O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet98/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Dum nervlari.
Dum nervlari - nn.coccygei (Cc) orqa miyadan 5-6 juft bulib chiqib, ularning xammasi simpatik nerv stvolidan biriktiruvchi kulrang tarmoq oladi. Dum nervlari hamma hayvonlarda yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo’linib, dumning muskul hamda terisiga tarqaladi va ularni harakatga keltiradai.
Bosh miya nervlari
Bosh miyaning asosidan 12 juft nerv chiqadi. Shulardan to’rt jufti katta miyadan, qolgan sakkiz jfti uzunchoq miyadan chiqib, tananing bosh, bo’yin, ko’krak qismlariga, o’ninchi jufti esa ichki organlarga taraqaladi.
Bosh miya nervlarining tuzilishi va funksiyasi xilma – xil. Ularning ba’zilari (I – II - VIII) ta’sirni sezuvchi, boshqalari (III – VI –VI – XI - XII) (juftlari) harakatlantiruvchi, (V – VII - IX) jufti aralash, o’ninichisi (X) vegetativ nerv hisoblanadi.
Birinchi juft (I) hidlov nervi - n. oltactorius burun bo’shlig’i va dimog’ining shilimshiq pardasidagi neyrit hujayralari tutamidan hosil bo’ladi va bir qancha nerv iplari shaklida panjarasimon suyakdan o’tib, hidlov miyasining hid bilish piyozchasiga birlashadi. Bu nerv yirtqich hayvonlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Ikkinchi juft (II) ko’ruv nervi - n. opticus ning neyrit hujayralari ko’zning to’r pardasja joylashgan. Bu nerv ko’z to’r pardasining multipolyar hujayralari neyritlaridan hosil bo’lib, ko’z teshigi orqali o’tadi va katta miya asosida kesishma hosil qilib, oraliq miyaning ko’rish bo’rtigida tugaydi. Qorako’l qo’ylarda ko’zni harakatlantiruvchi nerv ostida joylashadi.
Uchinchi juft (III)ko’zniharakatlantiruvchi nerv - n. oculomotorius katta miya oyoqchalaridan boshlanib, ko’z teshigi orqali ko’z kosasiga boradi. Bu nervining yuqorigi va pastki tarmoqlari bor, yuqorigisi ko’zning yuqorigi to’g’ri muskuliga, pastkisi pastki qiyshiq o’rta hamda pastki to’g’ri muskullarga boradi. Pastki tarmog’ida parasimpatik nervning kiprik tuguni (gangliy) hosil bo’ladi. Qorako’l qo’ylarda bu nerv uch tarmoqli nervning yuqorigi tarmog’i bilan birga chiqib, yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo’linadi va ko’z muskullariga tarqaladi.
To’rtinchi juft (IV) g’altak nervi - n. trochlearis miya to’rt tepachasining keyingi tepasi ro’parasidan chiqib, uch tarmoqli nerv bilan kz teshigidan o’tadi va ko’zning ichki devori orqali o’tib, yuqorigi qiyshiq muskuliga tarqaladi. Qorako’l qo’ylarda ko’z yumaloq teshigi orqali chiqib, tarmoqchasi ko’z nervi bilan qo’shiladi.
Beshinchi juft (V) uch tarmoqli nerv - n. trigtminus ning uchta tarmog’i bor, ular orasida sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari bo’ladi. Sezuvchi tolalar boshdagi organlarning shilimshiq pardasiga, terisiga; harakatlantiruvchi tolalar boshdagi muskullarga boradi. Uch tarmoqli nerv bosh miyadan ikkita ildiz bilan boshlanib, yuqorisi anchagina yo’g’on sezuvchi, pastkisi esa ingichkaroq harakatlantiruvchi nervlardir. Yuqorigi ildizda yarim oysimon tugun (yoki Gesser tuguni) - ganglion semilunare n. trigemini bo’ladi. Uch tarmoqli nerv ko’z, yuqorigi hamda pastki jag’ nervlariga bo’linadi.
Ko’z nervi - n. ophthalmicus eng ingichka tarmoq bo’lib, ko’z teshigi ichida quyidagi uchta mayda tarmoqchaga bo’linadi:
Ko’z yoshi nervi - n. lacrimalis ko’z yoshi beziga, yuqorigi kovakka va peshana terisiga tarqaladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda peshana kovagiga va shoxga ham nerv tarqaladi.
Peshana nervi - n. frontalis oldin ko’z kosasiga, so’ngra ko’z usti teshigi orqali peshanaga chiqib, peshana va tepa qism terisiga tarqaladi. Cho’chqalarda yonoq o’simtasining orqarog’idan chiqadi.
Kiprik – burun nervi - n. nasociliaris ko’z soqqasiga kiprik nervi kirib, davomi panjarasimon nerv - n. ethmoidalis orqali miya bo’shlig’iga o’tadi va burun bo’shlig’ining yuqorigi shilimshiq pardasiga tarqaladi.
Yuqorigi jag’ nervi - n. maxillaris miya bo’shlig’idan yumaloq teshik orqali chiqib, ko’z kosasiga kirmasdan quyidagi uch tarmoqqa bo’linadi:
Yonoq nervi - n. zygomaticus pastki qovoqqa tarqaladi, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda yonoq nervi juft bo’ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish