O’quv darslik


Ba'zi karbapenem va monobaktamlarning kimyoviy tuzilishi



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet416/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Ba'zi karbapenem va monobaktamlarning kimyoviy tuzilishi
Surunkali bakterial bronxitni zo‘rayishida, peshob yo‘llari, teri va ularning 
o‘simtalarining asoratsiz infeksiyalarida ham preparat qo‘llashga ko‘rsatma 
berilgan. Har 8 yoki 12soatda mushak va tomirga kiritiladi. Noxush ta'sir 
sifatida allergik reaksiyalar, kiritilgan joyda yallig‘lanish, dispepsik o‘zgarishlar, 
leykopoezni qaytar buzilishi, bosh og‘rig‘i, disbakterioz bo‘lishi mumkin. 
MONOBAKTAMLAR 
Bu guruhga 
Chromobacterium vialaceum 
kulturasidan ajratib olingan 
aztreonam mansub. 
Klebsiella, Pseudomonas, Serratia 
guruhlariga mansub 
qator gramm manfiy bakteriyalar ishlab chiqaruvchi β-laktamzalar ta'siriga 
chidamli. Gramm musbat bakteriyalar va anaeroblarga u ta'sir etmaydi. Hujayra 
devori sintezini susaytirganligidan bakteriotsid ta'sirga ega. Aztreonam 
parenteral kiritiladi. t
½
≈ 1,7c. Buyrak orqali (sekretsiya) ajraladi. Peshob 
ajratish trakti, nafas yo‘llari, teri va boshqalar infeksiyalarda qo‘llaniladi. 


- 841 -
Noxush ta'sirotlar sifatida dispepsik buzilishlar, terida allergik reaksiyalar, bosh 
og‘rig‘i, kamdan-kam hollarda gepatotoksik ta'sir kuzatiladi, superinfeksiya 
bo‘lishi mumkin. 
MAKROLIDLAR VA AZALIDLAR 
Antibiotiklarning ushbu guruhi o‘zining molekulasi asosida turli xil qandlar 
bilan bog‘langan makrotsiklik lakton halqasini tutadi. Makrolidlar namoyondasi 
bo‘lib eritromitsin, oleandomitsin, roksitromitsin, klaritromitsin va azalidlarniki 
bo‘lib esa - azitromitsin hisoblanadi.
Eritromitsin (eritran, eritrotsin)ni 
Streptomyces erythreus 
ishlab chiqaradi. 
Unga gramm musbat kokklar va patogen spiroxetalar eng sezgirlar. Ammo 
uning ta'sir spektriga gramm manfiy kokklar, bo‘g‘ma tayoqchasi, patogen 
anaeroblar, 
rikketsiyalar, 
xlamidiyalar, 
mikroplazmalar, 
dizenteriya 
qo‘zg‘otuvchi amyobalar va boshqalar ham kiradi. Binobarin turli 
mikroorganizmlarga ta'siri bo‘yicha eritromitsin benzilpenitsillinni eslatadi
ammo uning ta'sir spektri birmuncha keng. Eritromitsinning ta'sir mexanizmi 
bakteriyalar ribosomalarida oqsil sintezini susaytirishdan iborat. Bu 
peptidtranslokaza fermeti faolligini keskin pasayishi bilan bog‘liq. 
Me'da-ichak traktidan preparat to‘liq bo‘lmasada qonda va to‘qimalarda 
bakteriostatik konsentratsiya hosil qilish uchun yetarlicha so‘riladi. Me'da 
kislotali muhitda eritromitsin qisman parchalanishini nazarda tutib uni kislota 
ta'siriga chidamli kapsula yoki eritromitsinni faqat ichakda ajralishini 
ta'minlovchi maxsus qoplamali tabletkalar (draje) shaklida qo‘llash lozim.
Preparat turli to‘qimalarga oson o‘tadi, shu jumladan yo‘ldosh orqali. 
Fagotsitlarda juda katta konsentratsiyada to‘planadi (boshqa makrolidlarga 
o‘xshab). Bosh miya to‘qimasiga odatdagi sharoitda o‘tmaydi. Ta'sir 
davomiyligi 4-6 soat. Safro bilan va qisman buyrak orqali ajraladi. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish