unga monelik
qilolmasin.
Chunonchi,
eshitganmanki,
sulton
Mahmud
G‘aznaviy G‘azna shahri maydoniga katta toshni keltirib qo‘yishni
buyurgan ekan. Undan o‘tkinchi-ketkinchilarning ot-ulovlari hurkib
o‘ta olmay qolibdi. Shunda odamlar tosh yo‘l bo‘yidan olib tashlansa,
deb sulton huzuriga qanchalik arz-shikoyat qilib borishmasin, sulton:
«Chiqargan hukmimdan qaytmayman, unga xilof biron ish ham
qilmayman», -degan ekan.
Oltinchidan,
podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib,
erkni unga berib qo‘ymasinkim, dunyo bevafo xotin kabi, uning
xushtori ko‘pdir. Agar shunday qilar ekan, o‘zganing nafsi tez orada
podshoh bo‘lishni tilab, saltanat taxtini o‘zi egallashga kirishadi.
Chunonchi, sulton Mahmudga xoinlik qilgan vazirlar uni saltanat
taxtidan tushirib, taxtni o‘zlari egalladilar. Shunday bo‘lgach, saltanat
ishlarini ishonchli va mo‘’tabar bir necha kishiga bo‘lib berish lozim.
86
Shunda har biri o‘z ishiga bog‘lanib, saltanat taxtiga ko‘z olaytira
olmaydi.
Yettinchidan,
saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitsin,
har kimdan fikr olsin. Lekin qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil
xazinasida saqlab, vaqtida ishlatsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |