O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Amir Temurning Oq O‘rdaga yurishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Amir Temurning Oq O‘rdaga yurishi.
Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod 
etib, mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali 
mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan 
ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh 
tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va 
shimoliy hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda 
hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqiy Oʻtror, Yassi (Turkiston) 


49 
va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar 
va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur 
dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta 
ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 
1370-yilning kuzi va 1371-yilning bahorida amir Zinda Chashmga 
zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻysundirildi. Balx va Toshkent 
viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm 
Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib 
kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi 
deb hisoblab, uni oʻz davlatiga qoʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo 
bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir 
Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 
1371-yilning yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. 
Amir Temurning 1373-yilning bahori va 1375-yilning yozida Xorazm 
tomonga qilgan ikkinchi yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin 
Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori 
Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir 
necha bor yurish qilib, Qorakoʻl tumani va Buxoro viloyatlarini talon-
taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni 
toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortishga majbur etdi. Lekin, bu 
yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga 
qaramay, Yusuf soʻfi ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga tegishli 
boʻlgan janubiy-sharqiy (Kat va Xiva shaharlari birga) qismini yana 
qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf soʻfining 
tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning 
beshinchi marta yurish qilishiga sabab boʻldi. 1388-yilda Xorazmning 
poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga 
boʻysundirildi
.
1360-yildan 1380-yilgacha, ya’ni 20 yil ichida Oltin O‘rdada 25 
ta xon almashdi. Oq O‘rdaning hukmdori O‘risxon 1375-yilda Jo‘ji 
ulusining ikki qismi Oltin O‘rda va Oq O‘rdani birlashtirishga qaror 
qildi. O‘rdalar birlashib Amir Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirishi 
mumkin edi. Bu xavfni oldini olish uchun Amir Temur yuzaga kelgan 
vaziyatdan mohirlik bilan foydalandi. 
Oq O‘rdaning o‘zbek amirlaridan biri To‘y Xo‘ja O‘g‘lon Oltin 
O‘rdaga qarshi harbiy yurishga ishtirok etishdan bosh tortganligi 
uchun O‘risxon tomonidan o‘ldirildi. To‘y Xo‘ja O‘g‘lonning o‘g‘li 
To‘xtamish O‘g‘lon 1376- yilda Oq O‘rdadan qochib Samarqandga 


50 
keldi. 
Amir Temur undan O‘risxonga qarshi kurashish uchun 
foydalanishga qaror qildi. Amir Temur To‘xtamishni Jo‘ji ulusida 
uning siyosatini yurgizuvchi kishi bo‘ladi deb o‘ylagan edi. Lekin 
buning aksi bo‘lib chiqdi. Amir Temurning yordami bilan Oq 
O‘rdaning xoniga aylangan To‘xtamish O‘risxonning izidan bordi, 
ya’ni u Jo‘ji ulusini birlashtirishni va qudratli Oltin O‘rdani yaratish 
uchun kurashni boshladi. Oq O‘rdaning hukmdoriga aylangan 
To‘xtamish (1377y.) o‘zining raqibi va soxta xon Mamayxonning 
Kulikovo dalasida rus knyazi Dmitriy Donskoydan chekkan 
mag‘lubiyatidan foydalanishga qaror qildi va shu yili Kalka daryosi 
yoqasida Mamayxonning qolgan-qutgan qo‘shinini tor-mor etdi. Bu 
g‘alabadan keyin To‘xtamish Oltin O‘rdaning oliy hukmdori-xoni 
bo‘ldi va Jo‘ji ulusining ikkala qismini birlashtirishga kirishdi. 
Amir Temur bilan shijoatli va makkor To‘xtamish o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar ochiqchasiga kurash tusini oldi. 
Amir Temur o‘z davlatiga shimoliy qo‘shnisi-Oltin O‘rda qanday 
xavf solib turganini tushunib etgan edi. Movarounnahrga shimol 
tomondan xavf rahna solib turgan ekan Amir Temur hech qanday 
yurishlarni amalga oshira olmas edi. 
1387-1388-yillarda 
Amir 
Temurning 
Movarounnahrda 
yo‘qligidan foydalangan To‘xtamish davlat ichkarisiga hujum 
boshladi. Yo‘lda uchragan kichik qo‘shin guruhlarini yakson etib, 
To‘xtamish Samarkand va Buxoro viloyatlari hududiga bostirib kirdi. 
Shaharlar Oltin o‘rdaliklar tomonidan qurshab olindi. Bu vaqtda 
Eronda turgan Amir Temur 30 minglik qo‘shinni Movarounnahrga 
yordamga jo‘natdi, o‘zi ham shoshilinch ravishda vataniga qaytdi. 
To‘xtamish chekindi, lekin u Xorazm hukmdori Sulaymon So‘fini 
Amir Temurga qarshi kurash uchun o‘ziga birlashishga ko‘ndirdi. Bu 
voqealar Sohibqironni 1388-yilda Xorazmga beshinchi-oxirgi yurishni 
amalga oshirishga majbur qildi. U Urganchni bosib oldi va So‘fi 
sulolasi hukmdorligini tugatdi. 
To‘xtamishning Samarkand va Buxoroga yurishi Amir Temurda, 
bu kurash alohida hududni bosib olish istagi uchun emas, balki 
To‘xtamishni 
Sohibqironning 
siyosatiga 
qarshi 
yo‘naltirilgan 
kurashining ifodasi ekanligiga shubha qoldirmadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish