1.Temuriylar davri tasviriy san’ati obidalari qanday tasvirlardan iborat bo‘lgan?
A) hayvonat va o‘simlik olami
B) hunarmandlarni mehnat qilayotgani
C) jangu jadallar
D) portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan
2.XV asrda kim Hirot musavvirlik maktabiga asos solgan?
A) Kamoliddin Behzod B) Mahmud Muzahhib
C) Sultonali Mashhadiy D) Mirali Tabriziy
3.Kim “Qiblat ul-quttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ul-xattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi?
A) Kamoliddin Behzod B) Sultonali Mashhadiy
C) Mahmud Muzahhib D) Mirali Tabriziy
4.Temuriylar davrida qayerda maxsus saroy kitobxonalari tashkil etilgandi?
A) Samarqand va Buxoro
B) Hirot v Balx
C) Samarqand va Toshkent
D) Samarqand va Hirotda
5.Mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qancha kitob hozirgi vaqtgacha yetib kelgan?
A) 20 dan ziyod B) 30 dan ziyod
C)50 dan ziyod D) 40 dan ziyod
6. 2000-yilda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining necha yilligi nishonlandi?
A) 542 B) 543 C)545 D) 550
7.Sultonali Mashhadiy qaysi yillarda yashab ijod etgan?
A) 1330—1404-yillar B) 1366—1465-yillar
C) 1394-1449-yillar D) 1432—1520-yillar
8.Mashhur xattotlardan kim nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi?
A) Mirali Tabriziy B) Sultonali Mashhadiy
C)Kamoliddin Behzod D) Mahmud Muzahhib
9.Mashhur xattotlardan qay biri 1330—1404-yillarda yashab ijod qilgan?
A) Sultonali Mashhadiy B) Mahmud Muzahhib
C)Mirali Tabriziy D) Kamoliddin Behzod
10.Osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu-qaytargichli asbob quyidagi qaysi nom bilan atalgan?
A) Sekstant B) Sanad C)Rasadxona D)Akademiya
11.Quyidagi misralar kim tomonidan yozilgan: “Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o‘lchashga buyurdi va astronomiya jadvallarni tuzishda ishtirok etdi”.
A) Volter B) I.Nyuton C) V.Leybnits D) Jan Jak Russo
12.Ulug‘bek astronomik jadvaldan tashqari yana qanday asarlar yozgan?
A) “Temur tuzuklari” nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
B) “Tarixi arba” ulus” nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
C)“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” nomli astronomik asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
D) “Kitob surat ul-arz” nomli yer o`lchoviga oid asar va musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
13.“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asosan necha qismdan iborat?
A) ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
B) ikki qismdan: keng muqaddima va sayyoralarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
C)ikki qismdan: keng muqaddima va yerning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
D) ikki qismdan: keng muqaddima va quyosh va oyning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
14.Ulug‘bek rasadxonasida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli nechta qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi?
A) 1008 B) 1018 C)1038 D) 1028
15.Ulug‘bek rasadxonasida Ulug‘bek bilan birga qaysi olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar?
A) Shamsiddin Muhammad Havofiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy
B) Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy
C)Hofiz Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy
D) Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Ali Qushchi
16.Kim boshchiligida rasadxonaning asosiy o‘lchov asbob-uskunasi — ulkan sekstant o‘rnatilgan?
A) G‘iyosiddin Jamshid B) Qozizoda Rumiy
C) Ulug‘bek D) Alouddin Ali Qushchi
17.Qaysi yillarda Mirzo Ulug‘bek Samarqandda rasadxona qurdirdi?
A) 1417—1420-yillarda B) 1417-yilda
C)1424—1429-yillarda D) 1433-yilda
18.Samarqand madrasasida kamida necha yil tahsil ko‘rilgan?
A) 17-18 yil B) 18-19 yil C)15-16 yil D) 19-20 yil
19. Xonim, madrasasi qaysi shaxarda joylashgan?
A) Buxoro B) Samarqand C) Xirot D) Toshkent
20.Kamoliddin Behzod tomonidan qaysi tarixiy siymolarning portretlari chizilgan?
A) Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur
B) Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih, Durbek, Sakkokiy
C) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy
D) Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro
Do'stlaringiz bilan baham: |