ARITMIYAGA QARSHI FAOLLIKKA EGA TURLI VOSITALAR
Yurak qisqarishi ritmining ko’plab buzilishlarida, ayniqsa qon
plazmasidagi kaliy ionlari kamayishi bilan bog‘liq buzilishlarda (masalan, bir
necha diuretiklar qo’llanganda) va miokardda (yurak glikozidlari miqdori
oshganda)kaliy xlorid samarali natija beradi. Kaliy ionlari astetilxolinga o’xshab
yurakka ta’sir qiladi yoki adashgan nervlarga ta’sirlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ular
yurak
qisqarishi
ritmini
kamayishi,
qisqaruvchanlikni
kamaytiradi,
o’tkazuvchanlikni, avtomatizmni, miokard qo’zg‘aluvchanligini falajlaydi. Kaliy
ionlarini kardiotrop ta’sirini atropin bartaray qilolmaydi. Kaliy ionlarining kichik
konstentrastiyasida yurak qon tomirlarini kengaytiradi, yuqori dozada ularni
- 409 -
toraytiradi. Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to’liq so’riladi. Buyrak
orqali chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmalari ichishga va vena ichiga yuboriladi.
Miqdori oshganda paresteziya paydo bo’ladi, dispeptik buzilishlar, bo’lmacha-
qorincha o’tkazuvchanligi falajlanib, to’liq bloklanadi, buyrak faoliyati buziladi.
Kaliy bir qator kombinirlangan preparatlar tarkibiga kiritiladi; masalan
“Asparkam”, panangin tabletkasi kaliy xlorid. Oxirgisi kaliy xlorid, glyukoza va
insulindan iborat . Polyarizuyushiy aralashmalar miokard infarktida aritmiyani
bartaraf qilish uchun, ektopik aritmiyani, yurak qisqarishi ritmi buzilishida va
yurak glikozidlari miqdori oshganda kelib chiqadigan aritmiyalarni bartaraf qilish
uchun qo’llaniladi.
Aritmiyaga qarshi faollikka ega magniy preparatlari ham kiradi (magniy
sulfat, magniy xlorid, magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa
gipomagniemiyada samarali ta’sirga ega. Magniy sulfatyurak glikozidlari bilan
zahrlanganda vena ichiga yuboriladi, multiformali qorinchalar taxikardiyasida
qo’llaniladi.
Ba’zi bir aritmiyalarda shuningdek yurak glikozidlaridan ham foydalaniladi
(angishvonagul preparatlaridan). Ularni qo’llashga asosiy ko’rsatma -
supraventikulyar taxiaritmiya (paroksizmal taxikardiya, hilpillovchi va bo’lmacha
titrog‘ida) qo’llaniladi.
Bu preparatlarning aritmiyaga qarshi ta’sir mexanizmi bir qator
komponentlarni o’z ichiga oladi. Yurak glikozidlari ta’siri ostida qorincha ritmi
sekinlashishi, yuqori chastotali yurak bo’lmachasi qisqarishini falajlanishi va
bo’lmacha-qorincha tugunini o’tkazuvchanligi, samarali refrakter davrini
uzayishi kuzatiladi
Yurak glikozidlarini bo’lmachalar titrog‘idagi yuqori samarali ta’siri,
adashgan nervni tonusini oshirib, yurak bo’lmachasini samarali refrakter davrini
qisqarishiga olib keladi. Bu yurak bo’lmacha titrog‘ini bo’lmacha hilpilashiga
olib keladi (yuqori chastotali qisqarish, titroqqa qaraganda). Samarali refrakter
davri oshishi fonida, bo’lmacha tugunidan qorincha tuguniga impulslar o’tishi
- 410 -
yana ham murakkablashadi.
Yurak etishmovchiligida yurak klikozidlari ta’siri ostida ritmning buzilishi
asosan adashgan nervlar tonusi oshishi, qon aylanishini normallashishi,
kardiotezlatuvchi reflekslarni bartaraf qiladi, simpatik nervlarni efferent
yo’llardan kelishini kamaytirishiga asoslanadi.
Aritmiyaga qarshi faollikka shuningdek adenozin ham ega. Kimyoviy
tuzilishiga ko’ra adenozin organizmdagi nukleoizdlarga kiritiladi, organizm
hujayralarida hosil bo’ladigan (AMF, ADF, ATF). Purinergik nervlar
mediatori/modulyatori hisoblanadi; lokal gormon vazifasini bajarilishi mumkin.
Adenozin resteptorlarga o’zaro ta’sir qiladi (A
1
–A
4
), shu asosda ularni agonisti
hisobida shu asosda G oqsillar orqali adenilatstiklazani oshiradi yoki kamaytiradi.
Ko’plab to’qimalarga shu jumladan silliq mushaklarga va nerv hujayralariga ta’sir
ko’rsatadi. Adenozin atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytiradi (A
1
), yurak
toj tomirlarini kengaytiradi (A
2
), miokard qisqaruvchanligini pasaytiradi (A
1
),
trombostitlar agregastiyasini pasaytiradi (A
2
). Bronxiolalar tonusini oshirishi
mumkin (A
1
). Semiz hujayralarni (A
3
) resteptorlarini qo’zg‘atib, biologik aktiv
moddalarni ajralishiga olib keladi. MNS ga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Adenozin antagonisti bo’lib metilksantin hisoblanadi (teofillin, kofein), adenozin
resteptorlarini blokatorlari (A
1
–A
2
). Dipiridamol adenozinni to’qimalarda
ingibirlab, ta’sirini oshiradi. Adenozin supraventikulyar taxiaritmiyada
qo’llaniladi. Uning ta’siri atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytirishi bilan
asoslangan. Adenozin qisqa vaqt ta’sir qiladi; t
1/2
-10s. Vena chichga yuboriladi.
Nojuya ta’sirlaridan yuz terisini ыizarishi kuzatiladi, nafas olish buzilishi, qisqa
vaqtli atrioventrikulyar blok kuzatiladi.
Ko’rinib turibdiki aritmiyaga qarshi vositalarni qo’llashdan tashqari
aritmiya sababini aniqlash va agar shoshilinch ko’rsatmalar yo’q bo’lsa, sababni
davolashga kirishish kerak (masalan revmatizmda – revmatizmga qarshi vositalar
bilan).
- 411 -
Nomlanishi
Kattalar va bolalar uchun
o’rtacha terapevtik miqdor;
yuborish yo’llari.
Chiqarilish shakli
1
2
3
Xinidin sulfat -
Do'stlaringiz bilan baham: |