Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha.
Reja:
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning fiziologik asoslari.
3. Diqqatning turlari.
4. Diqqatning xususiyatlari.
1.Diqqat haqida tushuncha.
Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratilishi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqate’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga qarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unum li bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror-bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridansirigacha bilib olishimiz mumkin.Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Bironbir predmetga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsa lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqatimizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: kitob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qi yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea-hodisalardan ancha olislarda daydib yuradi.Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bunday degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham, diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga keladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib organizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |