O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Saltanatning dastlabki davrlarida qilingan kengashi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Saltanatning dastlabki davrlarida qilingan kengashi. 
Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar, hadis ilmi 
olimlari va tarixshunoslarni sara va e’tiborli kishilar deb hisoblab, 
hurmat izzatlarini o‘rniga qo‘ydim. Shijoatli kishilarni do‘st tutdim, 
chunki Tangri taolo jasur kishilarni yoqtiradi. Olimlar bilan suhbatda 
bo‘ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpinib yashadim. 
Darvesh, faqir va miskinlarni (bechoralarni) o‘zimga yaqin tutdim, 
ularning ko‘ngillarini oldim, biron talablarini rad etmadim. Buzuqi, 
og‘zi shaloq, g‘iybatchi odamlarni majlislarimga yo‘naltirmadim. 
So‘zlariga amal qilmadim. Biron kimsa xususida tuhmat-u g‘iybat 
qilsalar, quloq solmadim. 
Biron ishni qilishni o‘ylasam, butun zehnim va vujudim bilan 
bog‘lanib, uni bitirmagunimcha undan qo‘l uzmadim. Har neki desam, 
unga amal qildi. Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomalada 
bo‘lmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki tangri taoloning 
g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, ahvolimni tang etmasin, 
deb. Odam Atodan boshlab Muhammad payg‘ambargacha, undan to 
hozirgi kungacha o‘tgan sultonlarning qonunlarini va turish-
turmushlarini donolardan so‘rab surishtirdim. 
Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlarini, qilish-
qilmishlarini va aytgan gaplarini xotiramda saqladim, yaxshi xulq-


72 
atvorlari, ma’qul sifatlaridan o‘rnak olib, ularga amal qildim. 
Davlatlarining 
tanazzulga 
(buzilishga) 
uchrashi 
sabablarini 
surishtirdim va davlat va saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan 
saqlandim. Asli buzuvchi, ocharchilik va vabo kasali keltiruvchi zulm 
va buzuqchiliklardan saqlanishni o‘zimga lozim, deb topdim. 
Raiyyat ahvolidan ogoh bo‘ldim. Ulug‘larini ota qatorida, 
kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el-yurt 
va shaharning rasmu odatlari va mijozidan voqif bo‘lib turdim. Har bir 
yurt va shahar aholisining ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Ularning 
mijozlari va tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarini ularga 
hokim qilib tayinladim. Har bir mamlakat xalqining avlodidan ogoh 
bo‘lib turdim. Har bir mamlakat ahvolini, sipoh va raiyyatning 
kayfiyatini, turish-turmushini, qilish qilmishlarini, o‘rtalaridagi 
aloqalarini xatga bitib, menga bildirib turishlari uchun diyonatlik, 
to‘g‘ri so‘z kishilarni belgiladim. Bordi-yu, egri yozganlari menga 
ma’lum bo‘lib qolsa, ularni jazoladim. Hokimlar va sipohdan qaysi 
birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan 
darhol adolat va insof yuzasidan chora ko‘rdim. 
Turku tojik, arab-u ajamning turli toifa va qabilaridan bo‘lgan va 
xizmatimga kirgan kishilarning ulug‘lariga izzat ikrom ko‘rsatdim, 
qolganlarini ham o‘z holiga yarasha siyladim. Yaxshilarga yaxshilik 
qildim, yomonlarni o‘z yomonliklariga topshirdim. 
Kim menga do‘stlik qilsa qadrladim, xizmatini unutmadim va 
unga muruvvat, ehson, izzat-u ikrom ko‘rsatdim. Kimki xizmatimni 
qilsa, xizmatini haqini berdim. Kimki menga dushmanlik qilsa-yu, 
keyin pushaymon bo‘lib, iltijo qilib, himoya istab, huzurumga kelib tiz 
cho‘ksa, dushmanligini unutib, muruvvat va do‘stlik qildim. 
Farzandlar, qarindoshlar, yor-u birodarlar, qo‘shnilar va men 
bilan bir paytlar do‘stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne’mat 
martabasiga erishganimda unitmadim, molu mulk va naqt pul bilan 
haqlarini ado etdim. O‘z farzandlarim, qavm-u qarindoshlarimdan 
qarindoshlik mehrini uzmadim. Ulardan noravo ish o‘tgan bo‘lsa ham 
darhol qo‘l-oyog‘ini bog‘lab o‘ldirishga buyurmadim. Turli yo‘llar 
bilan sinab, bilib oldim va ular bilan shunga yarasha muomala qildim. 
Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, ulardan saboq oldim, 
tajribamni oshirdim. Shu sababdan, do‘stu dushman bilan kelishib 
yashadim. 


73 
Do‘stu dushmanligiga qaramay, hamma yerda sipohiylarni 
hurmat qildim, chunki ular boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy dunyo 
moli uchun sotadilar, o‘zlarini jang maydoniga, halokatga otib, 
jonlarini qurbon qiladilar. 
Agar dushman sipohiyidan biron kimsa o‘z valine’matiga, ya’ni 
non-tuz bergan sohibiga sidqidildan xizmat qilib, urush kunlarida 
menga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa, unday odamga nisbatan lutf-
marhamat ko‘rsatdim. Panoh istab qoshimga kelganda, uni qadrlab 
ishonchini qozondim, vafodorligi va haqqoniy xizmat qilishiga 
ishondim. 
Qaysi bir sipohiy tuz-non haqqi va vafodorlikni unutib, xizmat 
paytida o‘z egasidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan bo‘lsa, 
unday odamni o‘zimga eng yomon dushman, deb bildim. Chunonchi, 
To‘xtamishxon bilan bo‘lgan urushdan uning amirlari menga har xil 
xabarlar va shikoyatlar yozib, o‘z hukmdori, ya’ni mening dushmanim 
bo‘lmish To‘xtamishxonning non-tuz haqqini unutdilar. Vafodorlik va 
haqiqatni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib, mening huzurimga panoh 
izlab kelgan edilar, ularni la’natladim va o‘zimcha “bular o‘z sohibiga 
vafo qilmagandan keyin, menga vafo qilarmidilar”, deb o‘yladim. 
Shunday qilib, davlat agar din-u qonun asosiga qurilmas ekan, 
unday saltanatning shukuhi (ulug‘ligi), qudrati va tartibi yo‘qoladi. 
Bunday saltanat yap-yalang‘och odamga o‘xshaydirkim, uni ko‘rgan 
har qanday odam undan yuzini olib qochadi. Yoki u har turli qalang‘i-
qasang‘ilar tap tortmay kirib-chiqadigan tomsiz, eshigi va qo‘sig‘i 
yo‘q uyga o‘xshaydi. 
Shu sababdan, men o‘z saltanatim binosini islom dini, tura va 
tuzuk (qonun-qoida) asosida mustahkamladim. Baxtiyor farzandlarim, 
qudratli nabiralarimga va bir kuni saltanat teppasiga keladigan 
zurriyotmga saltanat ko‘rish, davlat tutish bobida shularni yozib 
qoldirdim. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish