O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Saltanatni o‘z tasarrufida saqlash uchun tuzgan tuzuklari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

Saltanatni o‘z tasarrufida saqlash uchun tuzgan tuzuklari. 
Amir Temur o‘n ikki tuzukni o‘ziga shior qilib olganidan keyin 
katta ishonchu salobat bilan saltanat taxtiga o‘tirdi. O‘z tajribasidan 
sinab bildiki, agar qay bir podshoh shu o‘n ikki narsaga ega bo‘lmas 
ekan, saltanatdan bebahra qolur. 
Birinchidan,
podshoh o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini o‘zi bilib 
qilsin, ya’ni sipoh va raiyat podshoning aytgan so‘zini, qilgan ishini 


85 
o‘zi aytadi, o‘zi qiladi, hech kimning bunga daxli yo‘q, deb bilsin. 
Shunday bo‘lgach, podshoh biror kimsaning saltanat martabasiga 
sherik bo‘lgudek qilib aytgan gapiga va qilgan ishiga ergashmasin. 
Garchi yaxshi so‘zni hammadan ham eshitish zarur bo‘lsada, lekin 
boshqalar so‘zda va saltanat ishlarida podshohga sherik yoxud undan 
ustun bo‘lmasliklari shart. 
Ikkinchidan, s
ulton har narsada adolatparvar bo‘lsin, qoshida 
insofli, adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo‘lsa, odil 
vazir uning chorasini topsin. Ammo agar vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt 
o‘tmay saltanat uyi qulaydi. Chunonchi, amir Husaynning zolim bir 
vaziri bor edi. U sipohu raiyatga nohaq jarimalar solar edi. Oradan 
ko‘p vaqt o‘tmay o‘sha noinsof vazirning shumligidan amir 
Husaynning saltanat uyi xarob bo‘ldi. 
Uchinchidan,
butun mamlakatda buyruq va taqiqlashlar 
podshohning o‘z ixtiyorida bo‘lishi lozim. Podshoh har ishda o‘zi 
hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o‘zgartira 
olmasin. 
To‘rtinchidan,
podshoh o‘z qarorida qat’iy bo‘lsin, ya’ni har 
qanday ishni qilishga qasd qilar ekan, uni bekor etmasin va to 
bitirmagunicha undan qo‘l tortmasin. 
Beshinchidan,
podshoh hukmi joriy etilishi zarur, ya’ni qanday 
hukm chiqarishidan qat’i nazar, amalga oshirilishi kerak. Biron kimsa 
garchi hukmni zararli deb bilgan bo‘lsa ham, unga monelik 
qilolmasin. 
Chunonchi, 
eshitganmanki, 
sulton 
Mahmud 
G‘aznaviy G‘azna shahri maydoniga katta toshni keltirib qo‘yishni 
buyurgan ekan. Undan o‘tkinchi-ketkinchilarning ot-ulovlari hurkib 
o‘ta olmay qolibdi. Shunda odamlar tosh yo‘l bo‘yidan olib tashlansa, 
deb sulton huzuriga qanchalik arz-shikoyat qilib borishmasin, sulton: 
«Chiqargan hukmimdan qaytmayman, unga xilof biron ish ham 
qilmayman», -degan ekan. 
Oltinchidan, 
podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib
erkni unga berib qo‘ymasinkim, dunyo bevafo xotin kabi, uning 
xushtori ko‘pdir. Agar shunday qilar ekan, o‘zganing nafsi tez orada 
podshoh bo‘lishni tilab, saltanat taxtini o‘zi egallashga kirishadi. 
Chunonchi, sulton Mahmudga xoinlik qilgan vazirlar uni saltanat 
taxtidan tushirib, taxtni o‘zlari egalladilar. Shunday bo‘lgach, saltanat 
ishlarini ishonchli va mo‘’tabar bir necha kishiga bo‘lib berish lozim. 


86 
Shunda har biri o‘z ishiga bog‘lanib, saltanat taxtiga ko‘z olaytira 
olmaydi. 
Yettinchidan,
saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitsin
har kimdan fikr olsin. Lekin qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil 
xazinasida saqlab, vaqtida ishlatsin. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish