O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Amir Temurning “ Yetti yillik” yurishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Amir Temurning “ Yetti yillik” yurishi.
Amir Temurning 1399 - 1404-yillarda olib borgan harbiy 
yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek 
(Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi 
Arabning Ubuliston oʻlkasi (qadimgi Kappadokiya) bilan Bagʻdod, 
shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etildi. Anqara jangida Amir 
Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan 
gʻalaba qozondi. Turkiya sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini 
serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga 
tushdilar. Amir Temur Anadoluni egallab, Oʻrta Yer dengizning 
sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning 
Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey 
dengizida joylashgan Xios va Lesbos olkalaridagi Genuya 
mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz 
itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir 
shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga 


57 
yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina 
Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina 
karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib 
kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning 
vafotidan soʻng (1403yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan 
boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning 
toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi 
viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning 
poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi 
suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning 
poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini 
boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. 
XIV asrning 90-yillarida sulton Boyazid 1 Yildirim Kichik 
Osiyoning janubida, Sivas va Malatya shaharlarini bosib oldi. 
Shundan keyin u Amir Temurning vassallari - Arzinjon va Arziruma 
hukmdorlaridan usmoniylar xazinasiga o‘lpon yigishni talab qildi. 
Sohibqiron mojaroni elchilik yo‘li bilan hal qilish uchun sultonga 
xat yubordi. Boyazid 1 xatga qo‘pollik bilan rad javobini berdi. 
Sultonning javobi Amir Temurni gazabga keltirdi va u Sivas va 
Malatya shaharlarini bosib oldi. 
Shundan keyin 1400-yilda Sohibqiron o‘z nazarini Misrga tobe 
bo‘lgan Suriyaga qaratdi. Misr mamluklari usmoniylar bilan yaxshi 
munosabatda edilar va kerak bo‘lgan paytda turklarga harbiy yordam 
ko‘rsatishlari mumkin edi. Shuning uchun Amir Temur o‘z 
qanotlarida qudratli ehtimoliy dushmanni qoldira olmas edi. Amir 
Temur Misr qo‘shinlarini tor-mor etdi va Damashqni bosib oldi. 
Shu bilan birga u Boyazid 1 ga xat yuborishda davom etdi. 1402-
yilning bahorida Boyazid 1 bilan Amir Temur o‘rtasidagi 
munosabatlar yana yomonlasha boshladi. Boyazidning javobini 
kutmasdan Amir Temur hujumga o‘tishga qaror qildi. Bo‘lajak 
yurishning katta ahamiyatini, qiyinchiligini va turk sultoni bilan 
kurashni hisobga olib, u Movarounnahrdan yordam kuchlarini 
jo‘natilishiga buyruq berdi. 
Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi to‘rt davrda olib borildi. 
Qo‘shin 1402-yilning may oyida yurishni boshladi. U Sharqiy 
Anatoliyadagi Kemaks qal’asini qamal qildi. Bu qal’a Tog’ 
daryosining qirg’og’ida joylashgan edi. Qal’aning devori mustahkam 
va baland bo‘lib, uning birinchi tomoni daryoga taqalgan, ikkinchi 


58 
tomoni esa vodiyga tutashgan edi. Vodiy daryo irmog‘i bilan tutashib 
ketganligi uchun unga chiqib borishning imkoni yo‘q edi. Qal’aning 
qolgan ikki tomonini tepaliklar himoya qilib turardi. 
Qal’ani qamal qilishni Amir Temur taxtning vorisi Muhammad 
Sulton qo‘mondonligidagi Movarounnahrdan yetib kelgan qo‘shinga 
topshirdi. Qal’ani qamal qilish 1402-yilning may-iyun oylarida 
o‘tkazildi. Sohibqiron qal’aga o‘tish qiyin bo‘lgan vodiydan borishga 
qaror qildi. Uning buyrug‘iga asosan daraxtlarni kesib vodiyni 
o‘tinlar, shox-shabbalar bilan to‘ldirilda va uni yer bilan barobar qilib 
tekisladilar. Qal’a himoyachilari maxsus tuzlardan, ko‘mir va 
oltingugurtdan tayyorlangan yonuvchi aralashmani daraxtlar va shox-
shabbalar bilan birga yoqib yubordilar. Shundan keyin Sohibqiron 
jangchilarga vodiyni katta-katta toshlar bilan to‘ldirishni buyurdi. 
Jangchilar narvonlar va arqonlar yordamida qal’a devorlariga ko‘tarila 
boshladilar. Qamaldagilar asirga tushishga majbur bo‘ldilar. 
Kemaks qal’asini egallaganidan keyin Amir Temur jangchilari 
Sivasga harakatni boshladi. 
Sivas cho‘llarida Amir Temur o‘z odatiga ko‘ra har doimgidek 
katta jangdan oldin qo‘shinning ko‘rigini o‘tkazdi. Tarixchilarning 
guvohlik 
berishicha, 
«Hamma 
jangchilar 
o‘sha 
davrning 
takomillashgan qurol-yarog‘iga ega: chavandozning boshidan otning 
tuyog‘igacha sovutlar bilan himoya qilingan edi». Bu hol Amir 
Temurning jangchilari yevropalik ritsarlardek qurol-yarog‘lar va 
himoya anjomlariga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi. Endigina 
Movarounnahrdan etib kelgan shahzoda Muhammad Sulton 
qo‘shinining anjomlari boshqacha bo‘lib, ular turli xil rangda bo‘lgan. 
Qo‘shinning ko‘rigi paytida sulton Boyazidning elchilari ham 
ishtirok etdi. Bu ko‘rik elchilarda katta tasavvur uyg‘otdi. 
Sivasdan Amir Temur Toqat yo‘nalishiga dushmanni qidirib 
topish va Qizil-Irmoq daryosidagi kechuv joylarini egallash uchun 
razvedkachilarni jo‘natdi. Razvedka Anqaraning shimolida turk 
qo‘shinlarini yig‘ilayotganligini aniqladi. 
Razvedkaning ma’lumotiga ko‘ra, Toqatga eltuvchi yo‘l 
o‘rmonning ichidan o‘tgan bo‘lib, juda tor edi. Buning ustiga Qizil-
Irmoq daryosidagi kechuv joylari turklar tomonidan egallangandi. 
Boyazid qo‘shinining asosini piyodalar, Amir Temur armiyasini esa-
otliqlar tashkil etdi. Shuning uchun Amir Temur o‘zi uchun noqulay 
joyda jang qilmaslikka qaror qildi. Turk sultonining qo‘shinini hiyla 


59 
bilan tog‘li, o‘rmonli joydan chiqarish, hamda Qizil-Irmoq 
daryosidagi kechuv joyini turk qo‘shinlari qo‘riqlamayotgan yeridan 
kechib o‘tish uchun Amir Temurning qo‘shini Kesariyaga yo‘l oldi. 
Boyazid Amir Temurning yurishini aynan mana shu o‘rmon 
yo‘lidan kutdi. Pozitsiyani egallab, u jangga tayyorgarlik ko‘rdi. 
Tajribali Amir Temur chalg‘ituvchi manyovrni amalga oshirdi, u 
kichik bo‘linmalarni o‘rmon yoqasida qoldirdi, qo‘shinning 
to‘xtashini imitatsiya qildi, qolganlarni so‘qmoq yo‘ldan Anqara 
tomonga olib ketdi. 
Boyazid 1 qo‘shinining harakatlarini kuzatish uchun Kirsheirdan 
razvedka otryadi chiqddi (1000 chavandoz). 
Amir Temur dushman to‘dasida yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi 
bilar edi. Otliq qo‘shinni ta’qib qilish Boyazid 1 ning piyodalarini 
toliqtirishini hisobga olgan Amir Temur, o‘z qo‘shinini dushman 
tomonidan ta’qib qilishga majbur etishga qaror qildi. Boyazid 1 
qo‘shinni Brussa shahridan ajratib tashlash uchun Amir Temur Anqara 
shahrini qamal qildi. Buning natijasida turk qo‘shinlari tekislikka 
chiqishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Amir Temur Anqara qamalini 
kechib, ortga o‘tdi va lager qurib uni mustahkamladi. 
Amir Temurning lageri kichik bir daryoning qirg‘og‘ida 
joylashgan bo‘lib, daryo lagerning orqa tomonidan oqib o‘tar edi. 
Lagerning atrofida xandaklar qazildi. Sulton Boyazid 1 o‘zi uchun 
noqulay holatdan hujumga o‘tishga majbur bo‘ldi. Turklar tomonidagi 
yagona buloq Amir Temur jangchilari tomonidan buzib tashlandi, 
shuning uchun sultonning qo‘shini suv tanqisligiga duchor bo‘ldi. 
Buning ustiga sultonning qo‘shini yaqin orada maosh olmaganligi va 
uning orasida noroziliklar kelib chiqqanligi Amir Temurga ma’lum 
bo‘ldi. 
Anqara yaqinidagi jangda turk qo‘shinining tor-mor etilishi sharq 
tarixchilarining ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temurning qo‘shini 
250 mingdan 350 mingtagacha jangchilar va 32 ta jangovar fillar 
bo‘lib, turk qo‘shinlari 120-200 ming jangchini tashkil etgan. Hozirgi 
tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda Amir Temurning qo‘shini 
140-160 ming kishini, 32 ta jangovar fillarni, turk qo‘shinlari esa 70 
ming atrofida jangchini tashkil etgan. 
1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida
 
sulton Boyazidning turk 
qo‘shinlari va Amir Temur qo‘shini o‘rtasida o‘rta asrning eng yirik 
janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. Amir Temur armiyasining jangovar tartibi 


60 
o‘ng va chap qanotlardan, ularning avangardlari va markazdan tashkil 
topdi. Ularning oldida bir nechta qatorda kamonchilar va 32 ta 
jangovar fillar olov uloqtiruvchilar bilan saflangan. Markazning ortida 
shaxsan Amir Temurning qo‘mondonligi ostida saralangan qo‘shindan 
tashkil topgan zaxira bo‘lib, Amir Temurning qo‘shini qudratli 
qanotlarga va kuchli zaxiraga ega edi. 
Boyazid 1 o‘z qo‘shini jangovar tartibining front ortini tog‘larga 
taqab, o‘ng qanotga chekinishga mos qilib yaratdi. Turklarning o‘ng 
qanoti Osiyoliklar qismlaridan, jumladan tatarlarning qo‘shinlaridan 
tashkil topdi, ularning orasida sultonning siyosatidan norozi kishilar 
talaygina edi. Sulton qo‘shining chap qanotini serb qiroli Lazarning 
jangchilari egalladi. Bu jangchilar boshlaridan oyoqlarigacha ritsarlik 
sovutlari bilan himoya qilingan edilar. Qo‘shinni ikkinchi qatorining 
ortida front ortining markazida sultonning o‘zi rahbarligidagi zaxira 
joylashdi. Usmoniylar qo‘shini jangovar tartibining markazi kuchli, 
qanotlari esa kuchsiz bo‘ldi. 
Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy 
kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari garb tomonga 
chekina boshladi. Amir Temur qo‘shinlari yanicharlarni qurshovga 
olishni osonlik bilan oxiriga yetkazdilar, ularni yanchib tashladilar, 
Boyazidni esa asirga oldilar. 
Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinlarining qolgan-
qutganlarini ta’qib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini 
ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib 
keldi. Sulaymon o‘zining kichik bir otryadi bilan kemalarga o‘tirib 
suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi. 
Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tor-mor etganidan keyin 
Amir Temur qo‘shini turk qo‘shinlarining qolgan-qutganlarini ta’qib 
qildi va Kichik Osiyoning O‘rta Yer dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi. 
Ko‘pgina shaharlar va qal’alar jangsiz taslim bo‘ldi. Faqat Smirna 
shahrida yashayotgan xristianlar qarshilik ko‘rsatishga qaror qildilar. 
Dekabr oyida qal’ani qamal qilish boshladi. Buning uchun qamal 
qilish, olov va tosh uloqtiruvchi qurollar yig‘ildi. Dengiz tomonidan 
bo‘ladigan hujumni qaytarish, kemalardan himoya qilish uchun 
yog‘ochdan to‘siqlar qurildi. Qal’a himoyachilari qat’iy qarshilik 
ko‘rsatdilar. Amir Temur yer ostidan yo‘l qazishni buyurdi. Qamal 
qiluvchilar tez-tez bir birlarini almashtirib qazib turdilar. Yer ostidan 
qazilgan yo‘l tayyor bo‘lganidan keyin uning ichiga neftga pishitib 


61 
olingan o‘tinlar yoqildi. Buning natijasida qal’a devorlari qulab tushdi 
va jangchilar qal’aga bostirib kirdilar. Smirnaning egallanishi bilan 
Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy safar tugadi. 
Amir Temurning harbiy san’ati haqida gap borganda, uning 
armiyasidagi taktika va strategiya qat’iyligi bilan ajralib turishini 
alohida ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Bu kurashning strategik 
asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari 
va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi. 
Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butunlay bosib olish 
niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq 
mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi 
tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmoniy turklar 
davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini 
choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba 
bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 - 1422), Angliya 
qiroli Genrix IV (1399 - 1407) tabriklab, unga maxsus maktub 
yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygonayotgan Yevropaga 
ulkan xavf solib turgan Usmoniy turklar davlatiga zarba berib, butun 
Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish