O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


"Buyuk amir" sifatida saylanishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

"Buyuk amir" sifatida saylanishi. 
XIV-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan 
nihoyatda ogʻir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, 
kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan 
koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. 
Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha 
harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. 
Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, 
savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyandi. Amir 
Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni 
avvalo, ichki gʻanimlaridan boshladi. 1370-yil bahorida Amir Temur 


48 
amir Husaynga qarshi yoʻlga chiqdi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo 
qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir 
Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta 
nogʻora - tabl bilan yalov -bayroq tortiq qildi. 
Shubhasiz, bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u 
saltanat ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning 
uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeyida u amir va noʻyonlari 
bilan kengash oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha 
davr qonun-qoidalariga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan 
Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga oʻtqazildi. 
Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay 
yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni 
koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qoʻshinlari 
yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng, 1370-yilning 10-aprelida Balx 
shahri Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl 
etildi. Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning 
chingiziylardan boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk 
xonimni oʻz nikohiga oldi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan 
Amir Temur "koʻragon", yaʼni "xonning kuyovi" unvonini oldi. 
1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, 
amirlari, viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning 
sayyidlari 
(xudovandzodalari), 
shuningdek 
Amir 
Temurning 
yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri Sayyid 
Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga koʻra 
chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon 
qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi 
boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin 
amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining 
poytaxtiga aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi 
tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish