O’QUV MATERIALLARI
1.Mavzu: HAYVOLAR MORFOLOGIYA FANINI MAZMUNI, MOHIYATI VA VAZIFALARI.
Morfologiya fanining maqsad va vazifalari
Fanning tarixi va o’rganish uslublari
Xujayra biologiyasining tamoyillari
4. Organ, sistema va organizm haqida tushuncha
Tayanch iboralar. Morfologiya, konstitutsiya,evolyusion morfologiya,makroskopik anatomiya, mikroskopik anatomiya, embriologiya,sistematik anatomiya, yosh anatomiyasi, konstitutsional anatomiya,zot anatomiya.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003г.
2. Dilmurodov N.B. “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent 2014 y.
3. Elizabeth Aughey, Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
4. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veter nary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015
Asosiy adabiyotlar
Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003г.
Xorijiy adabiyot
1.Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
2.Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015
Qo’shimcha adabiyotlar
Dilmurodov N.B. “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent 2014 y.
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
1. Morfologiya fanining maqsad va vazifalari.
Yer yuzidagi ko’p hayvonlar tuzilishi, katta – kichikligi va yashash sharoitiga ko’ra juda xilma – xil bo’ladi. Lekin ular qanchalik xilma – xil bo’lmasin, kelib chiqishi jihatidan bir – biriga yaqin qarindoshdir.
Ma’lumki, yer yuzida hayvonlar birdan paydo bo’lmagan, balki necha million yillar mobaynida sodda organizmdan murakkab organizmga aylanib borgan. Shunday qilib, hayvonot dunyosining sxema tarzidagi shajarasi vujudga kelgan. Bularning o’tmishda o’z tarixi (filogenezi) va boshqa turlar bilan ozmi – ko’pmi qon – qarindoshlik munosabati bor. Hayvonlar organizmini o’rganar ekanmiz, avval ularning ajdodlari haqida fikr yuritishimiz lozim. Bularning hammasini zoologiya, biologiya fanlari batafsil o’rganadi. Morfologiyadan quyidagi mustaqil bo’limlar: anatomiya (organizmning tuzilishini va tashqi muhit bilan muntazam ravishda bog’liq holdagi taraqqiyotini o’rganadi); embriologiya (embrionning rivojlanishini o’rganadi) va evolyusion morfologiya (hayvonlar organizmining faqat ontogenezini – individual rivojlanishini emas, balki filogenezini – tarixiy rivojlanishini ham o’rganadi) ajralib chiqqan.
Anatomiya fani o’rganish metodikasi va usullariga ko’ra makroskopik, mikroskopik hamda makromikroskopik qismlarga bo’linadi.
Makroskopik anatomiyada hayvon organizmi va uning tarkibiy qismlari pichoq, skalpel yordamida mayda bo’laklarga bo’lib o’rganiladi.
Mikroskopik anatomiyada tananing eng mayda qismlari mikroskop yordamida murakkab usul bilan tekshiriladi.
Makroskopik anatomiyada ko’zga ko’rinadigan mayda to’qimalar binokulyar lupa yordamida qisman kattalashtirib o’rganiladi. Bu usulning qo’llanilishi natijasida anatomiya fani bir qancha yangiliklar bilan boyiydi.
Makroskopik anatomiya, odatda anatomiya nomi bilan yuritiladi. Mikroskopik anatomiya esa gistologiya nomini olgan. Bu fanlarni bir – biridan ajratib bo’lmaydi, chunki ular o’zaro juda yaqin bo’lib, faqat o’rganish usuli jihatdan farq qiladi.
Hayvonlar organlarining shakli, hajmi, rangi, qattiq – yumshoqligini hamda bir – biriga bo’lgan munosabatini va tarkibiy tuzilishini sistematik anatomiya o’rganadi. Obyektni o’rganish usuli jihatidan ham anatomiya bir necha xil bo’ladi. Masalan, topografik anatomiya, bu fan yordamida organlarning o’zaro joylashuvi o’rganiladi. Bu narsa operasiya vaqtida juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Hayvonlar yoshiga qarab tuzilishi o’zgarishini o’rganadigan anatomiya yosh anatomiyasi, hayvon organizmi konstitusiyasini o’rganadigan anatomiya konstitusional anatomiya, hayvonlarning zotini o’rganadigan anatomiya esa zot anatomiyasi deb ataladi. Organizmlarning tasviriy anatomiyasidan tashqari solishtirma anatomiya ham bo’ladi. Bunda bir organizmning organlari bir – biriga yoki bir hayvon ikkinchisiga taqqoslab o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |