O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet97/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Dumg’aza nervlari
Dumg’aza nervlari – n. sacralis orqa miyadan yuqorigi va pastki teshiklar orqali chiqadi. Simpatik stvoldan biriktiruvchi kulrang tarmoq oladi. Yuqori tomonga chiquvchi nervlar – n. clunii media tos-son bo’g’iminingyozuvchi muskullari va sarg’i terisiga tarqaladi. Pastki teshikdan chiquvchi nervlar dumg’aza chigalini hosil qiladi, undan bir qancha alohida nervlar paydo bo’ladi.
Sarg’ining old tomon nervi – n.glutaeus cranialis belning oltinchi va dumg’azaning birinchi juft nervlaridan chiqib, sarg’i muskullariga tarqaladi.
Sarg’ining orqa tomon nervi – n. glutaeus caudalis dumg’azaning birinchi, ikkinchi va uchinchi juft nervlaridan chiqib, sarg’i arteriyasi bilan sarg’i muskullariga va sonning ikki boshli muskullariga tarqaladi. Son terisining orqa tomon nervi – n. cutaneus femoris dumg’azaning birinchi va ikkinchi juft nervlaridan chiqib, sonning ikki boshli muskuli orqa qismi – nn. clunii caudalis dan teriga tarqaladi.
Jinsiy azo nervi – n. pudendus dumg’azaning uchinchi va to’rtinchi juft nervlaridan paydo bo’lib, jinsiy azo arteriyasi bilan quymich yoyi tomon o’tadi. Erkak hayvonlarda jinsiy azoga o’tib, yuqorigi jinsiy nerv – dorsalalis penis – urg’ochilarda esa klitor – clitoridis va tashqi jinsiy lablarga tarqaladi. Jinsiy nervdan to’g’ri ichak nervi - n. haemorroidalis medialis va oraliq nerv - n. perineaalis ajraladi. Qoramollarning oraliq nervi yelinining keyingi bulimiga tarqaladi, yelinining oldingi qismi qorin-yonbosh-chov nervidan tarmoq oladi. Qorako’l qo’ylarda jinsiy a’zo nervi xuddi qoramollarnikiga o’xshash bo’ladi.
To’g’ri ichakning orqa tomon nervi- n.haemorroidalis coudalis dumg’azaning to’rtinchi va beshinchi juft nervlaridan chiqib, to’g’ri ichak, orqa chiqaruv teshigi va dum muskullariga, urg’ochi hayvonlarda jinsiy lablarga tarqaladi. Qorako’l qo’ylarda jinsiy nerv bir stvol bo’ylab boshlanib, so’ngra ajraladi. Dumg’azaning yuqorigi nervi beshinchi juft nerv bo’lib chiqadi.
Qo’ymich nervi-n. ischiadicus belning oltinchi va dumg’azaning birinchi, ikkinchi, uchinchi juft nervlaridan chiqadi. Bu nerv dumg’aza chigalining eng yo’g’oni va uzuni hisoblanadi.
Hosil qilgan nervlar barmoqlargacha yetib boradi. Qo’ymich nervi keyingi oyoqlarning deyarli hamma muskullarini harakatlantiradi. U tos-son bo’g’imining orqa qismida boldirning katta va kichik nervlariga bo’linadi. Qo’ymich nervi tos atrofida sag’rining chuqur, ichki yopuvchi va sonning kvadrat muskullariga tarmoq beradi.
Katta boldir nervi-n. tibialis o’z navbatida, bir nechta nervga ajraladi.
Muskul tarmog’i-r. r. muscularis bir qancha mayda tarmoqchalarga bo’linib, son suyagining orqa tomonidagi muskullarga tarqaladi.
Boldirning orqa tomon terisi nervi-n. cutaneus surae plantaris boldir suyagining orqa tomonidagi teriga tarqaladi.
Tizza bo’g’imining pastki yon tomon nervi-n. n. ramus muscularis distalis tovonning yozuvchi va barmoqning bukuvchi muskullariga tarqaladi.
Boldirning o’rta qismi terisi nervi- n. cutaneus surae medialis tovon bo’g’imi yonida katta boldir nervi, yon va o’rta plantar nervlar - n. plantaris lateralis et medialis ga, ular esa boldirning plantar nervlariga, kaftning plantar nervlari – n. n. metatersale plantares ga bo’linadi, bular esa barmoq nerlariga tarmoqlanib, oyoqlar tuyog’i atrofida tugaydi.
Kichik boldir nervi – n. peroneus (s. fibularis) boldir nervi yonida joylashadi. Tizza bo’g’imi yonida boldir terisi yuqorigi nervi – n. cutaneus surae dorsalis ni hosil qiladi va shu joydagi teriga boradi. Tizza bo’g’imining pastrog’ida boldirning yuza va chuqur kichik nervlarini hosil qiladi.
Kichik boldirning yuza nervi – n. peroneus superficialis barmoqlarga boradi.
Kichik boldirning chuqur nervi – n.peroneus profundus kaftda bir qancha tarmoqlarga bulinib, teri muskullariga tarqaladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish