Sho`ro mustamlakachiligi davrida Qoraqalpog'iston
XX asrning boshlarida o`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, qoraqalpoqlar ham o`z boshlaridan juda katta ijtimoiy-siyosiy larzalarni kechirdilar. Ayniqsa, 1917yil oktabr to`ntarishidan so`ng o`lkada bolshevikcha sho`ro hokimiyati mustamlakachiligining o`matilishi, 1923—1924-yillarda o`rta Osiyoda amalga oshirilgan adolatsiz milliy-davlat chegaralanishi siyosati va undan keyingi yillarda xalqimiz boshi uzra o`ynatilgan ulug` davlatchilik siyosati qoraqalpoq xalqining ham tarixida ayancWi va dahshatli iz qoldirdi.
Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, o`rta Osiyoda o`tkazilgan milliy davlat chegaralanishi sho`rolar tomonidan zo`rlik yo`li bilan o`tkazilgan va «bo'lib tashla, hukumronlik qil» degan ulug` saltanatchilik maqsadlariga xizmat qiluvchi tadbir edi. Qolaversa, 1924—1936-yillar o`rtasida sho`ro mustamlakachilari Qoraqalpog`istonni u respublikadan bu respublikaga o`tkazib, ushbu hududda yashab kelayotgan xalqlar taqdiriga bepisandlik bilan munosabatda bo`ldilar. 1924yilda Qozog`iston ASSR tarkibida Qoraqalpog`iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo`linadigan To'rtko'1, Chimboy, Xo`jayli va Qo`ng`irot okruglaridan iborat edi.
1925-yil 12—19-fevralda To`rtko`l shahrida Muxtor viloyat Sho`rolarning 1-Ta'sis qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda Qoraqalpog`iston Muxtor viloyatining Qozog`iston ASSR tarkibiga «o'z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.
Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e'tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o`zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo`g`i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan.
Oradan 8 yil o`tar-o`tmas Qoraqalpog`iston Muxtor viloyatini yana «O'z ixtiyoriga ko'ra» Qozog`iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog`iston Muxtor Sho`ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug`ildi. Bu qo`lbola zaruriyat Qoraqalpog`iston viloyati Ijroiya Qo`mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bo`lib o`tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog`istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo`mitasi Prezidumidan Qorqalpog`iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho`ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish so'ralsin».
Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog`iston Muxtor viloyati Qoraqalpog`iston Muxtor Sho`ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi.
Ammo oradan yana bor-yo`g`i 4 yil o`tar-o`tmas Qoraqalpog`iston Muxtor Sho`ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan O`zbekiston Sho`ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bo`ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR o`rtasida umumiy chegaralar yo`qligi «asos» bo`ldi. 1936yil may pyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasida QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib, O`zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko`zda tutilgan edi.
Butunittifoq Sho`rolarining 1936-yil 5-dekabrda bo`lib o`tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan O`zbekiston SSR Konstitutsiyasida QQASSRning O`zbekiston Sho`ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.
Qoraqalpog`iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O`zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og`alarcha yelkadosh bo`lib yashab kelmoqdalar.
Sobiq Ittifoq parchalangandan so`ng mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o`zbek xalqi o`rtasida do`stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo`yi kengliklarida qadimdan o`zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda xashab, mehnat qilishdi. o`zlarining taraqqiyot yo`llarini bosib o`tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og`a-inichilik fazilatlarini ko`rsatdilar, o`zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o`zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bo`lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
O`zbekiston tarkibida o`tgan salkam 70 yillik davr mobaynida qoraqalpoq xalqi o`z taqdirini o`zbek xalqi taqdiri bilan bog`ladi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy va ma'rifiy sohalarda o`zbek xalqining beg`araz va og`alarcha yordamidan bahramand bo`ldi. Sho`ro mustamlakachiligi yillarida o`zbek xalqi boshiga tushgan og`ir kulfat va musibatlar qoraqalpoq xalqini ham chetlab o`tmadi.
Biroq, yaqin qo`shnichilik, qardoshlik va do`stlik har ikki xalq uchun qanchalik qismatli bo`lmasin, yaqin qo`shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan o`tib, og`ir kunlarda eng ishonchli omil bo`lib xizmat qildi. Natijada, Sho`ro hokimiyati yillaridagi og`ir mustamlakachilik, ma'muriy boshqaruv usuli, shovinistik milliy siyosat o`zbek va qoraqalpoq xalqlari munosabatlariga rahna sololmadi.
Aksincha, ular bir necha o`n yilliklar mobaynida to`planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o`z an'analaridan unumli foydalanish yo`lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko`rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o`zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do`stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo`ldi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sho`rolar davrida amalga oshirilgan adolatsiz milliy siyosiy va ulug` davlatchilik shovinizmi, faqat «ulug` og`a»lar manfaatiga xizmat qilardit xolos. Bu shiorlar kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti va ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo`lgan e'tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog`iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo`lgan o`lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to`plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog`liq bo`lgan jiddiy muammolar paydo bo`ldi.
Mustaqillik sharofati tufayli to`planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo'1 tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan o`zbek va qoraqalpoq xalqlari o`z taqdirlarini abadiy birlikda ko`rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma'nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o`zbek xalqi ko`magida erishdi va o`zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekamu ko`st amalga oshadigan bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |