O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

To‘rtinchidan,
ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘ziga 
rom qildi. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga 
intildi. 
Shu paytda xat keldi. Undalar bunday yozilgan: «Buyuk zafarlar 
sohibi Amir Temurga, Olloh uni hamisha qo‘llasin, ma’lum 
bo‘lsinkim, (uning) saltanati korxonasi Tangri taolo korxonasining bir 
(kichik) nusxasidurki, unda turli mansabdagi xodim va xizmatkorlar, 
noiblar, eshik og‘alari bordir, ularning har biri martabasiga yarasha 
o‘z yumushi bilan mashg‘uldir, hech biri o‘z martabasidan chetga 
chiqmaydi va doimo Ollohning amriga muntazir turadi. Shunday ekan, 
sen hamisha hushyor va ehtiyotkor bo‘l, toki vazirlar, lashkarboshilar, 
amaldorlar, ish yurituvchilar, sipohsolorlardan hech biri o‘z martabasi 
chegarasidan chiqmasin va doimo uning hukmini kutib turishsin. Har 
toifa va har qavmni o‘z martabalarida tutish kerakki, saltanatning 
nizomga kelib, davlat intizomiga kirsin. Agar har narsani va har kimni 
o‘z martabasida saqlay olmasa, saltanatning bundan ko‘p xalal-u 
ziyon yetadi. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeyini, 
har narsaning o‘lchovini belgilab olish va shunga muvofiq ish yuritish 
kerak. 


82 
(Hazrati) Muhammad avlodidan bo‘lganlarning martabasini 
boshqalardan yuqori ko‘tarib, ularning izzat-hurmatini o‘rniga qo‘ydi. 
Ularga qancha ko‘p muhabbat bildirsa ham, uni isrof deb o‘ylamai, 
chunki qaysi ish xudo yo‘lida bo‘lsa, unda isrof yo‘qdir. O‘n ikki toifa 
bilan davlatga ziynat berib, shular bilan saltanat qurdi. 
Saltanat ishlarini tartib-intizomga solib, saltanat martabasiga 
to‘ra va tuzuk bilan zeb-u ziynat berdi. Saltanatni o‘n ikki toifadagi 
kishilar bilan mustahkamladi. 
Saltanat martabasi bo‘lmish to‘ra-tuzuklar va qonun-qoidalarni ham 
shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdi. Bu o‘n ikki toifani saltanat 
falakining o‘n ikki burji va davlati korxonasining o‘n ikki oyi deb 
hisobladi. 
Birinchi toifa
-sayyidlar, ulamo, shayxlar va fozillarni o‘ziga 
yaqinlashtirdi. Ular Amir Temurning saroyiga doimo kelib-ketib, 
majlislarini bezab turishardi. Diniy, huquqiy, aqliy masalalarni o‘rtaga 
tashlab, qimmatli fikrlar bildirishardi. Halol va haromga oid 
masalalarni ulardan o‘rgandi. 
Ikkinchi toifa
-aqlli kishilar va kengash sohiblari, ehtiyotkor, 
qat’iyatli arboblar, keyinni o‘ylab, olisni ko‘rib ish yurituvchi, keksa 
va tajribali kishilarni xos majlisiga kiritib, ularning suhbatlaridan, 
ishlaridan naf olib, tajribalar hosil qildi. 
Uchinchi toifa
-duogo‘y kishilarni qadrladi. Xilvatda ulardan 
duolar tilab, istaklarining bajo etilishini o‘tinib so‘rardi. Majlislarda, 
yig‘inlar, bazmlar va jang maydonlarida ulardan ko‘p barakotlar topdi. 
Chunonchi, Amir Temurning lashkari To‘xtamishxon lashkarining 
ko‘pligini ko‘rib sarosimaga tushib qolganda, sohibi duo bo‘lmish 
Mirziyouddin Sabzavoriy boshidan sallasini oldi, qo‘llarini duoga 
ochib Tangridan zafar tiladi. Hali duosi tugamay, duo ta’siri ko‘rindi 
va lashkari yog‘iyni qochirdi. 
Yana bir misol shulki, saroyi haramidagilardan biri qattiq betob 
bo‘lib, o‘limi yaqinlashdi. Duogo‘y sayyidlardan o‘n ikki kishi 
yig‘ilishib keldilar. Har biri o‘z umridan bir yilni unga bag‘ishladi va 
u sog‘ayib yana o‘n ikki yil umr ko‘rdi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish