33
gemolizga olib
keluvchi moddalarni vena
orqali kiritish mumkin emas.
Sanab o‘tilgan har uchchala usulning
ham asosiy kamchiligi shundan iboratki,
ularni har doim ham qo‘shimcha
tibbiy
xodim orqali amalga oshiriladi va
eritmalar
sterillangan
bo‘lishil
ozim. Bundan tashqari,
ularning
barchasi og‘riqli hisoblanadi.
Preparatlarni arteriya orqali kiritish usulidan nisbatan kam foydalaniladi.
Bunda dori moddasi bevosita ma’lum sohani qon bilan ta’minlovchi arteriyaga
kiritiladi va kiritilgan joyda yuqori konsentratsiya hosil qiladi. Preparatning
samaradorligini oshirish maqsadida shu atrofdagi venoz
qon tomirlari jgut bilan
qisib qo‘yiladi. Bu usul asosan o‘sma kasalliklarini davolashda hamda rentgen
kontrast moddalarni yuborishda qo‘l keladi.
To‘sh suyagi ichiga, plevra va qorni bo‘shlig‘iga preparatlarni kiritish odatda
juda ham kamdan-kam holatlarda qo‘llaniladi.
Gazsimon va uchuvchan birikmalar hamda ayrim aerozollar asosan
ingalyasion usul bilan nafas yo‘llari orqali kiritiladi. Bunda o‘pkaning
judaham
ulkan absorbsion soha ekanligi (90-100 m
2
) va qon tomirlari bilan kuchli darajada
ta’minlanganligi muhim o‘rin egallaydi.
Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi yomon bo‘lgan birikmalarni ko‘pincha
miya pardalari ostiga (subaroxnaidal, epidural yoki suboksipital) yuborish tavsiya
etiladi. Bunday birikmalarga mahalliy anestetiklarni,
ayrim antibiotiklarni misol
qilish mumkin.
Yuqori lipofillikka ega bo‘lgan birikmalar teriga surtish usuli bilan kiritiladi
va ular ham umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi preparatlar esa teriga surtish
orqali faqat mahalliy ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Ba’zan elektroforez yoki ionoforez usuli bilan ham ayrim dori
preparatlarining ionlangan moddalari organizmga teri yoki
shilliq qavatlar orqali
kiritilishi mumkin. Bunda kiritilayotgan dori moddalarining organizmga so‘rilishi
past elektrik maydon orqali amalga oshiriladi.
34
Ko‘z, quloq va burun kasalliklarida ayrim dori preparatlari eritma, moyli
eritma yoki suspenziya ko‘rinishida shu a’zolarning shilliq
qavatlariga tomizish
uchun ham qo‘llaniladi. Bunda dori Moddalarning so‘rilishi a’zolarning shilliq
qavatlari orqali yuzaga chiqadi.
Siydik yo‘llari kasalliklarida ayrim preparatlar qovuqqa, ayollar jinsiy a’zolari
kasalliklarida qin orqali sprinsevanie yoki vanna usullari bilan kiritilishi mumkin.
Bunda siydik yo‘llari va jinsiy a’zolar shilliq qavatining yuqori so‘ruvchanlik
xossasiga ega ekanligi tufayli qo‘llanilayotgan Dori vositalarining terapevtik
dozalariga katta ahamiyat qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: