- 418 -
Shuni nazarda tutish kerakki, gemorragik insultda
qon tomirlarni torayish
reakstiyasi nomoyon bo’ladi. Bunday bemorlarni davolash usularidan biri -
gematomani xirurgik yo’l bilan olib tashlash (agar mumkin bo’lsa) lozim. Ishemik
insultni ko’proq uchrab turadigan sababiga embol va tromblar bo’lib, bular miya
tomirlari turlarini bekitib qo’yadi. Bu xolatlarni oldini olish uchun bevosita va
bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlardan (geparin, kam molekulali geparin
preparatlari, varfarin, sinkumar, fenilin) foydalaniladi.
O’tib ketuvchi xarakterga ega bo’lgan miyada qon aylanishini buzilish
xolatlari (tranzitor ishemik avji), miya qon tomirlari spazmiga bog‘liq.
Bu xolatlarda ham profilaktik chora sifatida antiagregant va antikoagulyantlarni
tavsiya qilish maqsadga mufovikdir. Lekin, bu
ikki gurux preparatlari qon
tomirlari yorilishi (krovoizliyanie) yoki shunday xolatlar mavjud bo’lishi mumkin
bulgan vaziyatlarda, bu preparatlarni ishlatib bo’lmaydi. Bundan tashqari,
bunday xolatlarda , miya qon tomirlari tonusini pasaytiruvchi preparatlardan
foydalanish
maqsadga
mufoviqdir.
Davomli
ishemiya
xolatida
miya
to’qimasining nekrozi rivojlanishi mumkin.
Miyaning ishemiya bilan bog‘lik bo’lgan o’tkir
jaroxatlanishidan tashqari,
miyada qon aylanishini surunkali etishmovchiligi ko’prok kuzatiladi. Bunday
xolatlarda xotira, intellektual, ruxiy, yurish turishi va xarakat reakstiyalari
buzilishi mumkin. Bunday noqulay ko’rinishlar sekin astalik bilan doimiy oshib
boradi, odatda bu xolat yoshga va birgalikda keluvchi patologik jarayonlar
(tomirlar aterosklerozi, arterial gipertenziya, metobolizmni buzilishi ) bilan
bog‘liq.
Miyada qon aylanish etishmovchiligini birdan – bir, asosiy profilaktikasi va
terapiyasining prinstipi miya tomirlarining kengaytirishdir. Shunday effektni olish
uchun tomirlarni kengaytiruvchi moddalardan foydalaniladi, bu moddalar
periferik qon tomirlarni tonusini pasaytiradi. Bunday preparatlar odatda umumiy
gipotenziyani
chaqiradi, bu esa miyada qon aylanishini pasaytiradi, bu esa
noqulay xolatlar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun, tanlab
- 419 -
miya kon tomirlarini kengaytiruvchi preparatlarni buyurish talab kilinadi. Lekin
bunday preparatlarni yaratish vazifasi murakkabdir. Ma’lum bulgan dori
vositalardan
fakat nimodipin, vinpostetin (kavinton) va pikamilon miya
tomirlariga nisbatan tanlab ta’sir kiladi. Miya tomir kasalliklarini boshkacha
davolash prinstipiga nerv xujayralarini ishemik (gipoksiya) xolatga chidamligini
oshiruvchi, ya’ni neyroprotektor ta’sirga ega bulgan preparatlar nazarda
tutilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: