Mamlakatlarni fath etuvchi tuzuklari.
Amir Temur mamlakatlarni fath etguvchi tuzuklarida baxtli
farzandlari va jahonni idora etguvchi qudratli nabiralariga ma’lum
qildiki, Tangri taolo dargohidan umidi shulki, ko‘plab farzandlari,
avlodu zurriyotini saltanat taxtiga o‘tirg‘izib, mamlakatlarni idora
etdi. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish bobida o‘zi qo‘llagan
ishlarni bir necha Tuzukka bog‘ladi va saltanatni boshqarish haqida
qo‘llanma yozib qoldirdi, toki farzandlari, avlodi va zurriyotidan
bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritdi. Mehnatu
mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan, Tangrining
inoyatiyu hazrati Muhammadning, unga Tangrining marhamatlari va
salomlari bo‘lsin, tole’i baland xalqining sharofati, onhazratning
ulug‘vor avlodi, qimmatli sahobalariga beg‘araz muhabbati, do‘stligi
orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqladilar.
77
Bu tuzuklardan saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida
foydalandilar, toki Amir Temurdan ularga yetadigan davlat va saltanat
zarar-u tanazzuldan omon bo‘lgay.
Endi Amir Temurning nomdor baxtiyor farzandlari va
mamlakatlarni zabt etguvchi iqtidorli nabiralariga yo‘l-yo‘rig‘i shulki,
u o‘n ikki narsani o‘ziga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdi.
Shu o‘n ikki tuzuk yordamida mamlakatni qo‘lida tutib, saltanatini
boshqardi va saltanat taxtiga zeb-u ziynat berdi. Ular ham ushbu
tuzukka amal qildilar. Amir Temurning va o‘zlarining davlatu
saltanatlarini ehtiyot qilishlarini nasihat qildi.
Tuzuklar jumlasidan o‘z davlati va saltanatiga bog‘lagan birinchi
tuzugi shulki, Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning
shariatiga dunyoda rivoj berdi. Har yerda va har vaqtda islom dinini
qo‘llab quvvatladi.
Ikkinchi (tuzuki) shulki, o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar
bilan mamlakatni qo‘lida tutib, saltanatini boshqardi. Davlat, saltanat
ustunlarini o‘shalar bilan quvvatlab, majlislarini shular bilan
ziynatladi.
Uchinchi (tuzuki) shulki, maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik
va hushyorlik, ehtiyotkorlik bilan g‘anim qo‘shinlarini yengib,
mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Saltanat ishlarini murosayu
madora, muruvvat, sabr-toqat va chidam bilan yurgizdi. Ko‘p narsani
bilib tursa ham o‘zini bilmaslikka soldi, do‘st-u dushman bilan
murosayu madora qildi.
To‘rtinchi (tuzugi)-davlat ishlarini to‘ra va tuzukka asoslangan
holda boshqardi. To‘ra va tuzukka tayanib, saltanatda o‘z martaba va
maqomini mustahkam saqlab turdi. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat, har
biri o‘z lavozim va martabasidan mamnun holda xizmatida bo‘lib,
undan ortig‘iga da’vogarlik qila olmadi.
Beshinchi (tuzugi)-amirlar va askarlarni martaba-yu unvonlar,
oltin-kumush bilan xushnud etdi. Bazmlarda ularga (munosib) o‘rin
berdi, shuning uchun ular janglarda jonlarini fido qildilar. Dirham va
dinorlarni ulardan ayamadi. Ularning yumushlarini yengillashtirish
uchun mehnat-u mashaqqatlarini o‘ziga yukladi va ularni tarbiya etdi.
Amirlar, sipohsolorlar, bahodirlar bilan ittifoq bo‘lib, ularning
mardlig-u mardonavorligiga tayanib, shamshir zarbi bilan yigirma
yetti podshohning taxtini egalladi. Eron, Turon, Rum, Mag‘rib, Shom,
Misr, Iroqi arab, Iroqi ajam, Mozandaron, Gilon, Shirvon,
78
Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Jeta Dashti, Dashti qipchoq, Xorazm,
Xo‘tan, Qobuliston, Boxtarzamin, Xindiston kabi mamlakatlarga
podshoh bo‘lib, hukm surdi.
Saltanat to‘nini kiygach, o‘z to‘shagida rohatda uxlash huzur-
halovatidan voz kechdi. O‘n ikki yoshidan jahongashtalik qismati
bo‘ldi, ranj-u mehnatlar tortdi. Har xil tadbirlar qo‘lladi, (g‘anim)
favjlarini sindirdi. Amirlar va askarlarning isyonlarini ko‘rdi, ulardan
achchiq so‘zlar eshitdi. Lekin sabr-u bardosh bilan o‘zini eshitmagan,
ko‘rmaganga solib, ularni tinchitdi. Qilich ko‘tarib jang maydoniga
otildi va viloyatlar, mamlakatlarni bo‘ysundirib, dunyoda nom
chiqardi.
Oltinchi (tuzugi)
-
adolat va insof bilan Tangrining yaratgan
bandalarini o‘zidan rozi qildi. Gunohkorga ham, begunohga ham
rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardi. Xayr-ehson
ishlari bilan odamlarning ko‘nglidan joy oldi. Siyosat va insof bilan
sipohlarini, raiyatni umid va qo‘rqinch orasida tutib turdi. Fuqaro va
qo‘l ostidagilarga rahmdillik qildi, askarlariga in’omlar ulashdi.
Zolimdan mazlumning haqqini oldi. Zolim yetkazgan moddiy va
jismoniy zararlarni isbotlaganidan keyin, uni shariatga muvofiq ikkisi
o‘rtasida muhokama qildi va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga
jabr-zulm yetkazmadi.
Amir Temurga yomonliklar qilib, boshi uzra shamshir
ko‘targanlar, ishiga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, agar ular iltijo
bilan tavba-tazarru qilib kelsalar, hurmatlab, yomon qilmishlarini
xotiradan o‘chirdi. Martabalarini oshirdi. Ular bilan muomalada
shunday yo‘l tutdiki, agar xotiralarida unga nisbatan shubhayu
qo‘rquv bo‘lsa, butunlay unutishar edi.
Yettinchi (tuzugi)
-
sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil-u donolar,
muhaddislar, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u
hurmatlarini o‘rniga qo‘ydi. Shijoatli kishilarni do‘st tutardi, chunki
Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi. Ulamo bilan suhbatda bo‘ldi
va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindi. Bularning himmatlaridan
ulush tilab, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos
qildi. Darvish, faqir va miskinlarni o‘ziga yaqin tutdi, ularning
ko‘ngillarini og‘ritmadi va biron talablarini rad etmadi. Buzuqi, og‘zi
shaloq, g‘iybatchi odamlarni majlisiga yo‘latmadi, so‘zlariga amal
qilmadi. Biror kimsaga nisbatan tuhmat-u g‘iybat qilsalar, quloq
solmadi.
79
Sakkizinchi (tuzugi)-azm-u jazm bilan ish tutdi. Biror ishni
bajarishni o‘ylasa, butun zehni, vujudi bilan berildi, bitirmagunicha
undan qo‘lini tortmadi. Har neki desa, unga o‘zi amal qildi. Hech
kimga g‘azab bilan qattiq muomalada bo‘lmadi va hech bir ishda
tanglik qilmadi. Odam Atodan boshlab to Xotamgacha va undan to
hozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning qonunlarini va turish-
turmushlarini donolardan so‘rab-surishtirdi. Har qaysilarining yo‘l-
yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini
xotirasida saqladi va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan o‘rnak olib,
ularga amal qildi. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini
surishtirdi va davlat-u saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan
saqlandi, naslni buzuvchi, ocharchilik, vabo kasali keltiruvchi zulmu
buzuqchilikdan saqlanishni o‘ziga lozim bildi.
To‘qqizinchi (tuzugi)-raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldi, ulug‘larini
og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdi. Har yerning tabiati,
har el va shaharning rasmu odatlaridan voqif bo‘lib turdi. Har bir o‘lka
va shahar axlining ashrof-ulug‘lari bilan do‘st tutindi. Tabiatiga to‘g‘ri
kelgan, o‘zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladi. Har bir
diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdi. Har bir mamlakatning
ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushini, qilish-
qilmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarni xatga bitib, unga bildirib
turishlari uchun diyonatli, to‘g‘ri yozuvchi kishilarni belgiladi.
Bordiyu egri yozganlari Amir Temurga bildirilsa, ularni jazoladi.
Hokimlaru sipohdan qay birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini
eshitsa, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdi.
O‘ninchi (tuzugi)-turku tojik, arabu ajamning turli toifa va
qabilalaridan bo‘lgan va o‘ziga nisbatan xayrixohlik qilgan
kishilarning ulug‘lariga hurmat ko‘rsatdi, qolganlarini ham o‘z holiga
yarasha siyladi. Yaxshilariga yaxshilik qildi, yomonlarini esa o‘z
yomonliklariga topshirdi.
Kim Amir Temurga do‘stlik qilsa qadrladi, do‘stligini unutmadi
va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdi. Kimki uning
xizmatini qilsa, uning xizmati haqqini ado etdi. Kimki Amir Temurga
dushmanlik qilsa-yu, keyin pushaymon bo‘lib, iltijo bilan himoya
istab, tiz cho‘kib huzuriga kelsa, dushmanligini unutib, muruvvat va
do‘stlik ko‘rsatdi. Chunonchi, ulus amiri Sher Bahrom avval unga
hamroh edi, boshiga ish tushganda uni tashlab ketdi va dushmanlariga
qo‘shilib, unga qarshi qilich ko‘tardi. Oxiri bergan tuzim haqqi tiz
80
urib, yana iltijo qilib keldi. Asl er yigit ekani va jang-jadal bilan
suyagi qotgan mardlardan bo‘lganligi sababli yomon ishlarining
hammasidan ko‘z yumdi. Huzuriga kelgach, o‘zini hurmatlab,
martabasini oshirdi. Uni mard-u mardonaligi uchun kechirdi.
O‘n birinchi (tuzugi)-farzandlar, qarindoshlar, yor-u birodarlar,
qo‘shnilar va Amir Temur bilan bir vaqtlar do‘stlik qilgan barcha
odamlarni davlat-u ne’mat martabasiga erishganida unutmadi, (molu
mulk va naqd pul bilan) haqlarini ado etdi. O‘z farzandlari, qavm-u
qarindoshlaridan qarindoshlik mehrini uzmadi. Ulardan noravo ish
o‘tgan bo‘lsa, darhol (qo‘l-oyog‘ini) bog‘lab, o‘ldirishga buyurmadi.
Har kimni (turish-turmushning past-u balandlarida) turli yo‘llar bilan
sinab bilib oldi va ularga shunga yarasha muomala qildi. Hayotning
ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, ulardan saboq olib, tajribasini oshirdi.
Shuning uchun do‘st-u dushman bilan kelishib yashadi.
O‘n ikkinchi (tuzugi)-do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda
sipoxlarni hurmat qildi, chunki ular boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy
dunyo moli uchun sotadilar. O‘zlarini ma’raka-maydonga, halokatga
otib, jonlarini qurbon qiladilar.
Agar g‘anim sipohidan biror kimsa o‘z valine’matiga sidqidildan
xizmat qilib, urush kunlarida unga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham,
bunday odamga nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdi. Qoshiga (panoh
istab) kelganda, uni qadrlab, ishonchini qozondi, vafodorligi va
haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |