- 847 -
Tetratsiklinlarni penitsillin va streptomitsinga
chidamlilik ortirgan
mikroorganizmlarni
yoki
ushbu
antibiotiklarga
sensibilizatsiyalangan
bemorlarda qo‘llaniladi. Odatda ularni har 4-8 soatda ichish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari suvda eriydigan tuzlarini parenteral (tomir, mushak, bo‘shliqlar
ichiga) kiritiladi. Kuchli mahalliy qo‘zg‘otuvchilik xossasiga ega bo‘lganligidan
tetratsiklinlarni bosh miya qobig‘lari ostiga kiritmaydilar.
Surtma sifatida ularni ko‘proq ko‘z hastaliklarida (ayniqsa traxomada)
mahalliy qo‘llaniladi. Tetratsiklinlar qator noxush ta'sirlar ko‘rsatadilar.
Jumladan ular allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Bunda terini
jarohatlanishi,
yengil
istimalash
va
boshqalar
kuzatilishi
mumkin.
Tetratsiklinlarga allergiya penitsillin va sefalosporinlarga nisbatan anchagina
kam rivojlanadi.
Noallergik tabiatli noxush ta'sirotlardan avvalam bor mahalliy qitiqlovchi
ta'sirni ko‘rsatish kerak (ayniqsa u oksitetratsiklinda kuchli namoyon bo‘ladi).
Ichilganda preparatning ana shu xossa dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynash,
qayt qilish, diareya), glossit, stomatit va ovqat hazm qilish
trakti shilliq qavati
- 848 -
tomonidan boshqa o‘zgarishlarning asosiy sababi hisoblanadi. Mahalliy
qitiqlovchi ta'siri tufayli mushak ichiga kiritilganda og‘riq, tomirga kiritilsa
tromboflebitlar rivojlanishi mumkin. Tetratsiklinlar biroz gepatotaksiklik
xossasiga egadirlar (asosan oksitetratsiklin). Tetratsiklinlarni
homiladorlikning
ikkinchi yarimida va bolalarda extiyot choralarini ko‘rib qo‘llash lozim. Bu
tetratsiklinlarning suyak to‘qimasida jumladan tish to‘qimasida kalsiy tuzlari
bilan xelat birikmalar hosil qilishi tufayli depolanishi bilan bog‘liq. Shu tufayli
skeletning shakllanishi buziladi. Tishlarning rangi o‘zgaradi va jarohatlanadi.
Tetratsiklinlarning noxush ta'sirotlaridan biri bo‘lib ularni fetosensibilizatsiya
1
chaqirish va u bilan bog‘liq dermatitlar rivojlanish hisoblanadi (ayniqsa
demeklotsiklin). Modda almashinuviga ta'sir ko‘rsatish tetratsiklar uchun oddiy
hol hisoblanadi. Ular oqsil sintezini susaytiradilar (antianabolik ta'sir),
organizmdan natriy ionlari, suv, aminokislotalarni, ayrim vitaminlarni va boshqa
birikmalarni ajralishini kuchaytiradilar. Minotsiklin vestibulyar buzilishlarni
rivojlantirishi mumkin. Superinfeksiya vujudga kelishi
tetratsiklinlar bilan
davolashga juda xos asoratdir. Ta'sir spektri keng bo‘lgan antibiotiklardan
hisoblangan tetratsiklinlar ovqat hazm qilish traktining saprofit florasini
rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatib kandidamikoz,
stafilokokklar, protey, ko‘k
yiring tayoqchasi bilan chaqirilgan superinfeksiyani yuzaga kelishiga imkoniyat
tug‘diradilar. Eng ko‘p xavf tug‘diradigan asoratlari bu stafilakokklar
qo‘zg‘atgan enterokolit va zotiljam bo‘lib juda og‘ir kechishi mumkin. Saprofit
flora rivojlanishiga salbiy ta'sir be'morlarda V guruhi vitaminlarini (saprofitlar
ularning sintezida qatnashadilar) yetishmovchiligining sabablaridan biri bo‘lib,
ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatining tetratsiklinlarning mahalliy qitiqlovchi
ta'siri va superinfeksiya ta'siridagi jarohatlanishini chuqurlashtiradi.
____________________________________
1
Grekcha phos (photos) –yorug‘lik (nur), lotincha sensibilis – sezgir
- 849 -
Kandidamikozni oldini olish va davolash uchun tetratsiklinlarni
zamburug‘larga qarshi antibiotik nistatin bilan birga qo‘llaniladi. Bundan
tashqari tetratsiklinlar bilan bir vaqtda V guruhi vitaminlarini
berish maqsadga
muvofiqdir. Kamdan-kam hollarda psevdomembranoz
1
kolit rivojlanishi
mumkin. Uni vankomitsin bilan davolanadi.Stafilakokk, protey yoki ko‘k yiring
tayoqchasi qo‘zg‘atgan superinfeksiyani bartaraf etish maqsadga tegishli
spektrga ega bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ma'lum
bo‘lgan tetratsiklinlarga mikroorganizmlarning chidamliligi
rivojlanishi tufayli
ushbu guruhning yangi xosilalarini izlash qonuniydir. Glitsilsiklinlarni
yaratilishi bu boradagi eng keyingi yutuqlardan biridir. Bu qatorning istiqbolli
birikmalaridan biri bo‘lib tigetsiklin hisoblanadi. U tetratsiklinning xosilalariga
mansub. Gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori
faollikka ega.
Tigetsiklin ta'siriga ko‘pgina ko‘k
yiring tayoqchasi va protey
chidamlilidirlar. Preparatni boshqa antimikrob vositalarning, rezistentlik
rivojlanishi tufayli samarasiz bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: