O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Qorako‘l qo‘ylarda chap tomondagi bezning bo‘yi 2,5 sm, eni 1,1 sm, vazni 1,6 g; o‘ng tomondagisining bo‘yi 2,1 sm, eni 1,3 sm, vazni 1,4 g bo‘ladi



Download 2,63 Mb.
bet188/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
Bog'liq
morfologiya

Qorako‘l qo‘ylarda chap tomondagi bezning bo‘yi 2,5 sm, eni 1,1 sm, vazni 1,6 g; o‘ng tomondagisining bo‘yi 2,1 sm, eni 1,3 sm, vazni 1,4 g bo‘ladi.
Gipofiz - hypophysis bosh miyaning asosida oraliq miyadagi turk egari chuqurchasida joylashadi. Gipofiz ichki sekretsiya bezlarining eng muhimi hisoblanadi, u juda ko‘p xilma-xil gormon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar organizmning o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega. Gipofiz ko‘pincha “bosh bez” deb yuritilib, chunki ushbu tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar boshqa ko‘pgina endokrin bezlarning faoliyatini boshqarib turadi. Uning oldingi bo‘lagidan ishlab chiqarilgan tireotrop gormonlar qalqonsimon bezning faoliyatini, somatotropin yosh hayvonlarda o‘sishni, suyaklar epifizining o‘sish tezligini, aminokislotalardan oqsillarni sintez bo‘lishini boshqaradi. SHuningdek, hayvonlar sifatsiz oziqlantirilganda energiya sarfini muvofiqlashtiradi. Adenokortikotrop gormoni buyrak usti bezi po‘stloq qismining faoliyatini boshqaradi. Prolaktin gormoni sut bezining rivojlanishi va hayvon homiladorligining ikkinchi yarmida sut ajralib chiqishini ta’minlaydi. Agar homiladorlikning oxirida oksitotsin ajralib chiqmasa, sut hosil bo‘lishi amalga oshmaydi. Lyutinlovchi gormon (LG) qonda estrogen gormonini ta’minlab beradi, tuxumdondagi etilgan follikulalarni yorilishi va tuxum hujayralarining chiqishi (ovulyasiya) ni boshqarib turadi. Gipofizning orqa bo‘lagidan, ya’ni neyrogipofizdan ishlab chiqarilgan gormonlar gipotalamus bilan bog‘liq va bevosita mazkur bez tomonidan ajratiladi. Undan ham bir nechta gormonlar ishlab chiqariladi. Masalan, antidiuretik gormon – vazopressin buyrak kanalchalarining suvni o‘tkazuvchanligini boshqaradi. Bunda hujayra tashqarisidagi suyuqlik hajmini oshishiga javoban gormon ajralib, gomeostazni ushlab turishga yordamlashadi. Oksitotsin ikki xil ta’sir ko‘rsatadi: u homiladorlikninng oxirgi bosqichlarida sut beziga ta’sir ko‘rsatishi natijasida yangi tug‘ilgan organizm birinchi emishiga javoban, sut ajralishi boshlanadi. SHuningdek, oksitotsin homiladorlikning oxirida bachadonning silliq muskullarini qisqarishini ta’minlashi natijasida to‘liq shakllangan homila tashqariga chiqariladi. Gipofizning orqa bo‘lagidan antidiuretik gormonni yoki buyrak to‘qimasini etishmovchiligi sababli siydikning solishtirma og‘irligini keskin pasayib ketishi, buyrak kanalchalarida siydik konsentratsiyasini boshqarilishini buzilishiga olib keladi va qandsiz diabet kasalligi kelib chiqadi.
Bu bez uch qismga: yuqori-nerv, pastki bezli va oraliq qismlarga bo‘linadi. Qorako‘l qo‘ylarda bezning uzunligi 1,2 sm, eni 0,8 sm, og‘irligi 0,4 g,mahalliy echkilarda uzunligi 1,1 sm, eni 0,7 sm, og‘irligi 0,4 g bo‘ladi.
Epifiz – epiphysis ancha kichikroq bo‘rtik shaklida bo‘lib, oraliq miyadagi turk egarining ustki yuzasida, miya yarim sharlarining orasida joylashadi. Uning shakli makkajo‘xoriga o‘xshash bo‘ladi. Bu bez ishlab chiqargan gormon jinsiy organlarga ta’sir etadi. Uning uzunligi qorako‘l quylarda 0,6 sm, eni 0,5 sm, vazni 92 mg; echkilarda uzunligi 0,5 sm, eni 0,3 sm, vazni 67 bo‘ladi.
Oshqozon osti bezi. Oshqozon osti bezi insulin, glyukagon va somatostatin gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu gormonlar qondagi glyukoza miqdorini me’yorlashtirib turadi. Insulin gormoni ta’sirida qondagi ortiqcha glyukoza glikogenga aylantirilib jigar va muskullarga depo holatida saqlanadi. Qonda glyukoza miqdori kamayib ketsa, jigar va muskullarda saqlanayotgan glikogen glyukagongormoni ta’sirida glyukozaga aylantirilib qonga chiqariladi. Somatostatin insulin va glyukagon gormonlarining ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qilib turadi va qonda qandning miqdorini keskin og‘ishini oldini oladi.
Topshiriq va savollar:

    1. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi .

    2. Ichki sekretsiya bezlarining topografiyasi.

    3. Qalqon oldi bezlari va qalqonsimon bezning tuzilishi.

    4. Gipofiz va buyrak usti bezlarining tuzilishi.


1 DNK - dezoksiribonuklein kislota, RNK - ribonuklein kislota

21ATF - adenozintzifosfat, ADF - adenozinzifosfat


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish