O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Turon zaminini mug‘ullar qoldiqlaridan tozalash uchun qilingan



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Turon zaminini mug‘ullar qoldiqlaridan tozalash uchun qilingan 
va boshqa kengashlar.
Amir Temur Jeta va Ilyos Xoja lashkarini Movarounnahrdan 
quvib, Xo‘jand daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib yuborgan 
bo‘lsa ham, mo‘g‘ullarning ba’zi favjlari Movarounnahr qal’alarida 
mustahkam joylashib olgan edilar. Avvaliga ularni bostirish uchun 
lashkar qismlarini yubormoqchi bo‘ldi, biroq mabodo bu ish cho‘zilib 
ketsa degan fikr uni tashvishga soldi. 
Shu orada Amir Temurga mo‘g‘ullar qal’alarga yashirinib 
olganlari haqida xabar keldi. Lashkar qismlarini u yerga yuborish 
to‘g‘ri bo‘lmas, deb (boshqa) chora izlay boshladi. So‘ngra Ilyos Xoja 
nomidan qal’adagilarga qarata yorlig‘ yozib, urushsiz topshirishlarini 
buyurdi. Yorliqni bir mo‘g‘ul qo‘liga tutqazib, unga hamroh qilib 
lashkarining bir qismini jo‘natdi. Askarlariga chang-to‘zon ko‘tarib, 
o‘zlarini g‘animga ko‘pday qilib ko‘rsatishni buyurdi. Ilyos Xojaning 
talabi yozilgan yorlig‘ g‘animlar qo‘liga tegib, lashkarlari ko‘targan 
chang-to‘zonni ko‘rishgach, tun qorong‘usida qal’alarni tashlab 
qochdilar. Xullas, Movarounnahr tuprog‘i Amir Temurni o‘ldirishga 
qasd qilgan o‘sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman uning 
qo‘liga o‘tdi. 
Qarindoshlik hurmati uchun Balx bilan Hisori Shodmon 
viloyatlarini amir Husaynga tortiq etdi. U esa bu ehsonu muruvvatni 
nazariga ilmay, Amir Temurni mahv etishga qasd qildi. Amir Temur 
ham o‘z-o‘zi bilan kengashib, amir Husaynni o‘rtadan ko‘tarishga 
qaror berdi. 
Amir Husayn Amir Temur qo‘lga kiritgan g‘alaba va yutuqlarni 
ko‘rolmay, hasad ichini kemirib, unga va haramidagi o‘z singlisiga 
ko‘p ozor berdi. U Movarounnahrni Amir Temurdan tortib olishga, 
uni esa o‘ldirib, taxtga o‘zi o‘tirishga bel bog‘lagan edi. O‘rtada necha 
bor urushlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsada, barchasida yengildi. Uning 
adolatsizligi, insof-sizligi haddidan oshgan, Amir Temurni yengish va 
o‘ldirishiga oz qolgan vaqtlar ham bo‘ldi. Aynan shu vaqtda qo‘rsligi, 
yomon yo‘l tutishi tufayli amirlari undan yuz o‘girdilar. Xuttalon 


76 
hokimi amir Kayxusravning inisini sababsiz qatl ettirdi. Oqibatda, 
amir Kayxusrav ham Xuttalonda unga dushman bo‘lib qoldi. 
Amirlari (anchadan beri) undan norozi bo‘lib, adovat sakdar 
edilar, u esa ularni o‘z tarafdori deb bilardi. Shu sababli yana Amir 
Temurni tor-mor keltirib, mahv etish qasdida qarorgohini Balx 
chekkasidagi bir joyga ko‘chirdi. Bu xabarni eshitishi bilan amir 
Husayn harakatga kelmasdan burun, ustiga bostirib borishga qaror 
qildi. Bor lashkari bilan Balx sari yuzlandi. Yo‘lda har yoqdan zafarli 
lashkar favjlari kelib Amir Temurga qo‘shildilar va Balx atrofiga 
borib tushdilar. Amir Husayn qarshi chiqib, Amir Temur bilan jang 
qildi. Oxiri qochib qal’aga kirib oldi. So‘ngra boshiga nima kelgan 
bo‘lsa, o‘z qilmishi tufayli ko‘rgiligini ko‘rdi. 
1365-yilda amir Husayn Samarqandda Amir Temurga yaqin bir 
necha beklarni isyon ko‘tarishda ayblab, ularga katta jarima soladi. 
Amir Temur bisotidagi bor oltin va javohirlarni, shuningdek, xotini 
Uljay Turkon oqaning qimmatbaho taqinchoqlarini ham qo‘shib, 
tovonga to‘laydi. 
1366-1370-yillar davomida Amir Temur va amir Husayn 
o‘rtasida muttasil ravishda o‘zaro urushlar bo‘lib turgan. 
Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylar o‘z 
«Zafarnoma»larida amir Husaynning ochiq jangdan qochib ichkari 
qal’aga yashiringani, 1370-yil aprelda qo‘lga olingani va o‘ldirilgani 
voqeasini batafsil bayon etganlar. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish