O’quv darslik


Ba'zi makrolidlar va azalidlarning kimyoviy tuzilishi



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet417/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 
Ba'zi makrolidlar va azalidlarning kimyoviy tuzilishi 


- 842 -
Eritromitsinni qo‘llash cheklangan, chunki unga mikroorganizmlar tez 
chidamlilik ortiradilar. Shu sababli u rezerv (zaxiradagi) antibiotiklar qatoridan 
joy olgan va uni penitsillin va boshqa antibiotiklar samara bermagan 


- 843 -
hollardagina qo‘llashadi. Eritromitsinni ichish va mahalliy qo‘llash tavsiya 
etiladi. Eritromitsin ― kam zahar antibiotik va kamdan-kam hollarda noxush 
ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zida dispepsik buzilishlar, allergik reaksiyalar rivojlanadi. 
Superinfeksiya bo‘lishi mumkin. Huddi shunday xossalar va qo‘llashga 
ko‘rsatmalarga oleandomitsin ega. Uni 
Streptomyces antibioticus 
ishlab 
chiqaradi.
Oleandomitsin faolligi bo‘yicha eritromitsindan kuchsiz. Ularning 
antimikrob ta'sir spektri va mexanizmi bir xil. Oleandomitsinning ta'sir 
davomiyligi 6 soat chamasida. Zaxarliligi past. U eritromitsinga nisbatan 
kuchliroq mahalliy ta'sirlantirish xossasiga ega. Rezerv antibiotiklarga kiradi. 
Tabobat amaliyotida oleandomitsin fosfat (oleandotsin, romitsil) enteral 
qo‘llaniladi (ichiladi).
Oleandomitsin fosfatni tetratsiklin (oletetrin), tetratsiklin gidroxlorid 
(sigmamitsin, tetraolean) bilan qo‘shib chiqarilmoqda. Keyingi yillarda tibbiyot 
amaliyotiga klaritromitsin, roksitromitsin va boshqalar kabi qator yarim sintetik 
makrolidlar tadbiq etildi. Ta'sir mexanizmi bo‘yicha ular eritromitsindan farq 
qilmaydi. 
Klaritromitsin (klatsid) stafilakokklar va streptokokklarga nisbatan 
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta faolroq. 
Microbacterium avium intracellulare 
va 
Helicobacter pylory 
bilan chaqirilgan infeksiyalarda samarador. Me'da-ichak 
traktidan yaxshi so‘riladi, ovqatdan keyin ham. Miya to‘qimasiga o‘tmaydi. 
Jigarda faol metabolit hosil qilish bilan qisman metabolizmga uchraydi. Buyrak 
orqali ajralishi eritromitsinga nisbatan davomliroq ta'sir etadi. Klaritromitsinning 
t
½ 
eritromitsininikiga nisbatan 3 marta kattaroq. Samarador yarim sintetik 
makrolidlardan yana biri roksitromitsindir (rulid). U keng antibakterial ta'sir 
spektriga ega. Ichilganda yaxshi so‘riladi.
Azalidlar
1
makrolidlardan kimyoviy tuzilishi bo‘yicha farq qiladilar, ammo 
asosiy xossalari ularnikiga o‘xshash. Ushbu guruh preparatlaridan biri 
azitromitsin (sumamed) stafilakokk va streptokokklarga ta'siri bo‘yicha 


- 844 -
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta kuchsizroq (faolsizroq), ammo 
Haemophilus 
influenza 
hamda gramm manfiy kokklarga ta'siri bo‘yicha undan ustun keladi. 
Ichakdan yomon so‘riladi ayniqsa unda ovqat bo‘lganda. Hujayralarda katta 
konsentratsiyada to‘planish – qon zardobidagiga nisbatan 10-100 marta ko‘proq 
azitromitsinga xos bo‘lgan xususiyat xisoblanadi. Ta'siri davomiyligi t
½
= 2-4 
kun (eritromitsinniki 2-5 soat). Gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi, 
o‘zgarmagan holda buyrak orqali ajraladi. Enteral qo‘llaniladi. Noxush ta'sirotlar 
sifatida ko‘ngil aynash, diareya, kamdan-kam hollarda eshitishni susayishi 
kuzatiladi. Tannarxi eritromitsindan yuqori. Makrolidlar guruhidan yangi 
antibiotik- diozalin (vilprafen) yaratilgan. 
Streptomyces nazbonensis var. 
josamycetics 
ishlab chiqariladi. Boshqa makrolidlardan asosiy farqi unga 
mikroorganizmlarni chidamliligini kamroq rivojlanishidir.
Ta'kidlash joizki makrolidlar va azalidlar “atipik” pnevmoniyaning 
qo‘zg‘otuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujayra ichidagi obligat 
mikroorganizmlar-xlamidiy, 
mikoplazmlar 
va 
legionellarga 
qarshi 
samaradordirlar. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish