O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Amir Temur davrida madaniyat va fan



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Amir Temur davrida madaniyat va fan. 
Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida 
tadqiq etishga etibor kuchaydi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa 
qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Mohir 
sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir 
Temur ana shunday tarixiy shaxslardan biri. Hazrat Sohibqiron 
markazlashgan davlatga asos soldi, uni mustahkamlab, rivojlantirib, 
shon-shuhratini butun jahonga tanitdi, buyuk saltanatning hukmdori 
kabi millatlar va xalqlarni birlashtirib, hukmdorlik yillarida 
madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va sheriyat 
cho‘qqiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, temuriylar davri 
renesansiga asos solindi.
Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni 
nazardan o‘tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotning yuksak marralari sari ko‘tarilgan Movarounnahr va 
Xurosonning butun yorqin manzarasi ko‘z o‘ngimizda namoyon 
bo‘ladi. 
Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining 
yuqori cho‘qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa 


62 
doirasida, balki umumjahon miqyosida ham o‘ziga xos yuksak 
bosqich bo‘ldi. Uning qudratli aks-sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va 
tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda. 
Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida xalq dahosi, qudrati 
bilan betimsol moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari, mislsiz 
osori atiqalar-u monumental me'moriy obidalar bunyod etildi. llm-fan 
yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlodlarining ilm-
fan, 
ma'rifat 
ravnaqiga 
alohida 
rag‘bat, 
katta 
sa'y-harakat 
bog‘laganliklari natijasi bo‘ldi. 
Amir Temur siymosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning o‘zi yuksak 
ma'rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-
qancha noyob iste'dodlar, ilm-u urfon va din ahllari, me'mor-u 
hunarmandlarni 
parvarishlab 
o‘stirish 
barobarida 
mamlakat 
obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo‘ldi. 
Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad 
rostlagan 
serhasham 
saroylar, 
bog‘-rog‘lar, 
masjid-u 
madrasalar, ko‘priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron 
salohiyati va faoliyatining nechog‘lik ko‘p qirraliligiga dalolatdir. 
Temuriylar ma'naviy madaniyati to‘g‘risida gap borganda, bu 
oltin asrda ilm-fanning nechog‘lik ravnaq topganligi hamda uning 
jahon ilm-u irfoni taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi yuksak. 
Bu davrning yana bir muhim yutug‘i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, 
tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. 
Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar 
tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo‘lgan. Jumladan, Amir 
Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», 
Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ta'sir 
ko‘rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan 
alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning 
«Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat ut-tavorix», Abdurazzoq 
Samarqandiyning «Matla ul-sa’dayn» va «Majma’ ul-bahrayn» («Ikki 
saodatli yulduzning chiqish o‘rni va ikki azim daryoning quyilish 
joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti 
jildli «Ravzat us-safo» («Poklik bog‘i»), Xondamirning «Makorim ul-
axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Habib us-siyar fi axboru afodul bashar» 
(«Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari 
o‘sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o‘zida ifoda 
etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat 


63 
siyosati yoxud harbiy yurishlari yoxud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar 
aks etib qolmay, balki shu bilan birga o‘sha davrning barcha 
murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi 
ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo‘ladi. 
O‘zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo‘ygan Mavlono 
Lutfiy (1366-1465) dan boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri, XV 
asr boshlari), uning zamondoshlari Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy 
singari zabardast turkiygo‘y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz 
adabiyotimiz yangi marralarga ko‘tarildi va uning xilma-xil janrlarida 
bir-biridan go‘zal va nafis badiiy asarlar yaratildi. 
Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzan ul-asror» 
(Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud 
Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini, inson 
shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan 
otashnafas she'r-g‘azallari, qasidalari - bular mumtoz o‘zbek adabi-
yoti rivojining muhim yutug‘idir. Mazkur asarlarda o‘zbek tilining 
jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, 
uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta'sirchanligi to‘la kuch 
bilan ifodalanganligi ko‘zga tashlanib turadi. 
O‘zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko‘tarilib, keng 
e'tirof topishida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 
(1441-1501) ijodi alohida o‘rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining 
sultoni Navoiy o‘ziga qadar bo‘lgan turkigo‘y shoirlar ijodi erishgan 
yutuqlarni o‘zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda 
o‘zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va 
dovrug‘ini ko‘tarilishiga mislsiz ulush qo‘shdi. 
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayrat ul-abror», «Farhod va 
Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» 
doston-larining har biri o‘zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy 
yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng 
muhimi, o‘zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g‘oyatda mashaqqatli 
vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga 
sazovordir. 
Ulug‘ mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks 
etgan, 
ilgari 
surilgan 
chin 
insonparvarlik, 
vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-muhabbat 
g‘oyalari vujudimizni qamrab oladi, o‘ziga maftun etadi. Bu esa ham 


64 
Navoiy ijodining umrboqiyligiga, ham umumbashariy qadriyatlar ruhi 
bilan chuqur sug‘orilganligiga yaqqol dalolatdir. 
Bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda 
rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug‘ini baland ko‘targan, 
yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo‘jandiy, Xofiz 
Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho 
so‘z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o‘tish joizdir. Ularrimg 
yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha 
asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o‘tib, qanchalab avlodlar ongi: 
shuurini yolqinlantirib kelmoqda, 
Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy 
taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga 
ko‘tarilib borishi davomida o‘chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy 
bosqich bo‘ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni 
tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining 
mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr 
va Xuroson o‘lkalari ulkan o‘zgarishlarga yuz tutdi. Mo‘g‘ullarning 
bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo‘lgan 
ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko‘tarildi. Ayni chog‘da, 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga 
dovrug‘ taratdi. Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va 
ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana 
necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar 
ardog‘ida e'zozlanib kelmoqda. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish