4
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular orqali esa biokimyo, botanika, texnologiya
fanlari bilan ham bog‘lanadi.
Farmakologiyaning klinika uchun ahamiyatli fan ekanligi shundan ham
ko‘rinib
turibdiki, undan o‘tgan asrning oxirlarida dori vositalarining inson
organizmi
bilan
o‘zaro
ta’sirlarini
turli
patologik
holatlarda,
bevositabemorningoldidao‘rganuvchiklinikfarmakologiyamustaqilfansifatidaajra
libchiqdi.
Farmakologiyaning ahamiyati amaliy tibbiyot uchun o‘ta beqiyosdir.
Hozirgi kungacha farmakologlar tomonidan juda katta zahiradagi yuqori
samaradorlikka ega bo‘lgan dori vositalarining yaratilganligi (oxirgi
ma’lumotlarga qaraganda butun yer shari mamlakatlaridagi jami yaratilgan va
amaliyotda qo‘llanilayotgan dori preparatlarning soni 300 000 dan ortiqni
tashkil etadi) ko‘pchilik kasalliklarni davolashning universal usuliga aylantirdi.
Shuning uchun ham farmakologiya fanini mukammal
bilish istalgan sohadagi
shifokorlar uchun mutlaqo zarur hisoblanadi. Farmakologiyani bilish
zarurligining yana bir ahamiyati shundaki, zamonaviy dori Moddalarning
ko‘pchiligi juda yuqori faollikka ega bo‘lganliklari uchun ularni tavsiya
qilishdagi ozgina noaniqlik bemorning hayotiga xavf soluvchi o‘ta
kuchli
asoratlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganiday, farmakologiyaning muhim vazifasi yangi
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. Buning uchun asosiy yo‘l – kimyoviy
sintez usulidir. Bundan tashqari, o‘simliklarning tabiiy birikmalaridan,
hayvonlarning to‘qimalaridan va ma’danlardan ham unumli foydalaniladi. Shu
bilan
birga,
ko‘pchilik
bebaho
preparatlarning
zamburug‘lar
va
mikroorganizmlar hayoti davomida ajralib chiqishini ham inobatga olish lozim.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi preparatlar
yaratishda hujayraviy va
gen injeneriyasi ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Farmakologlar tomonidan
yangi dori vositalarini izlab topish, ularni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga
5
tadbiq etish ishlari kimyogarlar va klinitsistlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib
boriladi.
Zamonaviy dorishunoslik sohasidagi ulkan yutuqlar va yuksalishlar qator
yangi ilmiy yo‘nalishlar hamda fanlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ularga
eksperimental va klinikfarmakologiyadan tashqari farmatsiya, toksikologiya,
immunofarmakologiya, farmakogenetika, yuqumli kasalliklar kimyoviy
terapiyasi, o‘sma kasalliklarining kimyoviy terapiyasi, farmako epidemiologiya,
farmakoekonomika (farmakoiqtisodiyot) va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: