O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet99/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Ko’z osti nervi - n. infraorbitalis ko’z osti kanali orqali o’tib, jag’ tishlar - rr. Alveolares ga va kurak tishlarga tarmoqlanadi va kanaldan chiqib, uch tarmoqqa: a) burunning tashqi nervi - n. naselis externa burun terisi uchun: b) burunning oraliq nervi - n. nasalis oralis; v) yuqorigi lab nervi - n. labialis superior ga bo’linadi. Bular teriga va shilimshiq pardaga tarqaladi.
Ponasimon – tanglay nervi ­– n. sphenopalatinus yumaloq teshikdan chiqib, shu joydagi chuqurchada quyidagi uch tarmoqqa: a) burunning keyingi nervi - n. nasalis sboralis burun bo’shlig’iga o’tib, burun to’sqichi va kataklarining shilimshiq pardasiga tarqaladi; b) tanglayning katta nervi - n. palatinus major qattiq va yumshoq tanglayga, kurak tishlarga, hatto burun bo’shlig’iga ham tarqaladi; v) tanglayning kichik nervi - n. palatinus yumshoq tanglayining shilimshiq pardasiga tarqaladi.
Pastki jag’ nervi - n. mandiularis anchagina yo’g’on bo’lib, miya o’limidan ensa suyagi teshigi orqali chiqadi. Bu nerv tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar bo’ladi. Nerv chiqishi bilan bir necha tarmoqqa bo’linadi:
Chaynash nervi - n. massetericus to’g’ri katta chaynash muskuliga boradi.
Chakkaning chuqur nervi - nn. Temporiles profundi chakka muskuliga boradi. Qanotsimon nervi - n. pterygoideus qanotsimon muskulga, nog’ora pardasi muskuliga va yumshoq anglay muskuliga boradi.
Lunj nervi - n. buccolis lunj muskulining pastki qismidan o’tib, shu muskulga, qanotsimon muskulga hamda lunj va pastki labning shilimshiq pardasiga tarqaladi. Bu nerv cho’chqalarda va kavsh qaytaruvchi hayvonlarda quloq osti parasimpatik nervi - n. parotideus ni hosil qilib, quloq osti beziga tarqaladi.
Chakkaning yuza nervi - n. temporalis superficialis bo’yin tomondan pastga o’tib, jag’ bo’g’imi yonida yuqorigi v apastki tarmoqlarga bo’linad. Yuqorigisi peshana – chakka qismining terisiga, pastkisi esa yettinchi nervga qo’shilib, lab va lunj terisiga tarqaladi. Qorako’l qo’ylarda yuqorigi old tomonga ingichka nerv ajralib, qovoq – quloq nerviga qo’shiladi.
Til nervi - n. lingualis ga yettinchi juft nervdan nog’ora teri nervi kelib qo’shiladi, u esa tilning sezuvchi so’rg’ichlariga boradi. Til nervi yuza va chuqur tarmoqlarga bo’linadi. Yuza tarmog’i - ramus superficialis tilning yon muskuli orqali o’tib, uning shilimshiq pardasiga va so’rg’ichlariga tarqaladi. U yerda parasimpatik nervning jag’ osti tuguni joylashadi. Chuqur tarmog’i - ramus profundus til muskullariga va so’rg’ichlariga tarqalib, tilning uchigacha boradi. Qorako’l qo’ylarda til nerv 1 mm yo’g’onlikda bo’lib, til osti nervi bilan qo’shiladi.
Jag’lararo nerv - n. mylohyoideus jag’lararo muskulga va ikki qorinli muskulga tarqaladi.
Pastki jag’ning alveolyar nervi - n. alveolaris maudibulae pastki jag’ kanali orqali o’tib, jag’ tishlarga va oxirgi kurak tishlarga tarqaladi. Bu nerv iyak osti teshigidan chiqib, iyak osti nervi - n. mentalis ga pastki lab muskuli, shilimshiq pardasi va terisiga tarqaladi. Iyak osti nerv qorako’l qo’ylarda pastki, o’rta va yuqorigi tarmoqlarga bo’linadi.
Oltinchi juft (VI)uzoqlashtiruvchi nerv - n. abducens uzunchoq miyadan ko’z teshigi orqali chiqib, ko’zning yon muskuliga boradi va ko’z soqqasini harakatlantirish uchun xizmat qiladi.
Yettinchi juft yuz nervi - (VII) - n. facialis miya bo’shlig’idan yuz kanalining teshigi orqali chiqadi. Uning trkibida parasimpatik nerv, bezlarga, til so’rg’ichlariga boradigan nervlar bor. Nerv yuz kanalida tirsaksimon tugun hosil qilib, kanal ichida quyidagi 3 ta tarmoqqa blinad: a) qoyali yuza katta nervi - n. petrosus superficialis major qoyali suyak kanaliga borib, undan chiqishi bilan to’qqizinchi juft nervga qo’shiladi; biriktiruvchi tarmoqcha qoyali yuza kichik nerviga qo’shiladi: quloq dahliziga boradigan nerv tarmoqchasi; b) quloq uzangisi nervi - n. stapedius uzangi muskuliga boradi; v) quloq pardasining tori - chorda tympani juda ingichka bo’lib, qoya pardasi yorig’i - fissura petro – tympanica orqali chiqadi va til nerviga qo’shilib. Tilning ta’m bilish so’rg’ichlariga, jag’ osti hamda til osti so’lak bezlariga boradi; tarmoqcha orqali sayyor nervga qo’shiladi.
Yuz nervi kanaldan chiqqandan keyin quloq orti so’lak bezi ostidan o’tib, quyidagi tarmoqlarga bo’linadi:
1. Quloq orti nervi - n. auricularis caudalis quloq orti muskullariga tarqalib, bo’yinning birinchi va ikkinchi nervlariga qo’shiladi.
2. Quloqning ichki nervi - n. auricularis internus quloq suprasining ichki qismiga o’tib, uning terisiga tarqaladi, u sayyor nervdan kelib chiqadi.
3. Qo’sh qorinli muskul nervi - n. digasticus qo’sh qorinli muskulning keyingi qismidan kirib tarqaladi.
4. Qovoq – quloq nervi -n. auriculo palpebralis jag’ bo’g’imining orqa tomonidan yonoq yoyi orqali chakka muskullariga boradi va quloq muskullari uchun ham tarmoqcha ajratadi. Uning yuqorigi tarmog’i yuqorigi qovoqqa, pastkisi pastki qovoqqa hamda so’lak beziga tarqaladi.
5. Bo’yin nervi - n. colli bo’yin terisiga va quloqning pastki muskuliga boradi.
6. Lunjning yuqorigi nervi- n. buccalis dorsalis lunjning yuza muskuliga, burun va lab muskullariga tarqaladi. Qorako’l qo’ylarda bu nervdan o’ntagacha tarmoq chiqadi, chunki kavsh qaytaruvchi hayvonlarda u lab va burunni ko’taruvchi muskullarga ham boradi.
7. Lunjning pastki nerv- n. buccalis ventralis lunj va pastki lab muskullariga tarqaladi. Cho’chqalarda quloq orti so’lak bezi yo’lidan o’tadi. Qorako’l qo’ylarda iyak osti nervi bilan qo’shiladi.
Sakkizinchi juft (VIII) eshituv va muvozanat nervi- n. statoacusticus sezuvchi nerv bo’lib, ichki quloqning chig’anoq va dahliz neyritlaridan hosil bo’ladi. Eshituv nervi yuz nervi atrofida uzunchoq miyaning trapesiyasimon tanasi yoniga birlashadi. Eshituv nervida chig’anoq va dahliz ildizlari bo’ladi.
Chig’anoq ildizi- radix cochlearis yuqorigi va pastki chig’anoq yadrolarida - nucleus dorsalis et ventralis tugaydi. Dahliz ildizi esa yirik hujayrali Deyters yadrosi – pucleus vestibularis terminalis (Deutersi) da yoki Bexterev yadrosida tugaydi. Har ikkala yadro ham to’rtinchi miya qorinchasi tubida joylashadi.
To’qqizinchi juft (IX) til – halqum nervi – glossopharyngeus sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv bo’lib, kalla suyagi teshigining orqa qismidan chiqib, tashqi uyqu arteriyasiga tashqi yuzasida til va halqum tarmoqlariga bo’linib ketadi. Bo’linishdan oldin o’zidan til osti halqum muskullarga va quloq osti so’lak beziga, sezuvchi sinus – n. sinocaroticus ga nervlar beradi.
Halqum tarmog’i – ramus pharyngeus til osti suyagining ichki yuzasidan halqumga borib, nerv chigalini hosil qiladi, undan halqumninng shilimshiq pardasiga o’tadi.
Til tarmog’i – ramus lingualis anchagina yo’g’on tarmoqqa va yumshoq tanglayga tarmoqlanib, yuqorigi va pastki tarmoqqa bo’linadi. Yuqorigi tarmoq yumshoq tanglayning shilimshiq pardasiga, pastkisi tilning shilimshiq pardasiga, tam bilish so’rg’ichlariga boradi. Qorako’l qo’ylarida til tarmog’i sayyor nerv bilan qo’shiladi.
O’ninchi juft (x) sayyor yoki adashgan nerv – n. Vagus haqida vegetativ nerv sistemasida malumot berilgan.
O’n birinchi juft(XI) qo’shimcha nerv –n.accessorius hosil bo’lishida bosh miya va orqa miya nervlari qatnashadi. Bosh miya qismi – n. acessorius vagi uzunchoq miyadan kelib chiqadi. Orqa miya qismi – n. accessorius spinalis orqa miyaning dastlabki oltita bo’yin umurtqasidan chiqadi. Ularning umumiy stvoli bosh miya qismiga qo’shilib, miya bo’shlig’idan teshik orqali chiqadi. Bosh miya qismi sayyor nervga qo’shilib, qaytuvchi nervni hosil qilishda qatnashadi. Bo’yin qismi yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo’linib, bosh yelka, trapesiyasimon, to’sh, jag’ muskullariga tarmoqlanadi. Qorako’l qo’ylarda uchinchi bo’yin umurtqasi ro’parasida nerv chigali hosil qiladi.
O’n ikkinchi juft (XII) til osti nervi – n. hypoglossus til soti va til muskullarini harakatga keltirdi. Bu nerv uzunchoq miyadan boshlanib, til osti teshigi orqali o’tadi va til ildizi yonida chuqur hamda yuza tarmoqlarga bo’linib, til muskullariga va shilimshiq pardasiga tarqaladi. Qorako’l qo’ylarda uchta ildizi bo’lib, birinchi bo’yin nervi bilan qo’shiladi va 8 ta tarmoq hosil qilib, tilga tarqaladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish