O’quv darslik


b) Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

b) Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar. 
Depolanish 
Absorbsiyalangan Dori vositalari qonga tushganidan keyin turli a’zo va 
to‘qimalarga etib boradi. Bunda ular organizmda asosan notekis taqsimlanadi va 
ayrim moddalargina nisbatan tekis taqsimlanadi (masalan, ayrim noingalyasion 
narkoz vositalari, etil spirti). Ularning taqsimlanish xususiyatiga organizmdagi 
biologik to‘siqlar va depolar ta’sir ko‘rsatadi.
Biologik to‘siqlar
ga quyidagilar kiradi: 
1) kapillyarlar devori 
2) hujayralar (sitoplazmatik) membranasi 
3) gematoensefalik to‘siq 
4) yo‘ldosh to‘sig‘i (homiladorlik paytida)
Odatda mayda teshikchali (2 nmgacha o‘lchamli) kapillyarlar devori orqali 
ko‘pchilik birikmalar oson o‘tadi. Faqat oqsillar va ular bilan birikkan preparatlar 
mazkur to‘siq orqali o‘ta olishmaydi. Gidrofil birikmalar kapillyarlar devori orqali 
oson o‘tadi va interstitsial suyuqliqqa tushadi, ammo ular hujayralar membranasi 
orqali o‘ta olishmaydi. Chunki mazkur membrana oqsil-fosfolipidlardan tashkil 
topgan. Gidrofil birikmalar ular orqali faqat hujayraning transport mexanizmlari 


35 
orqaligina o‘tishlari mumkin. Lipofil birikmalar esa kapillyarlar devori orqali ham, 
hujayralar membranasi orqali ham yaxshi o‘ta oladilar.
Ko‘pchilik Dori vositalarining gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishlari o‘ta 
qiyin. Bu narsa miya kapillyarlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan chambarchas bog‘- 
–rasm. Moddalar taqsimlanishiga ta’sir qiluvchi omillar. 
liq. Chunki ularning endoteliylarida tirqishlar mavjud emas. Shuningdek, ularda 
pinotsitoz jarayoni umuman bo‘lmaydi. Hamda miya kapillyarlarida qo‘shimcha 
lipid membrana vazifasini bajaruvchi kapillyarlarni tashqi tomonidan o‘rab 
turuvchi glial qismlar (astrogliyalar) o‘ziga xos muhim o‘ringa ega. 
Gematoensefalik to‘siq orqali qutbli birikmalar yomon o‘tadi. Lipofil birikmalar 
esa miya to‘qimasiga nisbatan osonroq o‘tadilar. Mazkur to‘siq orqali moddalar 
asosan diffuziya yo‘li bilan o‘tadilar, faqat ayrim birikmalargina aktiv transport 
usuli yordamida o‘tishlari aniqlangan. Bosh miyaning ayrim kichkina bo‘laklarida 
(epifizda, gipofizning orqa bo‘lagida, uzunchoq miyada va b.) gematoensefalik 
to‘siq deyarlik bo‘lmaydi. Shuni ham e’tiborga olib qo‘yish lozimki, ayrim 
patologik holatlarda (masalan, miya pardalarining yallig‘lanishlarida) ko‘pincha 
mazkur to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshib ketadi. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish