- 850 -
1
Disbakteriozning shakllaridan biri bo‘lib, Clastridium difficile zaxari ta'sirida
ri-vojlanadi.
Mikroorganizmlarning levomitsitinga nisbatan chidamlilik orttirishlari
sekin rivojlanadi. Me'da ichak tizimidan levomitsitin yaxshi so‘riladi qon
zardobida eng yuqori konsentratsiyasi taxminan 2 soatdan keyin yuzaga keladi.
Levomitsetinni qonda bakteriostatik konsentratsiyasini saqlash uchun har 6
soatda beriladi. Antibiotikning talaygina qismi qon zardobidagi albuminlar bilan
bog‘lanadi. Levomitsetin har-xil to‘qimalardan, shu jumladan, gematoensefalik
barerdan yaxshi o‘tadi. Orqa miya suyuqligida (likvor)da levomitsitinni
konsentiratsiyasi qon zardobiga nisbatan 2 marta kam.
Uning asosiy miqdori
jigarda kimyoviy o‘zgarishga uchraydi. Hosil bo‘lgan kon'yugatlar va taxminan
10% o‘zgarmagan holda buyurak orqali ajraladi. Qon hosil qilish jarayoniga
bo‘lgan jiddiy salbiy ta'siri tufayli levomitsetin zaxira antibiotiklari safiga
kiritilgan faqat boshqa antibiotiklar samarasiz bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi
(8- jadvalga qaralsin ). Uni qo‘llanishga ko‘rsatmalar
asosan qorin tifi
salmonellyozlar (ovqat-toksiko infeksiyasi) va rikketsiozlar. B'azan uni
infilyuens tayoqchasi chaqirgan xastaliklarda (meningit, peshob ajratish
yo‘llarining infeksiyasi ) qora oqsoqda va boshqa infeksiyalarda qo‘llaniladi.
Odatda levomitsetin ichiladi. Levomitsetinning eritmalari va linimentini
maxalliy
1
qo‘llashadi. Parenteral kiritish
uchun eruvchan levomitsetin
suksinat (klorotsid) ishlab chiqarilmoqda. Uni teri ostiga mushakga va tomirga
kiritiladi.
Avval
qayd
etilganidek,
levomitsetin
retikulotsitopeniya,
granulotsitopeniya va og‘ir holatlarda aplastik anemiya bilan kechuvchi qon
xosil bo‘lishini
susaytiradi
2
.
_____________________________________________
1
Levomitsetinning sintetik ratsemati bo‘lmish sintomitsinni xam maxalliy
qo‘llashadi. Sintomitsin levomitsetindan va o‘ngga aylantiruvchi izomerdan
tashkil topgan. So‘nggisi mikrobga qarshi ta'sirga
ega emas
- 851 -
2
Levomitsetin ta'sirida qon hosil bo‘lishining kuchli darajada buzilishining
sababi sensibilizatsiya yoki idiosinkraziya (nasliy enzimopatiyalar) bilan bog‘liq
deb hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda levomitsetin suyak mag‘ziga moddanning
dozasiga bog‘liq ravishda, bevosita toksik ta'sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: