Temuriylar davlatida fan va rassomlikning rivojlantirilishi.
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va musiqa
madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad,
Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi
atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh
Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va
boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz
ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali
Mashhadiy
A.Navoiy
va
H.Boyqaroning
ko‘plab
bebaho
qo‘lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan.
Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo‘ja Xofiz, Sa'diy
Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz
adabiyotimiz daholarining ko‘plab asarlari ham uning betinim sa'y-
harakatlari bilan ko‘chirilib, avlodlarga armug‘on etilgan.
65
Tasviriy san'atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx
Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari
alohida ko‘zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar,
portretlar, tabiat manzaralari yoxud jang tafsilotlari o‘zining tabiiyligi
bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o‘g‘li) Boysunqur Mirzo
homiyligida bunyod topgan o‘ziga xos badiiy akademiya rolini
o‘ynagan, uning Nigoristonida ijod qilgan ko‘plab mo‘yqalam
sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli
tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, hind xalqi eposi
«Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning
«Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan
tasvir-u bezaklar hanuzga qadar ham o‘z ahamiyatini saqlab
kelmoqda.
Musawirlik san'atinmg tengi yo‘q yulduzi Kamoliddin Behzod
(1455-1537) ijodi ham Temuriylar davri san'atining yuqori cho‘qqisi
hisobfanadi. Uning mo‘yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar,
chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va
Absol», Sa'diyning «Bo‘ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa»
asarlariga ishlangan miniatura namunalari yoxud Hirotdagi «Bog‘i
Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go‘r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va
shunga o‘xshash rassomchilik asarlari bu tug‘ma ijodkor iste'dodining
yuksak mahorati namunalaridir.
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida
o‘rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida xalq
qo‘shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganiigini qayd etiladi. Bular -
tuyuq, changchi, Uirkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu
kabilar. Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida mashhur
bo‘lgan siymolardan biri Abduqodir Go‘yanda (1334-1435) bo‘lib,
uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri
musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o‘rni benihoya katta bo‘lgan.
Hirot musiqashunoslari o‘z ijodlarida Navoiyning she'r va
g‘azallaridan keng iiodiy foydalanganlar.
Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin
sahifasini turkiy (eski o‘zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan
bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy
imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi.
66
Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoir-u adiblar ijod maydoniga
kirib kelib, o‘z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur
xazinasiga salmoqli hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |